3) “Burdon testi”.
Yo‘riqnoma: Bolalar, pedagog-psixolog tomonidan oldindan (har bir
bola uchun alohida) tayyorlangan shakldan (9-ilova) harfni (masalan, “I”)
topadi va o‘chiradilar. Topshiriqni bajarish vaqti 5 daqiqa. Keyingi
mashg‘ulotda boshqa harfni topib, o‘chirishlari mumkin).
4) Grafik diktant (bayon).
Yo‘riqnoma: bolalar katak daftarda pedagog-psixolog tomonidan aytib
turilgan naqsh (chiziq)larni chizish bilan topshiriqlarni bajaradilar.
Eslatma: pedagog-psixolog katta katak varoqqa rasmni boshlanish
joyiga katak burchagiga nuqta bilan belgilar qo‘yadi (masalan, 11-ilovadagi
(qizcha, 1-rasm)ning o‘ng qo‘lini chizishda. Shunday qilib pedagog-psixolog
tomonidan aytilgan vazifani bolalar bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |