BO’LAJAK TARBIYACHILARDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING MAZMUN - MOHIYATI
Jabborova Maftuna Komil qizi
Qarshi davlat universiteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi magistranti
Kalit so’zlar: kompetensiya, kasbiy kompetentlik, pedagogik kompetentlik, diagnostika, tajriba, tahlil, natija.
Ключевые слова: компетентность, профессионалная компетентность, педагогическая компетентность, диагностика, опить, анализ, результат.
Key words: competence, professional competence, pedagogical competence, diagnostics, experience, analysis, result.
Jamiyatda hech bir kasb yo’qki kompetensiya va kompetenlik tushunchalarisiz o’z tasdig’ini topmasa! Inson hayoti davomida ma'lum kasbni egallaydi. Inson qaysi kasb sohasi vakili bo’lishidan qat’i nazar o’z kasbining mohir ustasi bo’lishi talab etiladi. Zamon talablariga javob beradigan, shuning bilan birga erkin fikr yurita oladigan, ekstremal vaziyatlarda og’ishmay ijobiy qaror qabul qila oladigan, o’z kasbidagi ilmiy yangiliklarni tahlil eta oladigan va uni o’z kasbi orasida taqdim eta oladigan bo’lishi shart va zarur. Bu natijaga erishish uchun esa albatta kompetentlik jarayonini yaxshi tushunish kerak bo’ladi. Kompetentlik keng qamrovli tushuncha hisoblanadi. “Kompetentlik” so’zi “Kompetensiya” tushunchasining negizidan paydo bo’lgan, ammo unga nisbatan keng va chuqur ma’no mazmun kasb etadi. Kompetensiya tushunchasiga qisqacha to'xtalamiz.
Kompetensiya- ma’lum bir fan bo’yicha o’quvchi egallagan nazariy bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik hayotda duch keladigan amaliy va nazariy muammolarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo’llay olishdir.
Kompetentlik- mazmun va amaliy jihatdan kompetensiya tushunchasidan kengroq. U har bir kasb egasida o'z kasbining mohir ustasi bo'lishi uchun mavjud bo’lishi kerak bo’lgan butun bir yaxlit tizimni qamrab oladi. Bu tizim elementlari muayyan kasb egalariga ko’chadi. Ulardagi har bir xatti- harakat, uslub, qarashlar, kompetentlik tasiri ostida rivojlanib, shakllanib boraveradi.
Pedagogik kompetentlik fan sohasiga kompetensiya tushunchasi negizida kelib chiqqan va rivojlangan. Kompetensiya tushunchasi esa, psixologik izlanishlar natijasida psixologiya sohasida qo’llanila boshlandi. “Kоmpеtеnsiya” so'zi (lоtinchа cоmpеtе – erishаmаn, muvоfiqmаn, mоs kеlаmаn) kishi egаllаgаn muаyyan bilim, ko’nikmа, mаlаkаlаr mаjmui tushunilаdi. Kоmpеtеnsiya, shuningdеk, muаyyan vаzifаni bаjаrish uchun birоr shахs yoki tаshkilоtgа bеrilgаn vаkоlаt mа’nоsidа hаm qo’llаnilаdi. [2. 44-b]. Kompetensiya u yoki bu sohadagi bilimlar, qadriyatlar, tajriba va shaxsiy dunyoqarashlar majmuasidir. Shu bilan birga shaxsning individual qobiliyati hamdir. Kоmpеtеntlilik vа kоmpеtеnsiya so’zlаri bir-biri bilаn bоg’liq vа biri ikkinchisini tаqоzо etаdigаn tushunchаlаrdir. Kаsbiy kоmpеtеnsiya o’zidа bir qаtоr kоmpеtеntlik vа kоmpеtеnsiyalаrni mujаssаmlаshtirаdi. Chunki, yеtаrli dаrаjаdа kаsbiy kоmpеtеnsiyasi rivоjlаnmаgаn vа kеng dоirаdаgi kоmpеtеnsiyagа egа bo’lmаgаn mutахаssis o’z lаvоzim vаzifаlаrini muvаffаqiyatli bаjаrа оlmаydi. Kоmpеtеntli inson dеb muаyyan bir sоhаgа оid mа’lumоtgа egа bo’lgаn vа shu sоhаgа хоs kоmpеtеnsiyalаrni egаllаgаn kishigа аytilаdi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o’z faoliyatini yuritayotgan tarbiyachi xodimlarni ham kompetensiyali inson deyishimiz mumkin. Ular Oliy ta'lim muassasalarida olgan nazariy bilimlarini maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachi sifatida amaliy faoliyatga joriy etadilar. Barchaga ma’lumki, nazariya va amaliyot bir-biriga o'zaro bog'langan bo'lsada, bir-biridan farq ham qiladi. Tarbiyachilar ish jarayonida ko’plab qiyinchiliklarga, muammolarga, turli xildagi konfliktlarga duch kelishadi. Bu vaziyatlardan eng oqilona yo’l tutib chiqib keta oladigan tarbiyachio’z kasbining mohir ustasidir. Buning uchun oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan barcha talabalar, pedagogik kompetentlikka ega bo’lishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |