Bola shaxsi rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar



Download 140,5 Kb.
bet3/7
Sana31.12.2021
Hajmi140,5 Kb.
#272002
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bola shaxsiga ta'sir etuvchi omillar

Kurs ishi tarkibi: kirish, ikki bob, to’rt fasl, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar, ilovadan iborat.
I-BOB. SHAXSNING RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI

OMILLAR TO’G’RISIDAGI QARASHLAR TAHLILIL

    1. Shaxsning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar xususida

sharq mutafakkirlarning qarashlari

Shaxs deganda muayyan jamiyatning aniq a'zosi tushuniladi. Inson bolasi shaxs bo`lmog`i uchun ruhiy jihatdan rivojlangan, o`z xususiyatlari va sifatlari bilan o`zgalardan farq qilmog`i, o`zini to`laqonli inson deb his qilmog`i, ya'ni o`zligini anglab yetmog`i shart.

Har bir odam shaxs sifatida o`zining xarakteri, qiziqishi va qobiliyati, aqliy rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji, e'tiqodi va mehnatga munosabati bilan boshqalardan farq qiladi. Bular shaxsning o`ziga xos xususiyatlari bo`lib, shu ruhiy xususiyatlar rivojlanib, yuqori darajaga ko`tarilsa, u mukammal, komil inson bo`ladi.

Odamning shaxs nomini olishi uchun unga ijtimoiy-iqtisodiy hayot va tarbiya kerak. Shaxsning rivojlanishda ta'lim, tarbiya, bola faolligi, o`z-o`zini tarbiyalash bosqichlari ham muhim o’rin tutadi.

Kurs ishi mazmunini to’liq ochishda sharq mutafakkirlarining bola rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar xususidagi fikrlarini tahlil qilishni maqsad qilib oldik.

Abu Nasr Al –Farg’oniy Sharq uyg’onish davrining buyuk mutafakkiri edi. U fanning boshqa sohalarida ijod qilishi bilan birgalikda ta’lim-tarbiya xususida ham o’zining ilmiy faoliyatida keng to’xtalib o’tadi. Uning fikricha, insonning boshqa mavjudoddan farqi aql bilan ahloqi, xulqu odobidir. Chunki axloq haqida fikr yuritish insonni, insoniylikni o’rganishdan iborat. Shu boisdan uning ilmiy faoliyatida axloqshunoslik muhim o’rin tutadi. Umuman Sharq uyg’onish davrining barcha mutafakkirlari ijodida, ularning gumanistik dunyoqarashi tizimida insoniylikni o’rganadigan axloq e’tiborga sazovor bo’lgan soha sifatida ajralib turganligini akademik M.Xayrullayev ko’p marta ta’kidlab o’tadi. Farobiy aql bilan axloq –odobni bir –biriga bog’liq ekanligini ko’rsatib, tafakkurga asoslangan axloq g’oyasini ilgari suradi.

Farobiyning uqtirishiga, insonning barcha qobiliyat va fazilatlari ikki tomonga ega. Birinchisi tug’ma, irsiy xislatlar bo’lsa, ikkinchisi, tajriba amaliyot sharoit ta’sirida tarkib topadigan xislatlardir. Shuningdek bola tarbiyasida bir –biri bilan bog’liq bo’lgan xislatlarni hisobga olish lozimligini ta’kidlaydi. Mutafakkirlarning bu qarashlari hozirgi zamon pedagogikasining muhim tamoyillaridan biri bo’lgan ijtimoiy va biologik tomonlarning o’zaro munosabatining birligi degan qoidaga juda mos keladi. Ana shu qoidaga suyangan holda farobiy o’zining odob –axloq haqidagi qarashlarini muayyan bir tizimga tushuradi.

Farzandlarni odobli –axloqli tarbiyalash masalasi Abu Bakir Muhammad ibn Al Abbos Al –Xorazimiy qarashlarida ham mavjud. Uning aytishicha “Ota –onalar ikki xil: tug’ilish otasi va ta’lim berish otasi: birinchisi jismoniy hayot sababli, ikkinchisi ruhiy hayot sababli” shunga ko’ra ularni uzviy birlikda olib qarash tarbiya ishida muhim ahamiyatga ega.

Uning quyidagi so’zlari ancha ibratlidir: “Zamondan yaxshiroq ta’lim muallimni, insondan yaxshiroq ta’lim oladigan o’quvchini ko’rmadim” uning bu so’zlaridan biri tomondan ijtimoiy muhitni bola tarbiyasi uchun hal qiluvchi ta’sirini anglasak, ikkinchi tomondan inson shaxsi ta’lim natijasida kamolotga erishib borishi mumkinligini sezamiz.

Abu Rayhon Beruniy “O’tmish avlodlaridan qolgan yodgorliklar” “Hindiston” “E’tiqodlar va dinlar haqida” kabi asarlarida bolalarni odob –axloq tarbiyasiga oid qimmatli fikrlarni yozadi.

Abu Rayhon Beruniy insonning axloqiy fazilatlarini insonning tabiati bilan bog’laydi. Beruniy tan va ruh masalasini pokligini ham o’rtaga tashlaydi. Oilada tozalik, poklik va tartiblik mavjud ekan u yerda ma’naviy poklik ham bo’ladi. Bu fikrni tanni toza tutish bilangina cheklab bo’lmaydi, balki ko’p harakat qilishga chaqiradi. Bu harakat mehnat qilishga chaqiradi.

Beruniy ota –onalarga qarata bolani mo’tadillikda saqlashni tavsiya etadi. Bunga asosan bolani qattiq g’azablanishdan, qo’rqish va hafalidan, uyqusizlikdan saqlash orqali erishilishini aytib, ularni xoxlagan va foydali narsasini topib berishga, sevmagan narsasidan uzoqlashtirishga harakat qiish kerakligini uqtiradi. Ota –oaning bolaga turli munosabati turlicha xulqlarni keltirib chiqaradi. Yaxshi xulqlarni paydo bo’lishi, bola ruhiyatiga ta’sir etibgina qolmasdan uning fiziologik o’sishiga ham yordam beradi. Yomon xulq turli mijoz buzilishlariga olib keladi. Ayniqsa bola organizmdagi o’zgarishlar uning ruhiyatidagi, xatti –harakatidagi o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Mutafakkir bola xulq –atvorining mo’tadilligi natijasida tan va ruh sog’lomligini kelib chiqishini ham ilmiy asoslab beradi.

Beruniy o’z zamonasida yoq Farobiy kabi bola tarbiyasida irsiyat, muhit va tarbiya ta’sirini birdek muhim ekanligini ta’kidlab o’tgan edi. Bunday qarashni hozirgi davr pedagogikasi fani ham to’la e’tirof etmoqda.

Beruniyning fikricha, insonparvarlikka asoslangan axloqiylik insonning eng oliy sifati bo’lishi kerak. Bu hislat odam bolasida birdaniga tarkib topmaydi. U kishilarning o’zaro muloqoti, ijtimoiy muhim- jamiyat tarqqiyoti jarayonida paydo bo’ladi. pedagogik fikr taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik tarzda ikki turga bo’lishlik Beruniyda ham axloqiylikni belgilaydigan asosiy mezon sifatida o’rganiladi.

Farzand tarbiyasi masalasi Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosida ham muhim o’rinni egallaydi. U o’zining qator asarlarida bolaning salomatligi, uning tarbiyasi haqida, eng muhimi bola ruhiyatini o’rganish borasida ko’plab qimmatbaho fikrlarni yozadi. Ularning hammasi bir butun bo’lib, muayyan pedagogik qarashlar tizimini tashkil etadi.

