6) “Barmoqchalar” mashqi.
“Barmoqchalar” (she’r muallifi: ped.f.f.d. (PhD) A.A.Turg‘unov)
Qo‘limizda barmoqchalar,
Beshta ular barmoqchalar,
Boshidagi zo‘r – barmoq,
Ko‘rsatkichu, o‘rta barmoq,
Nomsiz barmoq va jimjaloq,
Bizda bordir o‘n barmoq.
Yo‘riqnoma: Bolalar she’rni aytib, barmoqlarini harakatga
keltiradilar. Birinchi, mashqni o‘ng qo‘lda bajaradilar, keyin chap qo‘lda
bajaradilar, (Bizda bordir o‘n barmoq, deganda ikki qo‘llarini ko‘taradilar).
7) “Joyini almashtirish” o‘yin
Yo‘riqnoma: Bolalar doira shaklida o‘tiradilar, pedagog-psixolog doira
o‘rtasida turadi va biror iborani aytadi: masalan “bugun nonushta
qilganlarning hammasini joyini almashtirsin”. Bolalar joylarni tezda
o‘zgartiradilar va pedagog-psixolog ham kimningdir o‘rnini egallashga harakat
qiladi. O‘rinsiz qolgan bola endi boshlovchilik qilib o‘z iborasini aytadi va
bolalar joylarini almashtirayotganda joy egallab olishga harakat qiladi.
O‘yin shu tariqa (5 daqiqa) davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |