II-BOB BOLA SHAXSINI OILADA TARBIYALASH.
2.1 Oilada farzand tarbiyasining turli xil davrlari va ularning ma’naviy
kamolotga ta’siri.
Bolani sabru toqatga o‘rgatishning ham o‘rni, vaqti va me’yori bor. Ma’lumki,
ayrim kishilarning nojo‘ya va zararli xatti-harakatlariga ham ko‘r-ko‘rona sabru toqat
qilaverish zaiflik belgisi.
O‘zbek xalqi pedagogikasining bosib o‘tgan yo‘lini o‘rganib, tahlil qilib, milliy
tarbiyamizda quyidagi holatlarga e’tibor berish kelgusida komil insonni tarbiyalashga
o‘zining ijobiy natijasini beradi, deb o‘ylaymiz:
- Bolani maishatga emas, balki ilmu ma’rifatga to‘ymaydigan qilib tarbiyalash lozim;
- Kishilarga beminnat, chin ko‘ngildan yaxshilik qilish fazilati ham bolalikdan, o‘qish
jarayonida o‘zaro hamdamlik va hamjihatlikdan boshlanadi, shuni esdan chiqarmaslik
kerak;
- Baqiroqlik, urishqoqlik ham kasallik, bu kasal, ko‘pincha bolalarga ota-onadan,
kattalardan yuqishini unutmaslik kerak;
- O‘z farzandlarinigina pok bo‘lishini istasang, o‘zgalarning farzandlariga nopok
nazar tashlamaslikdir;
- Zaminsiz giyoh o‘smaganidek, bolada ham sababsiz nosoz xulq paydo bo‘lmaydi;
- Boladagi iste’dod biz tarbiyachilardan alanga kutadi, agar biz uni alangalata olsin, u
porlab nur bo‘ladi;
- Majlisni boshqara olish ham o‘ziga xos bir san’at bo‘lib, u kishining yoshligidagi
jamoatchilik faoliyatining mevasidir;
- Bog’u-rog’larni rang-barang ko‘rkam daraxtlar, daraxtlarni esa zumrad yaproqlar
bezaganidek, utsni bola, bolani esa ilmu hunar, odobi axloq bezaydi;
- Har qandan imkoniyating bo‘lsa ham, bola uchun boshqa bolalardan o‘zini ustun
qo‘yishga sabab bo‘ladigan imtiyozlar berishdan saqlanish lozim;
- Bolaga ajoyib tarbiya bersang, u senga umr qo‘shadi, aks holda umringni qirqadi;
- Bolada yuqori nafosat bo‘lishi uchun, avvalo, uni o‘rab turgan muhit go‘zal bo‘lishi,
bola esa tayyor go‘zallikning shunchaki tomashabini emas, balki go‘zallik
bunyodkori bo‘lishi lozim;
- Bola kamolatidagi eng muhim narsa har bir ishni qilishdan oldin uning oqibatini
o‘ylashga odatlantirishdir, chunki pushaymon kaltabinlik hosili;
- Davr bizni kechagi hayotga undayotgan va tezroq odim tashlashga qistayotganligini
yosh avlod his etmog’i lozim;
- Bolaning iste’dodini namoyon qilish uchun ham iste’dod kerak;
- Tabiat ham o‘ziga xos tarbiyachi. U o‘z nihollarini bazan sovuq bo‘ronlarga,
jazirama issiqqa ham o‘rgatadi. Vaqti-vaqti bilan billur tomchilari bilan ohista yuvadi,
muloyim shabadasi bilan ohista silab-siypab erkalaydi.
- Hayotning murakkab, tugunli masalalari bo‘ladi. Fahmu-farosat bilan ularni topib,
echa bilish uchun kishi bolalikdan bilim va malaka hosil qilishi kerak;
- Bolada hayotni, borliqni kuzatuvchanlik bo‘lmasa, u berahm va befarosat bo‘lib
qoladi. Shuning uchun ham uning kuzatuvchanligini shakllantirish lozim;
- Bolaning mehmon huzurida o‘zini qanday tutishi oiladagi bola tarbiyasining bir
ko‘zgusi;
- Oilaning iqboli-istiqboli, har jihatdan to‘g’ri rivojlangan xulqi zebo farzanddir;
- Modomiki, xonadonda o‘zaro ishonch yo‘qolib, qulf-kalit qilish zarurati tug’ilgan
ekan, bu bolalarni to‘g’rilik, halollik ruhida tarbiyalash masalasi diqqatdan chetda
qolganligidan nishona;
- Hayotni kuzatuvchi bola ko‘p hosil beradi. Oqilona javob beris h uning zohnini
barkamol qiladi;
- Oila va maktab quchog’ida ilmu odob, aqlu hunar va riyozat libosi bilan bezangan
sog’lom bola qanotli qush kabi hayot bo‘stonida dadil parvoz qila oladi.;
- Bolangiz hayotda o‘z o‘rnini topa bilmagan ekan, bu sizning uni hayotga
tayyorlashga va iqbol-istiqboliga beparvoligingizdan nishona;
- Bolaning tamizli yoki betamiz bo‘lishi ham ko‘p jihatdan biz, tarbiyalarning aqlu
zakovatimizga, fahmu farosatimizga bog’liq;
- Agar bizdan ta’lim va tarbiya olgan shogirdlarimiz davr talabiga munosib bo‘lsa,
ular bizning iftixorimiz;
- Keksalikda avlodga o‘rnak bo‘lishning zamiri ham yoshlikdan boshlanadi;
- Biz yoshlarni tarbiyalashda o‘zimiz yashab o‘sgan muhit bilan hozirgi sharoitning
farqini ko‘zda tutib ish ko‘rishimiz lozim. Chunki ularning kamolatiga ta’sir
ko‘rsatuvchi xabarlar beqiyos ko‘p va serqirradir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning birinchi bosqichi (1997-
2001)da ta’lim oluvchilarning madaniy va ma’naviy-axloqiy saviyasi sifatiga
qo‘yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish va
joriy qilish ko‘zda tutildi. Bu - bevosita yangi fazilatlar, yangi mezonlar, yangi
talablar masalasi demakdir.
Tabiat va jamiyatda har bir predmet, hodisa muayyan ilmiy ta’rifga ega. Xuddi
shuningdek, milliy istiqloliy fazilatlarning ham muayyan ta’rifini anglamay turib,
ularni shakllantirishga kirishishning samarasi bo‘lmaydi. Shu bois milliy tarbiyaviy
fazilatlarning lug’aviy, etimologik mazmunlaridan kelib chiquvchi pedagogik ta’rifi
aniqlanishi lozim.
Tarbiya nazariyasida yangi tushunchalarning paydo bo‘lishi ijtimoiy, madaniy,
siyosiy, mafkuraviy hayotda ro‘y bergan o‘zgarishlar bilan belgilanadi.
Milliy mustaqillik pedagogika - tarbiya haqidagi fanda ham keskin islohotlar
zaruratini paydo qildi. Bu esa, o‘z navbatida, sovet tarbiya nazariyasida
o‘rganilmagan «o‘quvchinqng milliy g’ururi», «O‘zbekiston o‘quvchisining
vatanparvarligi», «o‘quvchining milliy odobi», «o‘quvchi milliy vijdoni»,
«o‘quvchining millatlararo muloqot madaniyati», «o‘quvchining milliy mafkuraviy
ongliligi» kabi fazilat mezonlarini ilmiy asoslashni talab qiladi. Zero bu:
- zamonaviy pedagogika fanining modellashtirish usulini samarali qo‘llash;
- tarbiya uslubiyati, texnologiyasi bo‘yicha pedagogika qo‘lga kiritgan ilmiy
yutuqlardan foydalanish;
- jahon tarbiyaviy tajribalari namunalariga asoslanish;
- milliy tarbiyaviy fazilatlarning O‘zbekistonning
o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li talablaridan kelib chiqib belgilash;
- mezonlar mazmunida milliylik, ajdodlarga, zamondoshlarga hurmat, madaniy
vorislik tamoyillarini saklash, rag’batlantirish;
-
sistemalilik,
komplekslilik,
yaxlitlik, funktsionallik, shaxsiy xususiyatlarga
asoslanuvchi yondashuvlar uyg’unligiga erishish uchun imkon yaratadi.
O‘quvchining o‘z faoliyatida, tuyg’uhissiyoti va boshqalarga qiladigan munosabatida
namoyon bo‘ladigan sifatlari, xislatlari uning hayotda ko‘zlagan maqsadlari, niyatiga
qarab yo ijobiy, yo salbiy mazmun kasb etadi. Shu sababli milliy tarbiyalanganlik
mezonlarini belgilashda o‘quvchilar xulq-atvori, niyatining ijtimoiy ma’naviy
yo‘naltirilganligiga e’tibor berildi
Do'stlaringiz bilan baham: |