Ibn Sinoning “Ishorat”, “Donishnoma”, “Hayi ibn Yaqzon”, “Tib qonunlari”, “Tadbir ul –manozil” kabi asarlarida tarbiyaning barcha shakllariga oid qarashlar mavjud. Bu qarashlar yuz yillar davomida avlod ajdodlarimiz uchun bolalarni tarbiyalash maktabi bo’lib kelmoqda. Masalan uning “Tadbiri al –manozil” nomli asarida ona allasining tarbiyaviy ahamiyati haqida to’xtalib “Alla” ikki xil vazifani bajaradi, deydi. Birinchisi uni tebratish orqali bolaga jismoniy orom bag’ishlanadi: ikkinchisi beshikni bir maromda tebratishdan onaning mehri jo’sh uradi, bolasiga bo’lgan muhabbatdan onaning orzu –umidi yurak to’ridan siqib chiqadi. Bu o’ziga xos qo’shiq bolasiga qasidadek yangraydi va u farzandining murg’ak qalbiga singib boradi.

Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari nomli muxtasar asarida bolaga tug’ilmasdan turib g’amxo’rlik qilish uchun onaning salomatligi, jismoniy va ruhiy pokligi zarurligini ta’kidlab, shaxs saloamtligini saqlashni faoliyatning boshqa tomonlari bilan birga olib borish g’oyasini ilgari suradi. Ibn Sino bolani ma’naviy axloqiy tarbiyalashda mehnatning roliga alohida urg’u berib, ota –onalarni farzandlariga nisbatan kasb –hunar o’rgatishga chaqiradi. Mehnatni ulug’laydi. Mehnatsiz hayot kechirishning bolaga bo’lgan salbiy ta’sirini ko’rsatib beradi.

Ayniqsa, Ibn Sino aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiyaning birligi va ularni amalga oshirish yo’llari haqidagi fikrlarni bugungi kunda ham ijtimoiy ahamiyat, kasb etmoqda va ma’naviy qadriyat sifatida e’tiborga loyiqdir.

Sharqda keng tarqalgan pandnoma tarzida yozilgan mashhur asarlardan biri unsurum ma –oliy Kaykovusning “Qobusnoma”sidir. Bu asr falsafiy –didaktik asar bo’lib, shaxs shakllanishining barcha tomonlarini o’z ichiga oladi. Uning “Farzand parvarish qilmoq zikrida” degan bobi bevosita bola tarbiyasiga bag’ishlanadi. Kaykovus bola tarbiyasida talabchanlik bilan mehribonlikni birga olib borish lozimligini ta’kidlaydi. Kaykovusning “Qobusnoma” asari Sharq pedagogikasining durdonalaridan hisoblanadi. Uni qanchadan qancha avlodlarimiz qunt bilan o’qib o’rganganlar va farzandlariga o’rgatganlar. Bu asar bugungi kunda ham ahloqiy qadriyat sifatida yosh avlodni ma’naviy axloqiy ruhda tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Farzand tarbiyasi masalasi buyuk mutafakkir –Shoir Alisher Navoiy merosida ham munosib o’rinni egallaydi. U o’zining qator asarlarida ta’lim –tarbiya masalalari umuminsoniy g’oya ekanligini o’rtaga suradi. Uning fikricha jamiyatning yetukligi, uning taqdiri va kelajagi yoshlar kamoloti bilan bog’liqdir. Alisher Navoiy oiladagi ayrim illatlarni va o’zaro kelishmovchiliklarni bola tarbiyasiga salbiy ta’siri va uning buzilishiga sabab bo’luvchi asosiy omillar haqida ham yozadi. Shuningdek yaxshi, yomon xulqlar ularning kelib chiqish sabablarini ko’rsatib beradi. Bolada paydo bo’ladigan yomon xulqlarni oldi olinmasa, u bora –bora illatga aylanadi.

Yuqoridagilardan ma’lum bo’ldiki, Sharq mutafakkirlari o’z davrlaridayoq shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar to’g’risida o’zlarining pedagogic ahamiyatga ega bo’lgan qarashlarini bayon etishgan. Ularning bunday qarashlari ajdodlarimiz tafakkurini boyitib kelmoqda.



Download 140,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish