6) “Sehirli katakchalar”.
Yo‘riqnoma: Bolalar barmoqlarini rangli yoki raqamlar yozilgan
katakchalar (3-ilova) bo‘ylab pedagog-psixologning (birga bajargan holda)
yuqoriga, pastga, o‘ngga, chapga degan topshirig‘iga ko‘ra harakatlantiradilar.
Bir necha marta aytgandan so‘ng pedagog-psixolog bolalardan qaysi (rangdagi
yoki raqamdagi) katak to‘xtaganlarini aytishlarini so‘raydi (3-4 nafar
boladan). Bolalar bu bilan ranglar va raqamlar bo‘yicha bilimlarini ham
mustahkamlab oladilar.
7) “Chalg‘itish” o‘yin
Yo‘riqnoma: Bolalar qo‘l ushlashib doira bo‘lib turadilar. Bolalar
orasidan boshlovchi (porovoz o‘yinidek) tanlanadi. Boshlovchi atayin oldiga va
orqaga o‘giriladi, bolalar sarosimaga tushadilar. Boshlovchi barcha bolalarni
adashtirishi kerak.
Eslatma: Boshlovchiga pedagog-psixolog yordami lozim bo‘lsa. Avvaldan
tayyorlab qo‘yishi mumkin, yoki shunga o‘xshagan boshqa yangi o‘yin topishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |