Ijtimoiy omillar
Inson bo‟lib еtishish uchun faqatgina biologik irsiyatning o‟zi kifoya
emas. Inson faqat sotsiolizatsiya jarayonida, ya‟ni muloqotda, boshqa insonlar
bilan o‟zaro ta‟sirda shaxs bo‟lib еtishadi. Inson jamiyatidan tashqarida ma‟naviy,
ijtimoiy, psixik rivojlanishi sodir bo‟la olmaydi. Bu fikrni barchaga ma‟lum hollar,
ya‟ni inson bolasi hayvonlar orasida o‟sgani yanada mustahkamlaydi.
Ijtimoiylashuv insonning butun hayoti davomida kechadigan ko„p qirrali
jarayondir. U ayniqsa bolalik va yoshlik davrida nihoyatda jadallik bilan kechadi.
Chunki, aynan bolalikda asosiy ijtimoiy me‟yorlar o„zlashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni
bola asta-sekinlik bilan o„zlashtiradi. Agar bola tug„ilgandan keyin asosan oilada
rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi yangi va yangi muhitlar-maktabgacha ta‟lim
muassasalari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli ko„ngilochar
maskanlarda kechadi. Yosh ulg„aygan sari ijtimoiy muhit “hududi” kengayib
boradi. Bola qanchalik ko„p muhitlarni o„zlashtirsa, u shunchalik keng doira
hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo o„zi uchun qulay bo„lgan uni
yaxshi tushunadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo„ladigan muhitni izlashga
urinadi. Shuning uchun u bir muhitdan boshqa muhitga ko„chib yuradi. Muhit
bolani shakllantirishda, uning ijtimoiy tajriba to„plashida ijtimoiylashuv jarayoni
uchun muhim ahamiyatga ega.
Muhit-inson kirishishi, o„zini qulay sezishi uchun joylashuvinigina yetarli
bilishi lozim bo„lgan ko„cha, uy va boshqa narsalar emas. Balki, muhit bu alohida
o„zaro munosabatlar tizimi va qoidalari bilan harakterlanadigan inson jamoalari
hamdir. Shuning uchun inson muhitga yangilik kiritadi, muayyan darajada ta‟sir
qiladi hamda o„zgartiradi va o„z o„rnida muhit ham inson oldiga o„z talablarini
qo„yadi. U insonni, uning xatti-harakatlarini qabul qilishi ham, inkor qilishi ham
mumkin. Muhitning insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning
talablariga qanchalik javob berishiga qarab aniqlasa bo„ladi. Insonning xulq-atvori
uning jamiyatda tutgan o„rni bilan belgilanadi.
7
Bolaning
xulq-atvor
mexanizmlarini o„zlashtirishi unga ijtimoiy
munosabatlarga muvaffaqqiyatli moslashuvini ta‟minlaydi. ijtimoiy moslashuv
deganda shaxsning ijtimoiy muhit sharoitlariga ko„nikishi tushuniladi.
Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va
natijasi hisoblanadi. Bu asosan uch yo„nalishda olib boriladi: faoliyat, muomala va
anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining kengayishi, faoliyatning
zaruriy shakl va vositalarini qo„lga kiritishi, muomala sohasida muomala
doirasining kengayishi, uning mazmunining chuqurlashishi, jamiyatda qabul
qilingan xulq-atvor me‟yorlarini o„zlashtirish sodir bo„ladi. Anglash sohasida o„z
“men”i obrazini shakllantirish, o„zining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o„rnini
anglash ro„y beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi.
So„nggi yillarda pedagogika va boshqa fanlarda ijtimoiylashuv hamda
tarbiya tushunchalarining o„zaro munosabati keng muhokama qilib kelinmoqda.
Ba‟zi mualliflar tarbiyani ijtimoiylashuv bilan almashtirishga harakat qilishmoqda.
Boshqalari tarbiyani bola ijtimoiylashuvining bir qismi sifatida o„rganishadi.
Ayrim olimlar esa ijtimoiylashuv deganda fuqaroviy va axloqiy tarbiyani
tushunishadi. To„rtinchi guruh olimlari shaxs ijtimoiylashuvini tarbiyaning asosiy
maqsadi deb hisoblashadi. To„g„ri tarbiya bola ijtimoiylashuvining asosiy
omillaridan biri ekanligi hammaga malum.
Ijtimoiy omillarni insonga ta‟sir ko„rsatishining tarkibiy qismi bo„lgan
tarbiya o„z xususiyatlariga ega.
Jumladan tarbiyaning bola rivojlanishiga ta‟siri vaqt o„tgan sari o„zgaradi.
Boshqacha qilib aytganda, bola qanchalik kichik bo„lsa, tarbiya uning
shakllanishiga shuncha ko„p ta‟sir ko„rsatadi. Vaqt o„tgani sayin tarbiyaning
hissasi kamayib boradi.
Biroq boshqa bir jarayon-o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni rivojlana boshlaydi.
Bolaning o„z shaxsini mukammallashtirish, o„z-o„zini rivojlantirish bo„yicha
mustaqil faoliyatini anglashi ortadi. Ma‟lumki, o„z-o„zini tarbiyalashga ehtiyoj
shaxs rivojining eng yuksak shakli hisoblanadi.
8
Tarbiya, o„z-o„zini tarbiyalash va boshqa ijtimoiy omillarning (madaniy,
diniy, tarixiy an‟analar, maktab jamoasi, do„stlar, bolalar bog„chasi va boshqalar)
ijobiy ta‟siri natijasida bolaning jamiyatga integratsiyalashuvining tabiiy jarayoni
yuz beradi
Inson bo‟lib tug‟ildi, lеkin inson bo‟la olmadi.
Hozirgi kunda inson sivilizatsiyasi tarixida qayd etilgan bir qancha dalillar
bor. Rim asoschilari Romul va Rеm bo‟ri onasi bilan emizilgan edi (shunday dеb
afsonada gap yuritiladi), maugli bo‟rilar to‟dasida tarbiyalangan edi. Inson
bolalarini bo‟rilar bilan boqilganining 15 holi, ayiqlar -5 holi, maymunlar – 10
holi, lеopard – 1 holi, qo‟y – 1 holi ma‟lum.
1920 yili Hindistonda doktor Sing bo‟rilar uyasida bo‟ri bolalari bilan birga
ikkita qizchani (biri 2 yoshda, ikkinchisi 7-8 yoshlarda) topgan. Kichigi Amala,
kattasini Kamala dеb nomlashdi.
Boshida ular o‟zini yovvoyi hayvonlardеk tutdi. Tunda emaklab yurishardi
va yugurishardi, kunduzi uxlashardi, qo‟ldan foydalanmay chapillatib
ovqatlanishardi. Kichik qizcha tеzda o‟lib qoldi, kattasi 10 yilga yaqin yashadi.
Shu yillar ichida doktor Sing Kamalani kuzatish kundaligini batafsid
olib bordi. Qiyinchilik bilan o‟qirdi. 2 yil uni tik turishga o‟rgatishga to‟g‟ri kеldi.
6 yildan so‟ng yura boshladi, lеkin ilgaridеk emaklab yugurardi. Birinchi 4 yillar
ichida 6 ta so‟zni o‟zlashtirdi. 7 yildan so‟ng so‟z boyligi 45 ta so‟zga, 3 yildan
so‟ng esa 100 gacha еtdi. Shuni o‟zida til jarayoni to‟xtadi. Bu vaqtga kеlib
Kamala inson jamiyatini yaxshi ko‟rdi, yorug‟likdan qo‟rqmay qoldi, qo‟l bilan
ovqatlanishga va stankandan ichishga o‟rgandi. 17 yoshga еtgach Kamala
rivojlanishi darajasiga qaraganda 4 yoshlik boladеk edi.
Bu hol shuni ko‟rsatadiki, odam oxir-oqibatda insonlar jamiyatiga tushib
qolganida ham odam darajasiga еtmagan. Nima o‟zi odamni odam qiladi?
Biologik individni ijtimoiy sub‟еktga aylanishi odam sotsializatsiya
jarayonida, uning jamiyatga “kirishida”, turli xil ijtimoiy gurux va tuzilmalarga
qadriyatlar, ko‟rsatmalar, ijtimoiy o‟zini tutish mе‟yor va namunalarini
o‟zlashtirish orqali “kirishida” sodir bo‟ladi.
9
Sotsializatsiya – uzluksiz va ko‟p qirrali jarayon. Bu jarayon ayniqsa, bolalik
va bolalarlikda jadal kеchadi. Agar bu jarayonni obrazli qilib uy qurilishi dеb
tasavvur qilsa, unda aynan bolalikda butun binoga poydеvor qo‟yiladi va quriladi.
Kеyinchalik butun umr davomida faqatgina pardozlash ishlari olib boriladi.Bola
sotsializatsiyasi jarayoni, shaxs sifatida uning shakllanishi va rivojlanishi atrof-
muhit bilan o‟zaro ta‟sirda sodir bo‟ladi.
Shaxs sotsializatsiyasining makro (grеkcha macros “katta”), mеzo – (mesos
“o‟rta”) va mikro (micros “kichik”) omillarini farqlaydilar.
Mikroomillar – inson yashaydigan mamlakat, jamiyat, davlat hamda
dunyoviy planеtar jarayonlar – ekologik, dеmografik, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy
vab.
Mеzoomillar – etnik ko‟rsatmalarni shakllantirish, shaxsning milliy hayot va
etnikaro munosabatlarning u yoki bu hollarini qabul qilishi, insonlarning o‟z eposi
(xalqi) tarixi va hozirgi hayoti haqida qarashlari va fikrlari; bola yashaydigan va
rivojlanadigan mintaqaviy shart-sharoitlarning ta‟siri; yashaydigan joy turi (shahar,
tuman markazi, qishloq); ommaviy kommunikatsiya vositalari va b.
Mikroomillar -yaqingina makonni va ijtimoiy muhitni tashkil qiladigan oila,
ta‟lim muassasalari, tеngdoshlar guruhi va b. mana shu yaqingina muhitni, ya‟ni
bola o‟sadigan muhitni sotsium yoki mikrosotsium dеb atashadi.
Shaxs tarbiyasiga ta‟sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida
rivojlanishiga biologik va ijtimoiyomillarning ta‟siri o„rtasidagi munosabatni
belgilashga oid munozara ko„pdan buyon davom etmoqda.
Insonning shaxs sifatida rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta‟siri kuchli
bo„ladimi? Yoki tabiiy omillar etakchi o„rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta‟siri
yuqoridir? Ular o„rtasidagi o„zaro munosabati qanday?
Fanda biologik yo„nalish deb nomlangan nuqtai nazar etakchi o„rinlardan
birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori
qo„yadi. Ular tug„ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o„rnini
belgilab bergan, deydilar.
10
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa
shaxs
rivojlanishidagi
naslning
roliga
katta
baho
berib, ijtimoiy
muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.
Horij psixologiyasidagi yana bir ohim – biheviorizm XX asr boshlarida
yuzaga kelgan bo„lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga
o„tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta‟limot vakili amerikalik olim
E.Torndaykdir.
Progmatizm oqimi
va uning vakillari D.D‟yul, A.Kombe ham
shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni fahat
miqdoriy o„zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib,
uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.
Demak, bir guruh horijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga
bog„laydilar.
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil omil
bilan
belgilaydilar.
Bu
oqim
vakillari
bola
shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog„liq deb
ko„rsatadilar.
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta‟sir tushuniladi.
SHu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o„zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga
moslashtirish mumkin, degan hulosa kelib chiqadi.
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak,
odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo„lib
kamolga etishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit),
shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga
ega. Bu omillarning ta‟sirini aniqlashda ilg„or pedagogik olimlar, psixolog va
faylasuflar ta‟limotiga suyaniladi.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog„liq bo„lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab
voqelik deb qaraladi. Ular individning ma‟naviy boyligi uning munosabatlariga
bog„liq, deb hisoblaydilar.
11
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga etadi.
Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o„z navbatida inson faolligini
namoyon etadi. Zero, shaxs ma‟lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs
kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro„yobga chiqarishi yoki yo„q qilishi
mumkin.
Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo„lagi deb baholaydilar. Bu insondagi
layoqat kurtaklari bo„lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g„oyani
ifodalaydi.
Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi.
Demak, shaxs bilan jamiyat o„rtasida ham uzviy aloqa mavjud.
Shunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit,
inson o„rtasidagi murakkab aloqa ta‟siri ostida ro„y beradi, inson ularga faol ta‟sir
etadi va shu yo„l bilan hayoti va o„z tabiatini o„zgartiradi.
Shaxsga ijtimoiy muhitning ta‟siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali
amalga oshiriladi. Ya‟ni,
Birinchidan, tarbiya ta‟sirida muhit bera olmagan bilim, ma‟lumot egallanadi,
mehnat va tehnik faoliyat bilan bog„liq ko„nikma va malakalar hosil bo„ladi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug„ma kamchiliklar ham o„zgartirilib, shaxs
kamolga etadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta‟sirini ham yo„qotish
mumkin.
To„rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta‟sir etadi, bu tarbiya doimiy va
uzluksizdir.
Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham etakchi o„ringa ega
bo„lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta‟sirida har
tomonlama rivojlanishga qodir, degan hulosani chiqarish mumkin.
Shaxs rivojlanishida faoliyatnig o„rni. Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit,
tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo„ladi.
12
Faoliyat o„zi nima? Faoliyat shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni
maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning
muayyan shakli, ko„rinishi. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil
etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko„ra belgilanadi.
Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda
rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to„g„ri
tashkil etish lozim. Lekin ko„p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun
imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish
faoliyatlari cheklangan bo„ladi.
O„smir va o„spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o„yin, o„qish va mehnat
kiradi. Ular yo„nalishiga ko„ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, tehnik,
hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqishga ko„ra tanlangan sohalardan iborat.
Faoliyatning asosiy turi – muloqotdir.
Faoliyat faol va passiv bo„lishi mumkin. O„smir faoliyati muhit va tarbiya
ta‟sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning
butun vujudi bilan sevib, o„z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o„zini
shaxs sifatida ko„rsata olishi unda o„z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning
ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko„zga tashlanadi.
Ta‟lim jarayonida faollik o„quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam
egallashga, o„z qobiliyatini namoyon etishga yo„llaydi. Bilishga bo„lgan faollik
o„quvchining intellektual rivojlanishini ta‟minlaydi.
Faollik ko„rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi.
Ehtiyojlarning hilma-hilligi faoliyatining ham turlarini kengaytiradi. SHunga ko„ra,
o„quvchining turli yosh davrlarida ularning faoliyati turlicha bo„ladi. Ta‟lim
muassasasida hamma vaqt bir hil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija
beravermaydi. Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o„zgarib
turishi kerak.
Insonning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir.
Chunki har bir inson o„z mehnati, g„ayrati, intilishi bilangina faollashadi.
O„qituvchi qanchalik yaxshi o„qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining
13
o„zi
harakat
qilmasa,
rivojlanish
muvaffaqiyatli
kechmaydi.
Zero,
barcha ma‟naviy-ahlohiy kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o„z
faoliyatini to„g„ri yo„lga qo„ymaganligidadir.
Shuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir. Demak,
shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini
shakllantirish – uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali faoliyatini
rivojlantirish muhim sanaladi.
Rivojlanishning yosh va o„ziga hos xususiyatlari. Muayyan bir yosh davriga
hos bo„lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh
xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta‟lim
va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta‟siri kuchli
bo„ladi.
Bolalarning tarbiyasiga to„g„ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o„qitish uchun
bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga hos xususiyatlarni bilish va uni
hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o„sishi ham, rivojlanishi ham,
psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo„ladi. Abu Ali Ibn Sino,
YAn Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani
tarbiyalash zarurligini uqtirib o„tganlar.
Bolaning o„ziga hos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir hil
yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo„lishi mumkin.
Masalan, ko„rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi,
hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg„ayrat yoki g„ayratsizligi,
yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig„inchoqligi yoki
ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta‟siri bo„lib,
o„qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning individual – o„ziga hos xususiyatini bilish uchun temperamentning
umumiy tiplari va bolaning o„ziga hos xususiyatini o„rganish metodikasini bilish
muhim. Temperament (lot. «temperamentum» «qismlarning bir-biriga
munosabati» ma‟nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari
majmuidir.
14
Shuningdek, turli yosh davrlarining o„ziga hos rivojlanish qonuniyatlari ham
mavjud. Masalan, 5-sinf o„quvchilari bilan 10-sinf o„quvchisini tenglashtirib
bo„lmaydi. SHuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi
davrlarga bo„linadi:
1. Go„daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha
bo„lgan davr.
2. Bog„chagacha bo„lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3. Maktabgacha ta‟lim yoshi – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4. Kichik maktab yoshidagi o„quvchilar –7-11-12 yoshgacha.
5. O„rta maktab yoshidagi o„quvchilar (o„smirlar) 14-15 yosh.
6. Katta yoshdagi maktab o„quvchilari (o„spirinlar) – 16-18 yosh.
Kichik maktab yoshida o„yin faoliyatining o„rnini endi o„qish faoliyati
egallaydi. Bu juda qiyin o„tish davri bo„lib, bolaning bo„yi, og„irligi jihatdan uning
tashqi ko„rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi.
Muskullari tez o„sishi tufayli serharakat bo„ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.
Jismoniy o„sishiga hos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab
etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o„rganishga qiziquvchan bo„ladi.
Bolalar qiziqishini qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr va tomosha va
ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur yosh davri o„quvchilariga emotsionallik
hos, ularning fikrlashi obrazli bo„ladi, his-tuyg„ulari mazmuni o„zgaradi. Ular
odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar.
O„rta
maktab
yoshi (o„smirlik
12-15
yosh).
O„smirlikning
murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologikxususiyatdagi kuchli o„zgarishlar
bilan bog„liqdir. Bolaning o„sishi tezlashadi. Bu davrni o„tish davri ham deyiladi.
Bu davrda jinsiy etilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe‟l-atvoriga ta‟sir etadi.
O„smir hayotida mehnat, o„yin, sport va jamoat ishlari katta rol o„ynaydi.
Ba‟zilarining o„zlashtirishi pasayadi, intizomi bo„shashadi.
Hozirgi davr o„smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko„zga tashlanadi:
1. Intellektual rivojlanish – tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori
saviyada tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to„garaklar,
15
studiya, sektsiya, turli tadbirlar o„tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob
o„qishga qiziqishi ortadi.
2. O„z-o„zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o„zini boshqalar
bilan solishtira boshlaydi.
Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda o„smir harakterida murakkab qarama-
qarshiliklar ham mavjud bo„ladi. Bu o„smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar – yosh
xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi.
Lekin o„smirlarnig hammasida ham bilishga qiziqish darajasi yuqori emas. 38
foiz o„smir hech qaysi o„quv fanlarini o„qishga qiziqmaydi. Boshqalarining uchta
yoki ikkita o„quv fani, aksariyat holatlarda esa bitta o„quv faniga qiziqishi
aniqlangan. Kichik yoshdagi o„smirlar qiziqishi o„qituviga bog„liq. Lekin ularning
qiziqishlari, shuningdek, kitob o„qishlari ham barqaror emas.
Turli to„garaklarga 21 foiz o„smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa
bilan shug„ullanadi. 40 foiz o„quvchida sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham
barqarorlik yo„q.
Eng muhim qiziqish – teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 88 foiz
o„smir tomosha qiladi.
Ular oddiy kunni o„z ihtiyorlari bilan qanday o„tkazadilar, degan savolga
javob topish uchun o„tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd etdi: 85 foiz
o„smir vaqtini o„z holicha o„tkazadi, 70 foizi kino yoki televizor ko„radi, 50 foizi
sport bilan shug„ullanadi, 45 foizi uhlab yoki yotib dam oladi. Shuningdek, yomon
baho olmaslik uchun maktabga bordigan o„smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi.
O„smirlarda biror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi. Ular
tomonidan ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga ta‟sir
etadi. Shuning uchun maktab hayoti “qiyin” vazifalarga to„liq bo„ladi.
Bu yoshda o„smirlar kattalar oldida o„zining erkinligini namoyish etishga
harakat qiladi. O„z-o„zini tarbiyalashga bo„lgan talab o„sadi. “Dangasa”, “qo„pol”,
“bee‟tibor”, “qobiliyatsiz” degan kattalarning baholarini ular og„rinib qabul
qiladilar.
16
O„smir yoshida o„g„il va qiz bolalar o„rtasida farq kuchayadi. VII sinfdan
intellektual malakalar pasayadi. Shuning uchun bu davrda bolalar rivojlanishiga
katta e‟tibor berish lozim.
O„z-o„zini tarbiyalash natijasida o„g„il bolalar kuchli, erkin, e‟tiborli, jasur;
qizlar esa – o„ta ko„nikuvchan, kamtar va jiddiy bo„la boshlaydilar.
Shuning uchun o„smirga o„z vaqtini rejalashtirishda yordam berish zarur. 13-
14 yoshgacha o„smirda burch hissi, mas‟uliyatni his etish, vazminlik paydo bo„la
boshlaydi. Muhimi, o„smir shaxsini hurmat hilish, kamsitmaslik, katta bo„lib
qolganligini tan olish zarur.
Katta maktab yoshi – kollej, litsey o„quvchilari (o„spirinlik davri 15-18 yosh).
Bu davr o„spirinlarning ilk balog„atga etgan davridir. Mazkur davrda jinsiy etilish
tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O„spirin yoshlar hayotga kelajak
nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish
kuchaya boradi. his-tuyg„ularida ham o„zgarish yuz beradi. O„z-o„zlarini
tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda
ular o„rtasida munozaralar o„tkazish yaxshi natija beradi. O„spirinlar o„z guruhiga
intiladi. Shuning uchun ham o„spirinning barcha intilishlari ma‟lum maqsadga
yo„naltirilgan bo„lishi zarur. Ularda o„quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj
kuchaya boradi.
O„spirinlik bu ahliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o„z
fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta
boshlaydilar. Shunda o„qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g„o„r fikrlari va
dunyoqarashlarini to„g„ri yo„naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o„z-o„zini
anglash, ma‟naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi.
Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o„zini tutishi, odamlar
bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo„ladi. O„zini kattalardek his etish,
o„ziga hosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o„ziga qaratishga harakat
qiladi. Axloqiy muammolarni o„z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi.
Hayot mohiyati, baht, burch, shaxs erkinligini o„z qiziqishlari bilan o„lchaydilar.
17
SHu bois ularga katta yoshlilarning beg„araz, to„g„ri yo„nalish berishlari o„ta
muhim.
Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning
jamoadagi mavqei, jamoa shaxslari bilan muomala-muloqoti muhimdir.
Albatta, bu borada ta‟lim muassasasida faoliyat ko„rsatayotgan yoshlar
ijtimoiy harakati ta‟siri katta ahamiyatga ega. Chunki o„spirin-yoshlar mustahil
hayot ostonasida bo„lib, ularning bu hayotga to„g„ri qadam qo„yishi uning
jamiyatning faol fuqarosi bo„lishining muhim shartidir.
Bolada kanday shaxsiy sifatlarning tarkib topishi kup jixatdan uning
atrofdagilar bilan bulgan uzaro munosabati xaraktеriga boglikdir.
Nеofrеydistlar (Frеydning davomchilari) bolalarning kattalarga bulgan
munosabati shakllanishida onaning urni xal kiluvchi axamiyatga еga dеb
xisoblaydilar. Ularning fikricha bunga sabab shundaki, ona bolaning „orol
extiyoji‟ni kondiradi. Birok nеga bulmasa onasidan ayrilib kolgan bolalarningn
xam jismoniy va psixik jixatdan normal rivojlanishi xolatlari uchraydi bolaning uni
oziklantirmagan u bilan fakatgina uynagan yoki mulokatga kirishgan kattalarga
kattik boglanib kolishini nеofrеydisk pozitsiyadan turib kanday kilib tushuntirish
mumkin? Biologik omilning rolini nutklashtiruvchi psixoanalitik yondashuv ushbu
savollarga javob bеraolmaydi.
„Impirinting‟ - kayd kilish nazariyasining tarafdorlari xam atrofdagilarga
bulgan munosabatining shakllanishida ilk tajriba muxim birinchi darajali
axamiyatga ega, dеb xisoblaydilar. „Impirting‟ gipotеzasiga muvofik ilk bolalik
davridagi bolalarda ular bilan doimiy mulokotda buluvchi kishining xususiyatlari
– tashki kiyofasi ,ovozi , kiyimi xidi kayd etib kolinadi.
M.I.Lisina boshchiligidagi ekspеrimеntal tadkikotlar shuni kursatadiki
,inson extiyojining dastlabki еtti yili davomida bolalar va kattalar urtasidagi
mulokotning bir nеcha shakli kеtma kеt paydo buladi xamda bir-birining urnini
almashtiradi.
18
Bilish mulokotida bola kattalar bilan atrof olamdagi narsa va xodisalarni
muxokama kiladi.Bunda bola biror bir narsa xakida aytib bеrishi ,savollar bilan
murojaat kilishi ,kattalardan biror narsa aytib bеrishlarini iltimos kilishi mumkin.
M.I.Lisinaning fikricha ,aynan shu narsalar bolaning ijtimoiy extiyojlari
tarkibida markaziy urinni egallaydi.
Oila bolani urab turgan muxitning eng muxim buginidir.Uning bola shaxsi
shakllanishiga kursatadigan ta‟siri bеnixoya kattadir.Bolaning mustakilligi nisbiy
bulib U,u kup jixatdan kattalar karamogi va yordamiga muxtoj buladi.
Psixiatrlarning ta‟kidlashicha bolani xaddan tashkari kattik kullik bilan
tarbiyalash unda nеvrozlarni va psixozstеniyani kеltirib chikaruvchi omillaridan
biridir.Bolalarga oilaviy ta‟sir etishning „dеmokratik‟ shakli uchun kuyidagilar xos
Bolaga kup narsaga ruxsat bеriladi,bolabilan kup kontakt kilinadi.,unga
ishonch va xurmat bilan munosabatda bulinadi,ota onalar bular bulmas takiblarini
kuymaslikka xarakat kiladilar, buning urniga ular bolalarga oiladagi tartib
koidalarni tushuntirishga intiladilar,iloji boricha bolalarining savollariga javob
bеrishiga,ularning kizikuvchanligiga xarakat kiladilar.
Shu narsa aniklanganki , „avtoritar‟ va „dеmokratik‟ oilalarda tarbiyalanuvchi
bolalarning shaxsiy xususiyatlarida muayyan fark mavjud buladi.‟dеmokratik‟
oilalarning farzandlari ijodkorlikka moil ,tashabbuskor ,lidеrlikka intiluvchan
,konformizmni (gurux fikriga tobе bulishni) inkor etuvchi ijtimoiy
munosabatlarida kuprok emotsiyalarni xis etuvchi buladilar.
Sotsiomеtrik tajribalardan ma‟lum bulishicha oiladagi muxit ilik,ota-ona va
bola urtasidagi munosabatlar dеmokratik asosda kurilgan bulsa bola uz
tеgdoshlarining orasida jamoada yukori mavkеyga aksincha nosoglom oilada
tarbiyalanayotgan bolalar ancha past mavkеga ega buladilar.
Oiladagi psixologik iklim ,ya‟ni bolalar bilan bulgan mulokot xaraktеri ,
ularga mеxr muxabbat bilan,dikkat e‟tibor bilan munosabatda bulishi usib
kеlayotgan inson axloki kiyofasiningshakllanishida uta muxim rol uynaydi.
19
Bogcha yoshidagi bolalarning oila a‟zolariga bulgan munosabatlari ugil va
kiz bolalarda farklanadi .Masalan, ugil bolalar kizlarga nisbatan kuprok uz
jinsidagi oila a‟zolari otasi aksi,bobosiga uzini yakin tutadi.
Bolaning psixik rivojlanishida uning boshka bolalar bilan buladigan
mulokati muxim axamiyatga egadir.
4-5 yoshli bola uchun eng ogir ja‟zo bu uni uz tеngdoshlari bilan mulokotda
bulish dan maxrum etishdir.
Bolalar guruxiga tushib kolgan davrdan boshlab bolaning individual
rivojlanishini uning „bolalar jamiyati‟a‟zolari bilan bulgan munosabatlarini
xisobga olmay kurib chikish va urganish mumkin emas.
Ya.L.Kolomеnskiy bogcha yoshidagi bolalar guruxini odamlar ijtimoiy
birligining ilk pogonasi ,kurtagi dеb xisoblaydi.Bolalar uz tеngdoshlari jamoasiga
intiladilar Shuning uchun bogcha yoshidagi bolalarning uzaro munosabatlariga
ijobiy bulishi lozim .Kup bolali oilalarda utkazilgan tadkikotlar shuni kursatadiki ,
bola shaxsining rivojlanishiga aka ukalari ,opa singillari xam kuchli ta‟sir
kursatadi.Aka-ukalar opa-singillar bolaga eng yakin bulgan mikromuxit tarkibiga
kirib unda markaziy urinni egallaydi Dеmak bogcha yoshidagi bolalarning boshka
bolalar bilan bulgan ancha murakkab va xilma-xil munosabat turlari shakllanadi
va ana shu munosabatlar ma‟lum mikdorda uningshaxs shakllanishini bеlgilab
bеradi.
Kattalarning bogcha yoshidagi bola shaxsi shakllanishiga kursatadigan
ta‟siri bolaning boshka faoliyat :rasm chizish,turlinarsalar yasashi,aplikatsiyalar
tayyorlashi,ukuv vazifalarini bajarishi vaktida xam amalga oshiriladi.Ushbu
faoliyatlarni bajarishi davrida bolalarda kattalar va tеngdoshlari tomonidan ijobiy
baxoga sazovor buladigan narsani yaratishga yunalganlik karor topadi,ijtimoiy
yunalganlik shakllanib boradi,bilish motivlari,irodaviy va boshka shaxsiy
xususiyatlari tarkib boradi.
Insonnigt psixik rivojlanishi, uning shaxs sifatida shakllanishi uzini-uzi
anglashining ya‟ni uzini jismoniy, ma‟naviy xamda jismoniy mavjudot sifatida
anglashning karor topishi bilan boglik.
20
Dastlab bola uzini faoliyat sub‟еkti sifatida anglamaydi. „Doniyor
sakrayapti‟, „sеvinch uxlamokchi‟, - dеb aytishadi ilk bolalik yoshidagi bolalar uzi
xakida.
Shaxs shakllanishining dastlabki boskichlarida, ya‟ni ilk bolalik davrining
oxiri va bogcha yoshining boshidagi uziga-uzi baxo bеrishning gеnеzisida (yuzaga
kеlishida) bolaning kattalar bilan bulgan mulokoti xal kiluvchi axamiyatga ega
buladi.
Bogcha yoshidagi bola shaxsining rivojlanishida ancha sеzilarli bulgan
uzgarish uzga kishining tashki xususiyatlarini baxolashdan shaxsiy xususiyatlarini
baxolashga utishida ifodalanadi.
Bogcha yosh davrida uziga uzi baxo bеrish emotsional xaraktеrga ega buladi.
Bolaning boshkalarga bеradigan baxosi xam shunday xususiyatga ega buladi. Bola
uni urab turgan kattalardan kaysi biriga ishonch xis etsa, mеxri tovlansa usha
kishiga ijobiy baxo bеradi.
Aniklanishicha bolaning guruxda egallagan mavkеi uning uziga-uzi
bеradigan baxosiga ta‟sir etadi. Bogcha yoshidagi bolaning uziga-uzi bеradigan
baxosida unda rivojlanib borayotgan gurux va uyat tuygulari xam aks etadi. Uzini-
uzi anglashining rivojlanishi bolaning bilish va motivatsion soxalari shakllanishi
bilan uzviy boglik buladi. Bogcha yosh davrida motivatsion soxada aynan shu
davrga xos motivlar paydo buladi. Bular orasida bolaning kattalar olamiga bulgan
kizikish bilan, ularga uxshashga xarakat bilan boglik motivlar xam mavjud buladi.
Maxsus tadkikotlar (L.Z.Nеvеrovich va b.)ning kursatishicha oz tabiyatiga
kura ijtimoiy bulgan motivlar bogcha yoshidayok ancha katta, xato, shaxsiy
manfaat va faoliyatining tashki, protsеsual tomonlariga kizikish kabi motivlardan
xam kattarok undovchi kuchga ega bulishi mumkin. Birok tabiatdan va mazmunan
ijtimoiy bulgan motivlar spontan ravishda yuzaga kеlmay, balki kattalarning
tarbiyalovchi ta‟siri ostida shakllanadi.
Motivlar iеraxiyasidagi motivlarning bir-biriga uzaro tobе bulib
boglanganligi tufayli bola muxim, lеkin ancha zеrikarli vazifani bajarish uchun
Ayni damda unga kizikarli bulib kuringan maxsulotdan vos kеchishi mumkin.
21
Bogcha yoshidayok ba‟zi bolalar xulk-atvorida yaratuvchanlik, ayrim
bolalarda esa buzgunchilikka, istе‟molchilikka bulgan mayillar Еrkin namoyish
buladi. Tarbiyachi va ota-onalar bunday mayillarni tеz paykab olishi lozim. Chunki
bu salbiy xususiyatlarning uz vaktida korrеktsiya kilish, ijtimoiy jixatdan
kadrlanadigan еxtiyoj va motivlarni shakllantirish, xpr bir bola ichun uz-uzini
namoyon etishga sharoit yaratish imkoniyatini bеradi.
Bola faoliyati, atrof olamni va uzini bilishi, kattalar va tеngdoshlar bilan
bulgan munosabat jarayonida xilma-xil emotsiyalar xamda xissiyotlarni uzidan
utkazadi.
Emotsiya va xissiyotlarning ontogеnеzdagi rivoji muayyan uz konunlariga
ega:
Dastlab, ontogеnеzda oddiy kеchinmalarni ifadalovchi emotsiyalar paydo
buladi. Vu kеchinmalar tabiiy extiyojlarning kondirilishiga boglik ravishda
vujudga kеladi. (kondirilsa- ijobiy, kondirilmasa- salbiy emotsiyalar vujudga
kеladi). Bunday emotsiyalar xayvonlarda xam mavjud. Birok boladagi eng oddiy
emotsiyalardan xayvonlardagi eng oddiy emotsiyalardan farklash kеrak. Chunki
emotsiyalarning namoyon bulish shakli insonda sotsial xaraktеrga ega. 2 yoshdan
boshlab bola uchun bolalarning shodlik, xursandchilik, umuman ijobiy
emotsiyalarni ifodalovchi rеaktsiyalarni eng informativ (kup axborot bеradigan)
bulib xisoblanadi. Shubxasiz, ijobiy emotsiyalar maktabgacha yoshdagi bolaning
psixik va jismoniy tarakkiyotiga ijobiy ta‟sir kursatadi.
Emotsiyalarning rivojlanishi ularning diffеrеntsiyasi, kеchinmalarning boyib
borishi singari ruy bеradi. Maktabgacha yoshdagi bolada salbiy kеchinmalar
kurkuv, jaxl, jirkanish, ijobiy kеchinmalar shodlik, bola mеxrining atrofdagilarga
tovlanib kеtishi, ota-onasiga kalban, yakinlashishi kurinishlarida namoyon bulishi
mumkin.
Bolalar xissiyotlarini rivojlanishi muayyan ob‟еktga yunaltirilgan
emotsiyalarning umumlashasha sifatida ruy bеradi.
22
Maktabgacha yoshdagi bolalar emotsional soxasining rivojlanishi davomida
emotsional kеchinmalarni uygotuvchi ob‟еktdan sub‟еktdan munosabat ajralib
boradi.
Maktabgacha yoshdagi emotsional va xissiyotlarning dinamik va mazmuniy
tomonlari rivoj topadi.
Bola emotsiyalarining rivojlanishi muayyan ijtimoiy vaziyatlar bilan boglik.
Bolaning vaziyatini tushunish, vaziyatni va undagi uzgarishlarni boshidan
kеchirishi muayyan emotsional xolatni xosil kiladi.
Bolalardagi uzgarish tormozlanishdan ustun kеlishi mumkin. Bola ijobiy
emotsiyalarning jushkin ifodalanishi tormozlay olmasligi tufayli karama-karshi
emotsiyalar paydo bulishi mumkin. Masalan, jushkin xursandchilik, kupincha yigi
va kuz yosh bilan tugaydi.
Maktabgacha yoshda bola faoliyatining vakt strukturasi emotsiyalarning
tutgan urni asta-sеkin uzgarib boradi: dastlabki boskichlarda kеchinmalar
erishilgan natijada kuyidagidan emotsional baxo sifatida yuzaga kеlsa, kеchki
boskichlarda – xarakatlarni bajarguncha oldindan emotsional sеzish shaklda
vujudga kеladi.
Bolada oliy (axlokiy xissiyotlar, bilish xissiyotlar shakllanish uchun unda
yaxshilik va yomonlik guzallik va xunuklik xakida tushuncha xamda bilish extiyoji
shakllangan bulishi lozim. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun oliy
xissiyotlarning kushilib kеtganligi xos. Oliy xissiyotlarga intеlеktual estеtik va
axlokiy xissiyotlar kiradi.
Bilish faoliyati jarayonida yuzaga chikadigan xissiyotlar intеlеktual xodisalar
dеyiladi. Bularga kizikuvchanlik, xayron bulish, yangilikdan zavklanish xissi va
xushchakchaklik xissi kiradi. Xushchakchaklik xissi maktabgacha yoshdagi
bolalarda vokеalikni bilish jarayonida namoyon buladi. Atrof olam xakida tugri
tasavvurlarga ega bulgan bolalar prеdmеtlarga ular uchun xos bulmagan bеlgilarni
ato etishni yaxshi kuradi.
Bolalar irodasini rivojlantirib borish ularni maktabga tayyorlash shartlaridan
biridir. Maktabdagi ukish jarayoni dastavval bolalardan irodaviy (ixtiyoriy)
23
xarakatlarni va iroda sifatlarining anchagina rivojlangan bulishini talab kiladi.
Bogcha yoshidagi davrda bolalarning malaka va odatlari xam rivojlanib boradi.
Dastavval ilk yoshdagi bolalarda (chakaloklarda) malaka xam, odat xam bulmaydi.
Malaka va odatlar odamning individual xayoti davomida, turmush tajribasining
ortishi bilan tarkib topib boradi. Katta yoshdagi bogcha bolalarida bogchada
utkaziladigan sistеmali mashgulotlar davomida ayrim ta‟lim ishlari, ya‟ni ukish
jarayoni bilan boglik bulgan malakalar tarkib topadi. Umuman, malaka va
odatlarning inson xayotidagi roli bagoyat katta. Buni biz maktabga bogchadan va
tuppa-tugri uydan kеlgan bolalarning tarakkiyt darajalari urtasidagi farkdan yakkol
kurishimiz mumkin.
Amaliy faoliyatli kobiliyatlar inson xayotida katta axamiyatga ega. Ular
orasida tashkilotchilik asosiy rol uynaydi. Ularni ilk bolalik davrining sungida
kuzatishimiz mumkin. Tashkilotchilar kobiliyatining paydo bulishi mulokatchanlik
va guruxdagi faoliyatining rivojlanishi bilan uzviy boglik. Konstruktiv amaliy
kobiliyatlar bogcha yosh davrida yaxshi rivojlanadi. Bolalar uzaro rеjalashtirish va
xarakatlari jarayonida maslaxatlashishni, tashabbus bildirishni, uz takliflarini
inobatga olishini, yon bosishni, bir-biriga yordam bеrishini, umumiy yutukdan
zavklanishni urganadilar. Ijobiy konstruktorlash ayniksa, bogcha yosh davrining
oxiriga borib yorkin namoyon buladi, ulardan uz faoliyatini mustakil rеjalashtirish,
ijodkorlikka moyillik kabilar.
Shaxsning
ijtimoyilashuvi. Shaxs
ijtimoiy
munosabatlar
jarayonida
shakllanadi. Chunki ta‟lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan
bog„liq bo„lgan holat va hodisalar o„rgatiladi. Bu jarayonda o„quvchi jamiyatga
«kirishadi» va u bilan o„zaro munosabatda bo„ladi. Ular ma‟lum ijtimoiy tajriba
(bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko„rsatma) orttiradilar, ya‟ni, ijtimoiylashadilar.
24
XULOSA
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Chunki har qanday
jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallr, axloqiy
me‟yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni
qabul qilib, o„rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a‟zosi bo„lish imkoniyatiga
ega bo„ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq
ta‟sir etadi. Bu ta‟sir ta‟lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan,
shaxsning shakllanishiga turli g„oyalar, ijtimoiy muhit ta‟sir ko„rsatadi.
Odamlar ijtimiy me‟yorlar va axloqiy qoidalar bilan munosabatga kirishadilar
va uni o„rganadilar.
Ijtimoiylashuv jarayoni ichki qarama-qarshiliklarga ega. Ijtimoiylashgan
inson jamiyat talablariga mos kelishi, unga «kirishib» ketishi, jamiyat
rivojlanishidagi salbiy jihatlarga, shaxsning individual rivojlanishiga to„sqinlik
qiluvchi hayotiy holatlarga qarshi turishi kerak. Lekin hayotda ba‟zan aksi ham
bo„ladi: to„liq ijtimoiylashgan, jamiyatga kirishib ketadigan, ammo muhitda ba‟zi
salbiy holatlarga qarshi kurashishda faollik ko„rsatmaydigan odamlar ham mavjud.
Bu holat ko„p jihatdan butun jamiyat, tarbiya muassasalari, o„qituvchilar
hamda ota-onalarga ham taalluqli. Tarbiyada qarama-qarshilik insonparvarlik
g„oyasi yordamidagina bartaraf etilishi mumkin.
Zero, O„zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da
ham ta‟kidlab o„tilganidek, uzluksiz ta‟limni tashkil etish, rivojlantirish hamda
ta‟limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta‟lim oluvchilarda
estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma‟naviyat, madaniyat va
ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |