2
BOLA RIVOJLANISHIDA IJTIMOIY OMILLAR
Reja:
Kirish
1.Bola rivojlanishi haqida tushuncha
2.Shaxning rivojlanishi va unga ta`sir ko`rsatuvchi faktorlar
3. Bola ijtimoiylashuvida sotsiumning o`rni
4.Makro, mikro, mezzo - faktorlar bola ijtimoiylashuviga
ta`siri
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
3
KIRISH
Ijtimoiy pedagogika fani bundan 200 ming yil oldin ham mavjud bo„lgan.
Faqat unda bu fan pedagogikaning tarkibida bo„lgan. Pedagogik sotsiologiya
fanniing ilk ko„rtaklari Yevropa va Osiyoda yozilgan. Bu fan asosan 820-829
yillardan boshlab rivojlangan, albatta fan bo„lib emas. xozirda ped.sotsiologiya fan
sifatida kiritilgan. Pedagogik sotsiologiya sotsiologiya fanining tarmogi sifatida.
Har bir fan aniq bir haqiqatdan “o„sib chikadi”, uning aksini ifodalaydi. Ilmiy
bilimlar amaliy faoliyatidan uzilgan xolda rivojlana olmaydi. Aynan amaliyot
istalgan fanning manbayi hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha amaliy faoliyat
ham agar ilm fan yutuqlariga asoslangan bo„lsa yanada samarali bo„ladi. Ijtimoiy
pedagogikaning fan sifatida ham, amaliy faoliyat muhiti sifatida ham farqlaydilar,
aslida ular bir-biri bilan o„zaro bog„liq. Amaliy faoliyat - bu ijtimoiy
pedagogikaning aniq bir bola yoki bolalar guruhi bilan olib boradigan ishidir.
Ijtimoiy–pedagogik ish O„zbekistonda davlat va jamoat tashqilotlari
faoliyatida alohida o„rinni egallaydi. «Milliy g„oya–bizning g„oya», «Istikbolimiz–
istiqlolimiz», «Tafakkurimizni o„zgartirgan o„n yil» mavzularidagi tadbirlar bunga
misol bo„la oladi. Jamoat tashqilotlari, madaniyat, maorif, san‟at muassasalari
faoliyatiga tegishli bo„lgan ma‟naviy –ma‟rifiy shakldagi ishlar ham shular
jumlasiga kiradi. Ularning faoliyati targ„ibot va tashqilot ishlarining ko„lamini
kengaytiradi,o„sayotgan avlod tarbiyasida yangi imkoniyatlar ochadi. Ma‟naviy
muassasalar yana bir muhim vazifa bajaradi. Gap odamlarning jamoa bo„lib
ma‟naviy hayot kechirishni tashqil etish ustida bormokda. Bu vazifa inson va
jamiyatning bilish extiyojini kondirish, ularning faoliyatida uchraydigan
hodisalarni, mehnatini, turmushini, bo„sh vaqtini chukur mushoxada qilish bilan
uzviy bog„liqdir.
4
Bola rivojlanishi haqida tushuncha
Inson rivojlanishi – juda murakkab jarayon. U tashqi ta‟sirlar hamda ichki
kuchlar ta‟sirida sodir bo‟ladi. Tashqi omillarga insonni o‟rab turgan tabiiy va
ijtimoiy muhit, shuningdеk bolalarda muayyan xislatlarni shakllantirish bo‟yicha
maqsadga yo‟naltirilgan faoliyat kiradi. Ichki omillarga esa biologik, irsiy omillar
kiradi.
Rivojlanish jarayonida bola faoliyatning har xil turlariga jalb qilinadi (o‟yin,
mеhnat, o‟quv, sport va b) va muloqotga kiradi (ota-ona, tеngdoshlar, bеgona
kishilar va b. bilan). Bunda u o‟ziga xos bo‟lgan faollikni namoyon etadi. Bu
muayyan bir ijtimoiy tajribani egallashga yordam bеradi.
Bola rivojlanishining har bir davri uchun faoliyat turlaridan biri asosiysi,
еtakchisi bo‟ladi. Bir tur boshqasi bilan almashtiriladi, biroq har bir faoliyatning
yangi turi oldingisining ichida yuzaga kеladi.
Bola tug‟ilishidan boshlab normal rivojlanishi uchun muloqot muhim
ahamiyatga ega. Faqatgina muloqot jarayonida bola inson nutqini o‟zlashtirib
olishi mumkin. Bu o‟z navbatida bola faoliyatida va atrof-muhitni bili shva
o‟zlashtirishda еtakchi vazifani bajaradi.
Shaxs rivojlanishi harakatlantiruvchi kuchlari bo‟lib bola ehtiyoji va uni
qoniqtirish imkoniyati o‟rtasida yuzaga kеladigan qarama-qarshiliklar hisoblanadi.
Insondagi biologik va ijtimoiy omillar – bu bir-biriga bog‟liq bo‟lmagan
ikki parallеl chiziqlar emas. Har bir shaxsda ular shunday chambarchas qo‟shilib
kеtadiki, ularning farqlari shunday turli-tumanki, tadqiqotchilar bola rivojlanishi
asosida ikki o‟ta muhim bo‟lgan omilni irsiyat va muhitni ajratadi. Ular (irsiyat va
muhit) inson rivojlanishi manbalari va shartlari hisoblanadi.