Narsalarni toza tutish
Buyumlar tozaligi
olalar, har bir inson besh xil narsani toza tutishi shart
ekanini bilamiz. Shularning uchinchisi shaxsiy buyumlar
edi. “Shaxsiy buyumlar” deganda uy ichidagi hamma narsa
tushuniladi. Uydagi narsalar yo sizniki yo ota-onangizniki yoki
akangiz yo ukangizniki. O‘quvchining shaxsiy buyumlariga qarab,
uning qanday bola ekanini bilish mumkin. Agar uning buyumlari
ozoda bo‘lsa, demak u aqlli va tarbiyali bola. Agar buyumlari kir-
chir va betartib bo‘lsa, demak, u uncha ham aqlli bola emas.
Har bir bola o‘z buyumi va narsalarini toza tutish uchun zarur
bo‘lgan birinchi shart –
tartib. Tartib har bir narsani joy-joyiga
qo‘yishdir. Narsalar har joyda sochilib yoki qalashib yotishi
adabsizlikni bildiradi. Balki har bir buyum o‘ziga munosib
joyda turishi lozim. Har bir narsa o‘zining sheriklari bilan birga
qo‘yilishi kerak.
Buyumlarni ishlatilmagan taqdirda qarovsiz qoldirilmaydi,
balki vaqti-vaqtida tozalab turiladi. Aks holda ularni chang va kir
qoplaydi. Kir mikroblarni paydo bo‘ladi. Mikroblardan kasallik
kelib chiqadi. Agar buyumlar toza tutilsa, egasiga ko‘p xizmat
qiladi. Shu sababli pul ham tejaladi. Demak, buyumlarni toza
tutishda uchta foyda bor ekan: uyning tartibli bo‘lishi, kasallikdan
saqlanish va pulning tejalishi.
Kitoblar
itob inson uchun ulug‘ ne’matdir. Kitob tufayli biz
bilmaganimizni bilib olamiz va to‘g‘ri yo‘lni va odob-
axloqni o‘rganamiz. Shuning uchun kitoblarni avaylashimiz va
toza tutishimiz zarur. Kitobdan foydalangan bola shunchaki ermak
– 236 –
uchun unga yozishi, chizishi, uning varaqlarini buklashi yoki
yirtishi mumkin emas. O‘qigan vaqtda kitob titilib-to‘zib ketishi
va kir qilishi ham yomon ish. Kitoblar uyda alohida tokchada
yoki shkafda turishi kerak. Kitobni o‘qib bo‘lgach, yana o‘z joyiga
qo‘yib qo‘yiladi. Kitoblarni va ular turadigan tokchalarni tez-tez
artib, changdan tozalab turiladi.
O‘quv qurollari
1. Daftarlar. Aqlli bolaning daftarlari toza bo‘lishi kerak. Agar
daftarga siyoh bilan xato yozib qo‘ysa, nima qilish kerak? Uning
ustidan bir chiziq tortiladi – bo‘ldi. Aqli kamroq bola esa xatoni
tirnog‘i bilan o‘chirishga urinadi. Bunaqada daftar xunuk bo‘lib
ketadi. Yozish uchun chiqarilgan daftarga rasm solinmaydi. Rasm
daftari alohida bo‘ladi.
2. Qalam (ruchka). Qalamni o‘ynash, sindirish va og‘izga solib
kir qilish mumkin emas. Ayrim odobsiz bolalar qalamni nayza
qilib otadi, tishlab g‘ajiydi. Natijada qalam yaroqsiz holga keladi.
Bu ota-onasi peshana teri bilan topgan ne’matni isrof qilishdir.
Isrof qilish esa gunoh.
3. Sumka-portfellar. Kitob va daftar solinadigan sumkalar ham
toza bo‘lishi kerak. Sumkaga turli egulik, kiyim-bosh yoki turli
o‘yinchoqlar ham solinmaydi. Bu narsalarning sumkasi alohida.
Ammo maktabga ketayotganda sumkaga quruq meva solish
mumkin. Mevani sumkaga solishda avval kog‘ozga o‘raladi yoki
maxsus idishga solinib, undan keyin sumkaga joylanadi.
Sumkani chang joylarga qo‘yilmaydi. Ba’zi bolalar maktabdan
qaytayotganda sumkasini iflos joyga tashlab, o‘zlari o‘yinga
berilib ketadi. Yoki uyining oldiga kelganda sumkani ichkariga
olib kirmasdan ko‘cha eshik yonida qoldiradi. O‘yinga ovunib,
sumkasiga iflos bo‘lish-bo‘lmasligiga ahamiyat bermaydi. Bu
yomon odat.
– 237 –
Do'stlaringiz bilan baham: |