Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz. - T.: “O’zbekiston”, 2017.
2.Mirziyoyev Sh.M. “Konstitutsiya— erkin va farovon xayotimiz,
mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir” mavzusidagi
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga
bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi.
3.Munavvarov. Oila pеdagogikasi T.1994y
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI VATANGA
MEHRLI VA MA`NAVIYATLI QILIB TARBIYALASH
Sayilxonova O`g`iloy G`ulomjonovna
Zarafshon shahar 1-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi
Annotatsiya. Mazkur maqolada ta’lim jarayonida maktabgacha yoshdagi
bolalarga sharq didaktikasi asosida ma’naviy tarbiya berish, foydalanish, bugungi
kunning dolzarb vazifalardan biriga aylanganligi haqida ma’lumotlar yoritilgan.
Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
54
Kalit so‘zlar: Intelektual, ma’naviy, axbort, ijobiy sifatlar, intellektual, e’tibor,
ahloq, qobiliyat, interaktiv, ijtimoiy psixologik.
Mustaqil yurtimizda jahon andozalari asosida o‘sib kelayotgan yosh avlodni har
tomonlama mustaqil fikrlaydigan, erkin shaxs sifatida tarbiyalash masalasiga jiddiy
e’tibor berib kelmoqda. Ushbu maqsad va vazifalar maktabgacha yoshdagi bolaning
maktab ta’limga o‘tishi hamisha uning hayoti, ahloqi, qiziqishi va munosabatlarida
jiddiy tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Maktabgacha ta’lim muassasasida asosan
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intelektual,
ma’naviy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratishdan iborat. Bugungi
bog‘cha bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko‘nikmasi, kattalar va tengdosh
o‘rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish ham talab etiladi.
Ma’naviy tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos bo‘ladi.
Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o‘ziga munosabatni ochib beruvchi ma’naviy
fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash tarbiyalanuvchi shaxsning axloqiy tarbiyaning
pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishini talab qiladigan murakkab
jarayondir. Ma‘naviy bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirib olishgina bolalarga atrofdagi
kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab
olishga yordam beradi.
Eramizdan avvalgi 528-529-yillar orasida Zardusht tomonidan yaratilgan «Avesto»
kitobida ham ta’lim-tarbiyaga, axloq-odobga oid qator g‘oya va qarashlarni ko‘rish
mumkin. «Avesto»da ta’kidlanishicha, tarbiya hayotning tayanchi, shu boisdan har bir
yoshni yaxshi o‘qish va yozishga o‘rgatish lozim. Uni yosh paytidanoq mehnat qilib,
mehnatning tagi rohat ekanligini anglatish uchun daraxt ko‘chati o‘tkazishga, uy-
ro‘zg‘or qurollari yasash, yerga ishlov berish va chorva bilan shug‘ullanishga
o‘rgatilishi shart. Zotan, uning fikricha, yaxshi va ezgu ishlar yaratish uchun kishi
mehnat qilishi zarur, o‘z qo‘llari bilan moddiy noz-ne’matlar yaratmas ekan, u yashash
lazzatini ham his qilmaydi, hayotning qadriga ham etmaydi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ma‘naviy jihatdan tarbiyalash vazifasi va
mazmuni bolaning ma’naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy
sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirish, ma‘naviy tarbiya mazmunini amalga oshirishdan
iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ma‘naviy tarbiya berishning vazifalari
quyidagilardan iborat:
1. Bolalarda ma‘naviy tasavvurlar va xatti-harakatlarni tarbiyalash.
2. Xulq madaniyati va ijobiy munosabatlarni tarbiyalash.
3. Bolalarda axloqiy his-tuyg‘ularni tarbiyalash.
4. Xulqdagi salbiy sifatlarni barham toptirish.
Maktabgacha talim muassasalarida ma‘naviy tarbiya berish har xil vositalar
yordamida amalga oshiriladi. Birinchi galda bolalarni har xil faoliyatlar vositasida
mashg‘ulotlarda va mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda, ta’lim berish orqali kattalar
mehnati bilan tanishtiriladi.
Har xil bayramlar, ijtimoiy hayot voqealari, bolalar adabiyoti, musiqa, o‘yin
materiallari, ommaviy axborot vositalari — televideniya, radio va boshqalar bolalarning
axloqiy tarbiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Shunday ekan, maktabgacha yoshdagi bolalarni ma‘naviy tarbiyalashda
baynalminalchilik his-tuyg‘ularini shakllantirishda qardosh millat vakillari bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |