Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

YUKSAK TOG‘, KENG O‘TLOQ VA
MARD  O‘RTOQ HAQIDA QISSA
I
Sahrolarning eng kuchli,
Eng g‘azabli, eng o‘chli,
Qashqir kabi uvlovchi,
Boyqush kabi huvlovchi
Shamollari bo‘lishin,
Ko‘zlar qumga to‘lishin
Men bilaman azaldan,
Ham ertakdan, g‘azaldan.
Ana shunday zo‘r shamol,
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 2 0
Xuddi bir kun tong mahal,
Daryo yoqdan qo‘zg‘alib,
Keng o‘tloqqa  yo‘l olib,
G‘avg‘o solmish borliqqa,
Sahro, adir, tog‘liqqa.
Karaxt yotgan keng o‘tloq
Yel zarbidan ushbu chog‘
Cho‘chib ochdi ko‘zini,
Dahshat bosdi yuzini,
Ko‘rsa — butun yer, osmon,
Ko‘z ochirmas chang-to‘zon,
Qurib yotgan cho‘p, xashak,
Yelda girdi-kapalak.
Qaqrab yotgan o‘t, xarsang,
Qizib yotgan qum shu on
Qo‘zg‘alibdi o‘rnidan,
Keng sahroning qo‘ynidan.
Har narsaning labida,
Imosida, gapida
Og‘ir g‘amdan ishora,
Ko‘rinadi tobora.
Har narsada bir istak
„Bitta to‘yib suv ichsak!“
I I
— Dilbar yozda, bahorda,
Kunduz, hatto nahorda,
Bir qush yayrab o‘tmasa,
Bir qultum suv yutmasa,
Karvonlar ham o‘tar kam,
Mehmon bo‘lmaslar bir dam.
O‘zgartirdilar yo‘lni,
Tashlab bu quruq cho‘lni,
Deb kuyib-kuyib o‘tloq.
O‘ksib yig‘lab ushbu chog‘,
Dardli boqdi zo‘r tog‘ga,
Qiyomatli o‘rtoqqa.
Bu paytda, u yuksak tog‘
Usti to‘la qor — oppoq.
Turardi go‘yo posbon,
Osmon unga soyabon.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 2 1
I I I
— Hoy, yuksak tog‘, yuksak tog‘ —
Deya yolbordi o‘tloq,
Ne bo‘larmish bizning ham
Ko‘ksimizdan ketsa g‘am.
Bu g‘am suvsiz ketmaydi,
Suvsiz yara bitmaydi.
Do‘stim, senda suv mo‘ldir,
Ustingda qor mo‘l-ko‘ldir.
Bir yoningda zo‘r daryo,
Ne istasang muhayyo.
Suv bor — shunday obodsan,
Obodlikdan xo‘b shodsan.
Sen ham yashnab kul desang,
Sevinchlarga to‘l desang,
Ber suvingdan menga ham,
Qo‘yay hayotga qadam.
Men suvingdan kuch olsam
Tentak yeldan o‘ch olsam.
Uzoq yillar xo‘rlangan.
Qaqrab toshga aylangan
Ko‘ksim bo‘lardi obod,
Boshlanardi gul hayot.
O‘sar edi o‘rmonlar,
Qurilardi qo‘rg‘onlar,
Bir qishloqdek yashnardim,
Shodlik kuyin boshlardim.
Talabimga yetkur, tog‘,
Ber suvingdan, jon o‘rtoq!
IV
So‘z navbati kelib tog‘ga,
Deydi sahro o‘rtoqqa:
— Oh, azizim, azizim,
Jondan ortiq lazizim.
Har so‘zing dona-dona,
Gul hayotdan nishona,
To‘g‘ri so‘zing, hayot — shu,
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 2 2
Ammo senday do‘stimga,
Qiyomatlik qo‘shnimga,
Obihayot berishdan,
Ko‘ksingga suv quyishdan,
Ming afsuski, ming afsus,
Ojizdirman, bilsang, do‘st,
Shunday yuksak bo‘lsam ham,
Bulutga bosh qo‘ysam ham,
Qoqib qo‘ygan qoziqman,
Ammo ko‘pga oziqman.
Bilsang, oyoq-qo‘lim yo‘q,
Senga aytar yo‘lim yo‘q.
Qanday qilib o‘rtoqjon,
Suv yo‘llayman sen tomon.
Buning uchun kuch kerak,
Kuchga to‘la zo‘r bilak.
Bu mardlik va mahorat,
Bu kuch-quvvat, jasorat,
Insonlarga yo‘ldoshdir,
Ularga xos, qo‘ldoshdir,
Butun borliq-tabiat
(Bu so‘zlarim haqiqat)
Bo‘ysunajak insonga,
Gul tutajak ul jonga,
Sening orzu-o‘yingni,
Hasrat to‘la kuyingni
Bildiraylik u mardga,
Jo‘shib turgan u qalbga,
Ko‘rsatsa kuch, mahorat,
Mardlarga xos jasorat,
To‘lar gulga quchog‘ing,
Boshlanadi xush chog‘ing.
Gap shu yerga yetgan chog‘
Kelib qoldi mard o‘rtoq.
Chinordek zo‘r qomati,
Go‘ro‘g‘lidek savlati;
Shu ishga gar qilsa qasd,
Raso ishga tushsa bas,
Har ish kelar qo‘lidan,
Sher qocholmas yo‘lidan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 2 3
V
So‘z boshladi yuksak tog‘,
— Hoy, mard o‘rtoq, mard o‘rtoq,
Bir umrlik do‘stimiz,
Senga aytar so‘zimiz,
Qara shuncha keng o‘tloq,
Suvsizlikdan dili tog‘.
Uning ohin o‘chirib,
Dildan dog‘in o‘chirib,
Chamanzorga aylantir,
Mangulikka shodlantir.
— Hoy, mard inson, mard inson,
Menga ham ber hayot — jon, —
Dedi o‘tloq hansirab,
Issiqlikdan qovjirab,
Xarsang toshday qotaman,
Misdek qizib yotaman,
Suv ber menga, suv bergin,
Ko‘ksimdan so‘ng gul tergin,
Suray hayot zavqini
Ham qo‘shiqlar shavqini.
Ko‘ksim bo‘lsin chin bo‘ston,
Bahra olsin har bir jon.
VI
Shunday qilib  uch o‘rtoq
So‘z bitishdi ushbu chog‘.
Yo‘l olishdi Sir tomon,
Suv berar, deb begumon,
„Sir“ qo‘ynida bu vaqt
Odatdagi ur-yiqit.
Tog‘lar bilan olishib,
Toshlar bilan solishib,
Birin otib qirg‘oqqa
Qiyo boqmay hech yoqqa.
Oqar edi yo‘lida,
Shamshir — asov qo‘lida,
Ba’zan, kesib qirg‘oqni,
Urib-sochib qumloqni,
Oqar edi qir bo‘ylab,
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 2 4
Ba’zan yoqimli kuylab,
Jo‘r bo‘lardi qushlarga,
Esh bo‘lardi tushlarga.
Ba’zan bosib to‘qayni,
Quvib luqma-halolni
Arslon kabi tutoqib,
Dev singari yutoqib,
Olg‘a bosar o‘shqirib,
Ba’zan toshar jo‘sh urib,
Uch do‘st sohil kelganda,
(„Sir“ bularni bilganday)
Bo‘shashtirmas oqishin
Qo‘ymas mag‘rur boqishin.
Ketar hamon yo‘lida,
Shamshir-asov qo‘lida.
Kimsa yo‘lni to‘ssin-chi,
Yoki oshib o‘tsin-chi¾
Yo‘q-yo‘q, bo‘shga oqish, bas.
Bir orolga boqish, bas.
Inson seni no‘xtalar,
Telbaliging to‘xtalar!
Yurib yangi yo‘llardan,
Bog‘-bo‘stonlar ochasan,
Ishga chiqdi ulug‘ xalq,
Bilakda kuch to‘liq xalq.
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 2 5

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish