Bolada bilish kobiliyatini rivojlantirishda ijodkorlikni shakllantirish professional pedagogik tayyorgarlikning komponenti sifatida


Haqiqiy do‘st biror moddiy yoki ma'naviy



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana01.02.2023
Hajmi0,69 Mb.
#906203
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Konferensiya2022-MAY (4)-472-480

Haqiqiy do‘st biror moddiy yoki ma'naviy 
manfaatni ko‘zlamagan holda sizni Alloh uchun yaxshi ko‘radi.
U hayotingiz 
to‘kin-sochinligida ham, mashaqqatli paytida ham, shodlikda ham, qayg‘uda ham, 
kengchiligu torchilikda ham yoningizda turadi. Haqiqiy do‘st aybingni ko‘rsa, 
tanholikda nasihat qiladi. Yaxshi ishingizni ustidan chiqsa, shijoatlantiradi. Ezgu 
ishlarni amalga oshirishingizda ko‘makchi bo‘ladi. Chin do‘st siz haqingizda doimo 
yaxshi fikrda bo‘ladi. Bordiyu unga nisbatan xatolikka yo‘l qo‘ysangiz ham buning 
uchun uzr topadi. Kechirib ketadi.
Ona zamin faqat ma'lum mavsumlardagina meva bersa, do‘stlik mevasi har 
lahzada teriladi. Hakimlardan biri do‘stlikni shamsiyaga (zontik) mengzatadi. 
Yomg‘ir kuchaygan sari soyabonga ehtiyoj ortganidek, musibat va mushkilot 
yomg‘irlari boshingiz uzra shiddatli tus olgani sari do‘stlik shamsiyasiga ham 
ehtiyojingiz kuchayaveradi
. “Yomg‘ir”dan soyabon bo‘lmagan do‘st do‘st 
emas.
U shunchaki, tanish -bilishlardan biridir.
Haqiqiy do‘st shunday kishiki, u bilan birga bo‘lsangiz, xuddi yolg‘iz holda 
bo‘lganingizdek o‘zingizni betakalluf tutasiz. U qaysidir kamchiligingiz tufayli 
sizdan yuz o‘girib ketmaydi. Yig‘ingiz uchun yig‘laydi, shodligingiz uchun 
quvnaydi. Uzringizni qabul qiladi, xatoingizni kechiradi va yo‘qligingizda ham 
sizga vafodorlikni saqlaydi, kam - ko‘stingizni to‘ldiradi.
Ehtimol, hayotingiz davomida shunday do‘stni uchratarsiz, ehtimol 
uchratmassiz. Ammo dunyo bunday kishilardan xoli emas. Imom Shofeiy 
(r.h): 
"agar dunyoda sodiq do‘st bo‘lmasa, bunday dunyoga alvido 
bo‘lsin!",
degan edilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) muborak bir 
hadislarida 
"mo‘min kishi do‘st bo‘ladi va do‘st qilinadi. Na do‘st bo‘ladigan, 
na do‘st qilinadigan insonda yaxshilik yo‘q!",
deganlar (Imom Ahmad va Bazzor 
rivoyati).
Dinimiz do‘stlik dini. Unda xudbinlik qoralanadi. Aksincha, o‘zgalar 
manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yish kabi oliyjanob xislatlar targ‘ib va 
tarannum etiladi. Olamlarga rahmat bo‘lib kelgan Payg‘ambarimiz Muhammad 
alayhissalomning hayot yo‘llariga va U zotning sahobalari hayotiga nazar solar 
ekanmiz, ko‘z o‘ngimizda do‘stlik tushunchasi o‘zining bor - bo‘yi bilan 
gavdalanadi.
Sayyidimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam)ning yigirma uch yillik 
payg‘ambarlik hayotlari mobaynida dunyodagi mazkur tushuncha qayta jonlandi
barq urib yashnadi va olamni go‘zallikka burkadi, desak ayni haqiqatni aytgan 
bo‘lamiz. Yori G‘or deb nom olgan Abu Bakr Siddiqning o‘z do‘stiga ko‘rsatgan 
misli ko‘rilmagan jonfidoliklari, bir umr azon aytib odamlarni xushnud qilib kelgan 


476 
Bilolning do‘sti vafotidan so‘ng azon aytolmay qolishi, hatto do‘stining shahridan 
uzoqlarga ketib qolishi va boshqa ko‘plab mo‘'jizavor, aql bovar qilmas darajadagi 
sadoqat namunalari nimadan dalolat beradi?! Do‘stlikdan emasmi?!
Donishmandlardan biri aytadi: 

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish