3 0 0
Doktorga ko‘rinish uchun dunyoning hamma yog‘idan bemor
cho‘ponlar,
kasal baliqchilar, o‘tin kesuvchilar, dehqonlar
kelishardi, doktor ularning har qaysisiga dori berardi, ular darrov
tuzalib ketishardi.
Mabodo bironta qishloqi bolaning qo‘li chiqsa yoki burni qonasa
bormi, u darrov doktor Voyjonimning oldiga yugurib kelardi —
qarabsizki, o‘n minutdan keyin u hech narsa ko‘rmaganday soppa-
sog‘,
xushchaqchaq, to‘ti Karudo bilan bekinmachoq o‘ynab ke-
tardi, boyo‘g‘li bo‘lsa uni shirinlik va olmalar bilan ziyofat qila
boshlardi.
Bir kuni doktor oldiga juda qari bir ot keldi-da, sekingina:
— Lama-vonoy-fifi-ku-ku! — dedi.
Doktor buning otlar tilida nima ekanini darhol payqadi. Buning
ma’nosi: „Mening ko‘zim og‘riyapti. Marhamat qilib, menga
ko‘zoynak bering“, — degani edi.
Doktor hayvonlar tilida gapirishni allaqachonlar o‘rganib olgan
edi. U otga qarab:
— Kapuki-kapuki! — dedi.
Otlar tilida bu: „Marhamat, o‘tiring!“ — degani edi.
Ot o‘tirdi. Doktor unga ko‘zoynak taqdi, shu bilan otning
ko‘zi tuzalib qoldi.
— Chaka! — dedi ot, dumini silkitib, keyin ko‘chaga
chopib
chiqib ketdi.
Ot tilida „Chaka“ degani — „Rahmat“ degani bo‘ladi.
Ko‘zlari xiralashib qolgan hamma hayvonlar doktor Voyjonim-
dan tezda ko‘zoynak oladilar. Otlar, sigirlar, mushuklar va itlar
ko‘zoynak taqib yura boshladilar. Hatto keksa qarg‘alar ham
inlaridan ko‘zoynaksiz uchmadilar.
Doktorga ko‘rinish uchun keladigan hayvon va qushlar
kundan-kun ko‘payaverdi.
Toshbaqalar, tulkilar va echkilar kelaverdilar, turnalar va
burgutlar uchib keldilar. Doktor
Voyjonim ularning hammasini
davolayverdi, lekin hech qaysisidan pul olmadi, chunki it, qarg‘a
va ko‘rshapalakda pul nima qilsin!
Tezda o‘rmondagi daraxtlarga shunday e’lonlar yopishtirildi:
Qushlar-u hayvonlarga
Kasalxona ochilgan.
Ko‘ringani u yerga
Boring albatta tezdan!
www.ziyouz.com kutubxonasi
3 0 1
MAYMUN CHICHI
Bir kuni kechqurun, barcha hayvonlar uxlab yotgan paytda
doktor eshigini allakim taqillatdi.
— Kim u? — deb so‘radi doktor.
— Men, — deb javob qaytardi past ovoz bilan birov.
Doktor
eshikni ochdi, uyga oriq va iflos bir maymun kirdi.
Doktor uni divanga o‘tqizdi-da:
— Qayering og‘riydi? — deb so‘radi.
— Bo‘ynim! — dedi-da, maymun yig‘lab yubordi.
Shu gapdan keyingina doktor uning bo‘ynida arqon borligini
ko‘rdi.
— Men yovuz sharmankachining
1
qo‘lidan qochdim, — dedi-
da, maymun yana yig‘lab yubordi. —
Sharmankachi meni urdi,
qiynadi va arqonga bog‘lab qayoqqa borsa, o‘sha yoqqa sudrab
bordi.
Doktor qo‘liga qaychi olib,
arqonni qirqdi va maymunning
bo‘yniga shunday ajoyib malham surtdiki, uning bo‘ynidagi og‘riq
shu zahotiyoq qoldi. Undan keyin u maymunni tosda cho‘miltirdi,
unga ovqat berdi, keyin bunday dedi:
— Maymunjon, menikida yashayver. Men sening xafa bo‘-
lishingni istamayman.
Maymun juda quvonib ketdi. Lekin u doktor bergan katta-
katta yong‘oqlarni chaqib, stol oldida o‘tirganda, uyga badjahl
sharmankachi yugurib kirdi:
— Maymunimni ber! — deb qichqirdi u. — Bu maymun
meniki!
— Bermayman! Hech ham bermayman! Maymunni qiyna-
shingga toqatim yo‘q, — dedi doktor.
Sharmankachi jahli chiqqan doktor
Voyjonimning yoqasidan
bo‘g‘ib, urmoqchi bo‘lgan edi, doktor xotirjam turib:
— Hoziroq jo‘nab qol bu yerdan! Agar yoqalashadigan
bo‘lsang, Avvani chaqiraman, etingni g‘archcha uzadi.
Avva uyga yugurib kirdi-da:
„R-r-r-r¾“ — dedi xo‘mrayib turib.
Itlar tilida buning ma’nosi: „Qoch, bo‘lmasa qopaman“
degani edi.
1
Sharmankachi — uyma-uy va ko‘chalarda musiqa chalib yuruvchi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
3 0 2
Sharmankachi qo‘rqib ketib, orqa-oldiga qaramay qochdi.
Maymun doktornikida qoldi. Tezda hayvonlar maymunni yaxshi
ko‘rishib, unga Chichi deb nom qo‘ydilar.
„Chichi“ so‘zi hayvonlar tilida „jimjit“ deganidir.
Tanya bilan Vanya uni ko‘rishlari bilan baravariga:
— Oho, muncha antiqa-ya! Muncha ajoyib-a! — deb xitob
qilishdi.
Keyin, shu zahotiyoq eng yaxshi o‘rtoq, dugonalari bilan
o‘ynaganday, u bilan o‘ynab ketdilar. Ular bekinmachoq ham,
koptok otib ham o‘ynadilar, keyin uchovlari qo‘l
ushlashib olib,
dengiz qirg‘og‘iga chopib bordilar, u yerda-chi, maymun ularga
quvnoq maymunlar o‘yinini o‘rgatdi, bu o‘yin hayvonlar tilida
„Tkelli“ deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: