1) “Eslab qol” mashqi.
Yo‘riqnoma: Bolalar doira shaklida o‘tiradilar yoki turadilar.
Pedagog-psixolog biror so‘zni aytadi. Birinchi bola pedagog-psixolog so‘zini
takrorlaydi va o‘zining so‘zini aytadi. Keyin navbatdagi bola
pedagog-psixologning so‘zini, birinchi bolaning so‘zini takrorlaydi va
o‘zining so‘zini aytadi. O‘yin shu tartibda davom etadi. Eng ko‘p so‘zni eslagan
bola g‘olib bo‘ladi, va uni hamma olqishlaydi.
2) “Ritm” mashqi
Yo‘riqnoma: Pedagog-psixolog qo‘llari bilan ritmik qarsak chaladi va
bolalar uni takrorlaydilar. Masalan: bitta qarsak, ikki qisqa qarsak, bir
uzun qarsak, ikki qisqa qarsak. Bolalar ritmni sinxron takrorlashlari kerak.
Keyin ritmlarni murakkablashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |