5) “Barmoqchalar” mashqi.
Yo‘riqnoma: (Birorta she’r yoki qo‘shiq jo‘r aytgan holda) Bolalar
she’rni (qo‘shiqni) aytib barmoqlarini xarakatga keltiradilar.
Eslatma: She’r (qo‘shiq) aytishda pedagog (tarbiyachi) tomonidan
yodlatilgan she’rni mustahkamlash uchun aytish mumkin, bunda tarbiyachi
yordamidan ham foydalanish mumkin.
6) Jismoniy tarbiya vaqti.
Yo‘riqnoma: Pedagog-psixolog tananing turli qismlarini (bosh, orqa,
oyoq, oshqozon va boshq. aytadi), bolalar pedagog-psixologning aytganini
ko‘rsatadilar. Kim noto‘g‘ri bajarsa o‘yindan chetlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |