O`pkaning tiriklik sig`imi.
O`pkaning tiriklik sig`imi spirometr asbobi yordamida aniqlanadi.Spirometr suvli va havoli bo`ladi.
Jismoniy rivojlanish qanchalik yuqori darajada bo`lsa, o`pkaning tiriklik sig`imi shuncha ko`p bo`ladi.Bu o`pkaga havoning ko`p miqdorda joylashuvini, ya`ni organizmning kislorod bilan yuqori darajada ta`minlanishining ko`rsatgichi hisoblanadi.
Odam qanchalik sog`lom va jismoniy yaxshi chiniqqan bo`lsa, o`pkaning tiriklik sig`imi shuncha ko`p bo`ladi.
Kichik yoshdagi bolalarda o`pkaning tiriklik sig`imini aniqlashni iloji yo`q, chunki yosh bola spirometr naychasiga bor kuchi bilan puflay olmaydi.
8 yoshli o`g`il bola o`pkasining tiriklik sig`imi o`rtacha 1676 millilitr, 8 yoshli qiz bolaniki o`rtacha 1474 ml.
- o`g`il bolaning 10 yoshida 2000 ml, qizlarda – 1900 ml
- o`g`il bolaning 15 yoshida 3000 ml, 17 yoshida -3500 ml
Qo`l muskullari kuchi. Qo`l dinametri asbobi yordamida aniqlanadi va kg hisobida baholanadi.Dinamometr o`lchagichini qo`l kaftida ushlab, bor kuch bilan qisiladi. Uning soatga o`xshash strelkasi kg. ni ko`rsatadi.
- 8 yoshli o`g`il bolalarning o`ng qo`li muskullari kuchi o`rtacha 16,4 kg, chap qo`liniki -15,5 kg, qizlarniki - 13,8 va 12,9 kg;
- 17 yoshli o`smir yigitlarning o`ng qo`li kuchi - 47 kg, chap qo`li -40,6 kg, shu yoshdagi qizlarning o`ng qo`li kuchi - 29 kg, chap qo`li kuchi-26 kg.
Bel muskullari kuchi tik turib o`lchaydigan dinamometr (stanavoy dinamometr) yordamida aniqlanadi.
Gimnastika bilan shug`ullanadigan o`smir yigitlarni bel muskullarining o`rtacha kuchi 176,2 kg, voleybolistlarniki-177,5 kg, basketbolistlarniki-174,8 kg.
Yuqoridagi sport turlari bilan shug`ullanuvchi qizlarniki 110,6, 115,6, 109,6 kg.
Qad-qomatning shakllanishi.
Har bir odam tanasini o'zi odatlangan vaziyatda erkin tutishi qad-qomat deb ataladi. Odamning qad-qomati uning skeleti, muskullari va asab tizimining rivojlanishiga bog'liq. Qad-qomatning shakllanishida, ayniqsa, umurtqa pog'onasining normal rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Normal holda umurtqa pog'onasi bo'yin va bel qismida bir oz oldinga, ko'krak va dumg'aza qismida bir oz orqaga egilgan bo'ladi.
Bu tabiiy egilishlar bir yoshgacha bo'lgan bolalarda bo'lmaydi. Bolaning tik turishi, yurishi, boshini tik tutishi natijasida asta-sekin bu egilishlar hosil bo'ladi. Umurtqa pog'onasining miyoridan ortiqcha egilishi, qad-qomatning noto'g'ri shakllanishiga sabab bo`ladi.
Qad-qomatning shakllanishida, umurtqa pog'onasidan tashqari ko'krak qafasi, oyoq va chanoq suyaklari hamda tana muskullarining normal rivojlanishi ham muhim ahamiyatga ega.
Qad-qomatning noto'g'ri shakllanishi bir necha xil bo'ladi: egilgan, lordoz, kifoz, kekkaygan, skoliotik qad-qomat.
Do'stlaringiz bilan baham: |