Bola temperamenti. Bolani band qilish yo’llari. Ota-onasini qizg’anish



Download 27,57 Kb.
bet6/7
Sana31.12.2021
Hajmi27,57 Kb.
#240301
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BOLALAR TEMPERAMENTI

Ota-onasini qizg'anish

Farzandi bor oilada yangi chaqaloq tug'ilganda, katta farzandga mehr yetmay qoladi. Tug'ruqxonadan uning sevimli onasi chaqaloq ko'tarib kelishi bolaga stress keltiradi, shu kundan boshlab u birdan injiq, to'polonchi, quloq solmaydigan bo'lib, ukasi (singli)dan ota-onasini qizg'anayotganini ko'rsata boshlaydi. Ushbu vaziyatdan qanday qilib bolaning psixikasiga salbiy ta'sir ko'rsatmay chiqib ketish mumkin?

 "Singlining yig'lashi joniga tegib 4 yoshli o'g'lim uni og'zini yostiq bilan yopishga urundi. Oz qolsa, 1 oylik qizim nafas olmay qolar edi..."

Bu voqea hayotda kam uchrasa ham, haqiqatdir. Bittadan ko'p farzandi bor har bir ona bolaning rashqi degan tushuncha bilan tanish bo'lsa kerak. Deyarli hamma katta farzand uyga uka yoki singil kelganda ota-onasini undan qizg'anadi. Faqat qizg'anish darajasi turlicha bo'ladi. Kimdir yangi chaqaloqni yomon ko'rib qolib qitmirlik qilsa, kimdir unga shikast yetkazish istagida bo'ladi. Katta farzandlarga ham axir qiyin. Shu kunga qadar onasi ham otasi ham faqat uniki edi, endi esa ular mehrini, vaqtini, e'tiborini chaqaloq bilan bo'lishishi kerak, axir bu stress emasmi?

Katta farzandning ukasi (singli) ga nisbatan nafrati uyg'onmasligi, unga mehri ortishi va ota-onasi mehridan mahrum bo'lib qolmasligi har tomonlama ota-onaga bog'liq. Quyidagi maslahatlar ota-ona tarbiya jarayonida xato qilib qo'ymasligiga yordam beradi.

1. Uyga yangi chaqaloq kelmasidan oldin katta farzandni tayyorlash kerak. Homiladorlik davrida ona o'z farzandiga qornida uning ukasi yoki singlisi bor ekanligi haqida, yaqinda uyga kelib birga yashashi va o'ynashi haqida tushuntirish lozim. Homila qimirlaganda katta farzandga ko'rsatib, tushuntirib, unda mehr uyg'otishga harakat qilish kerak.

2. Bola tug'ilganda katta farzandingizni buvisinikiga olib borishga shoshilmang. Undan ko'ra tug'ruqxonaga olib keltirib, yangi tug'ilgan ukasi (singli) bilan tanishtirib, unga chaqaloq sovg'a olib kelganligini oldindan ta'minlab qo'ying.

3. Uyga yangi chaqaloq bilan kelgach, katta farzandingizga bir necha kun yanada e'tiborliroq bo'ling. Uyga kelgan mehmonlar faqat chaqaloqqa sovg'a olib kelishi uni xafa qilib qo'yishi mumkin. Shuning uchun, katta farzandingizga oldindan arzimagan bo'lsa ham sovg'alar tayyorlab qo'ying. Mehmonlar kelganda, ular nomidan unga ham sovg'a taqdim etish uchun.

4. Chaqaloqni iloji boricha katta farzandingiz oldida erkalayvermang. "Voy muncha bu shirin bo'lmasa", "Muncha ko'zlari chiroyli" kabi so'zlaringiz katta farzandingizni rashqini kuchaytiradi.

5. Hech qachon yangi tug'ilgan chaqaloqni katta farzandingizga namuna qilib qo'ymang. "Qara singling uxlavatti, sen esa yuribsan", yoki "Sen to'polon qilaverasan, ukang esa quloq solib uxlab yotibti" degan gaplar aslo noo'rin.

6. Undan tashqari katta va kichik farzandlar munosabatini musobaqaga aylantirmang. "Agar hozir ovqatingni yemasang, ukangga berib yuboraman" yoki "Agar menga quloq solmasang, singligni ko'chaga olib chiqaman, sen esa uyda qolasan" kabi gaplaringiz katta farzandingizda ukasi (singli)ga nisbatan salbiy munosabat uyg'onishiga olib keladi.

7. Chaqaloqqa nisbatan mehr uyg'onishi uchun, uni parvarish qilishda katta farzandingizni jalb qiling. Masalan, taglik almashtirganda uning yordamini so'rang yoki chaqaloqni og'zini artib quyishni iltimos qiling. Bola o'z kerakligini his qilib, chaqaloqqa g'amx'o'r bo'layotganidan g'ururlanib unga mehr qo'yishni boshlaydi.

8. Chaqaloqni emizayotganingizda iloji boricha katta farzandingizni ham oldingizda olib o'tiring. Masalan, u bilan birga shu payt kitob o'qishingiz mumkin yoki unga qiziq narsalar haqida aytib berishingiz mumkin. Agar bunga jismonan kuchingiz bo'lmasa, u holda emizadigan joyda katta farzandingiz uchun o'yinchoqlar tayyorlab qo'ying. Bu o'yinchoqlar faqat o'sha yerda tursin shunda chaqaloqni emizishingiz shunda katta farzandingizga ham xursandchilik keltira oladi.

9. Bolalar og'ritish va ziyon keltirish nima ekanligini bilmaydi. Bilmasdan chaqaloqni qo'lini siqib yuborsa yoki qattiq kulib uyg'otib yuborsa, darhol uni urushmang. Uni nega urushganingizni tushunmay chaqaloqqa nisbatan jahli chiqadi.

10. Uka (singil) kattaroq bo'lgach, o'yinchoqlarni talashish holati paydo bo'ladi. Katta farzandingizga "Ber ukangga, ahir u kichkina-ku" deyishingiz uning g'azabini battar qo'zg'atadi. Undan ko'ra, "Sening o'yinchoqlaring juda ham ko'p, ukangda esa yo'q, kel bittasini beramiz, qaysinisini o'zing tanla -chi" deganingiz maqsadga muvofiq bo'ladi.

Uyga yangi chaqaloq kelganda qanday yo'l tutmang, katta farzandingizni rashq qilishi aniq. Lekin rashq nafrat, g'azabga emas, asta sekinlik bilan mehrga aylanishi kerak. Bu esa ota-onaning qo'lida. Albatta yangi chaqaloq ko'p e'tibor va kuch talab qiladi, lekin bir oz boshida qiynalib katta farzandingizga yanada e'tiborliroq bo'lib, unga ko'proq vaqt ajratib, yanada ko'p mehr ko'rsata olsangiz, o'zingiz keyin yutuqda qolasiz.



XULOSA

Inson dunyoga kelganidan, to umrining oxirigacha doimiy faoliyatda bo’ladi, va bu faoliyatning zamiri uning nutqi, tafakkuri va albatta xarakter hislatlariga borib taqaladi. Ruhiy jihatdan o’rganilganda, har bir inson alohida “temperament” tipiga mansub hisoblanadi. Temperament deganda biz, odatda, kishining tabiiy tug’ma xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan individual hislatlarini tushunamiz. Odatda biz bolalar bilan muloqotga kirishganimizda, o’zimizcha unlarning xarakterini “tez”, “betoqat”, “serg'ayrat”, “jo’shqin”, ba'zilarini esa “sustkash”, “lapashang” va hokazolar deb ataymiz. Aslida, bu xildagi individual xususiyatlardan kishining temperamenti (mijozi) tarkib topadi.



Bugun bola oilada, maktabda, tashqi muhitda nimani xohlaydi-yu va bunga javoban kattalar qanday munosabat bildirishi, bolaning keyingi faoliyatiga ta’sir etmay qolmaydi. Yuqorida “Temperament” haqida bejizga so’z boshlamadik. Chunki har bir jarayonda, ayniqsa ta’lim jarayonida bolaning “temperamenti”ni bilgan holda munosabatda bo’lgan ma’qul. Aslida har bir bola o’qishni yaxshi ko’radi, lekin undagi o’zlashtirish jarayoni turlicha kechadi. Ana shunday paytda o’qituvchi quyidagilarni bilib qo’ygani yaxshi. Barcha temperamentlarni qadimdan to’rta tipga: 1) xolerik, 2) sangvinik, 3) melanxolikva4) flegmatik temperamentga ajratishgan. Xolerik temperament — hissiyotning tez va kuchli qo’zg’aluvchanligi, barqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Xolerik temperamentli bolalarning hissiyotlari ularning imo-ishoralarida, mimikalarida, harakatlari va nutqlarida yaqqol ko’rinib turadi. Xoleriklar qizg’inlik va tajanglikka moyil bo’ladilar. Bunday temperamentli bolalar chaqqon, umuman harakatchan, serg’ayrat va har doim urinuvchan bo’ladilar. Ular bir ishga tez kirishadigan va boshlagan ishini oxiriga yetkazadigan bo’ladilar. Ular ko’pchilik bilan jamoaviy o’yinlar o’tkazishni sevadilar va bunday o’yinlarni ko’pincha o’zlari boshlab, oxirigacha faol qatnashadilar. Xolerik temperamentli bolalar arazchan, serjahl va tajang bo’ladilar. Bir narsadan xafa bo’lsalar, bu xafalik ularda uzoq saqlanadi. Ulardagi kayfiyat ancha barqaror va davomli bo’tadi.


Download 27,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish