2 0 3
Darvozadan o‘tish bilan
Ajoyibot boshlanar...
Goho kulib,
lol qolib,
Ko‘zlaringiz yoshlanar.
Pushkin
yozgan ertaklar,
Ko‘rk bag‘ishlar bog‘ aro,
Baliqchi
chol va kampir
Yonda teshik tog‘ora.
„Aldarko‘sa“ otida
Ovul kezar aylanib.
Ana mashhur „Ur to‘qmoq“
Òurar jangga shaylanib.
Bo‘ri xafa, yordam so‘rar,
Qorlar yog‘ib qovog‘idan.
Òurna esa cho‘ng souyakni
Òortar uning tomog‘idan
Juda moslab yo‘nilgandir,
Hayvonlarning shakli, izi.
Aslida-chi,
ular bari
Archa, tolning jo‘n ildizi.
„Ziyod botir“ yo‘lda borar
Ajdarhoga qasd qilib.
Bu ko‘rgazma
tashkil topgan,
Zo‘r ertaklar asos bo‘lib.
Do'stlaringiz bilan baham: