Maktabgacha yoshdagi kichik bolalar nutqini rivojlantirishga doir vazifalar
Nutq vazifasi va shakli. Kattalar bilan ko’rgazmali vaziyatdan chetga chiqadigan mavzular bo’yicha muloqot qilishni yo’lga qo’yish. Tengdoshlar bilan jamoaviy o’yinlarda o’yinga kirishib ketish uchun sharoitlar yaratish. O’z nutq faolligi paydo bo’lishini rag’batlantirish: muloqotdagi sheriklarga iltimos va takliflar bilan murojaat qilish; o’yin vaziyatlari, o’rin bosuvchi buyumlar, rollarni belgilashda nutqdan foydalanish.Buyumlar xususiyatlari va ularning qanday maqsadda ishlatilishiga, turmushdagi sababli aloqalar va munosabatlarga qiziqishni, qiziqtirayotgan masalaga oid savollarni va qisqa matn shaklidagi (34 ta gap) mulohaza va fikrlashlarni rag’batlantirish.
Lug’at. Bolalarni buyumlarning yangi nomlari, ularning sifati, umumlashtiruvchi nomlari bilan tanishtirish, qiyoslashda qarama-qarshi ma'noli (antonimlar) so’zlardan foydalanishga, ko’rgazmali vaziyatga tayanmasdan lug’atdan foydalanishga undash.
Grammatik qurilish. Yangi so’zlarni grammatik jihatdan o’zgartirishga va gapdagi so’zlar bilan kelishtirishga undash. So’zlar va ularning shakllarini mustaqil ravishda hosil qilish, nomlar o’rtasidagi rasmiy-semantik aloqalarni tadqiq qilishning o’ziga xos bolalarcha usuli sifatida so’z ijodkorligidan foydalanish. Narsalar va hodisalar o’rtasidagi aloqalarga oid o’z tushunchalarini murakkablashtirilgan gap tuzilmasi (yoyilmagan oddiy, bog’langan qo’shma gap va ergashgan qo’shma gap) orqali aks ettirish.
Nutqning tovush madaniyati. Fonematik qabul qilishni rivojlantirish (berilgan u yoki bu tovushni talaffuzda ajratish va so’zda eshitish qobiliyati). Artikulyatsiyani, unlilarni va oddiy undosh tovushlarni aniq talaffuz qilish, shovqin bilan chiquvchi va sonor tovushlarni to’g’ri talaffuz etishni o’zlashtirish qobiliyatini takomillashtirish. Nutqning ifoda jihatini, nutq sur'atini, ovoz kuchini, nutqiy nafasni erkin tartibga solish qobiliyatini rivojlantirish.
Maktabgacha davrdagi katta yosh (5-7 yosh)
Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqini rivojlantirishda erishilgan asosiy natijalar muloqot sohasidagi chuqur o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Tengdoshlar bilan muloqot qilish birinchi o’ringa o’tadi. Bola o’z tengdoshini kattalardan afzal ko’ra boshlaydi. O’yin jarayonidagi o’rtog’iga qaratilgan nutq kattalar bilan bo’lgan muloqotga qaraganda ancha mazmunliroq bo’la boshlaydi. Sherik bilan dialog - muvofiqlashtirilgan predmetli va nutqiy faoliyat tusiga ega bo’ladi. Bolalar endi qo’shnilari e'tiborini jalb qila oladilar, o’zlari ham uning ishlari va bildirgan fikrlari bilan qiziqadilar.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqining vazifalari turlichadir. Nutqdan atrofdagilar bilan aloqa o’rnatishda, o’ziga, o’z ishlariga va kechinmalariga diqqatni jalb qilishda, bir-birini o’zaro tushunishda, sherik xulqiga, uning fikri va hissiyotlariga ta'sir ko’rsatishda, o’z faoliyatini tashkil etishda, o’yindagi o’z o’rtog’ining harakatlarini muvofiqlashtirishda foydalaniladi. Nutq atrof-muhit haqidagi muhim bilim manbai, tabiat, narsalar va odamlar dunyosi haqidagi tasavvurlarni qayd etish vositasi, bilish faoliyati vositasi bo’lib xizmat qiladi. Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning nutqi shuningdek, ob'yektiv aloqalarning o’ziga xos sohasi sifatida namoyon bo’ladi, u bularni so’z, tovush, qofiyalar va fikrlar bilan o’ynab turib anglaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |