Uzoq masofadagi jang o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bokschi qaddi rostlangan holda tik turib, oyoqlari uchida (oyoqlar tekis, keng kerilgan) ring bo‘ylab yengil siljib harakatlanadi va har doim siljib yurish turlari hamda raqibgacha bo‘lgan masofani o‘zgartirib, hujumdan qarshi hujumga tez va silliq o‘tishga tayyor turadi. Uzoq masofada jang olib boruvchi bokschi asosan to‘g‘ridan zarbalardan foydalanadi, yengil, chalg‘ituvchi zarbalarni shiddatli va keskin zarbalar bilan birga qo‘shib bajaradi, ko‘proq orqaga va yon tomonga qadam tashlab himoyalanishlar, shuningdek, to‘sishlar yordamida turli himoya-lanishlarni qo‘llaydi. To‘g‘ridan zarbalar va ajoyib tarzda siljib yurishlar bilan birga fintlardan foydalana bilish uzoq masofada jang olib boruvchi bokschining o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Biroq uzoq masofadagi jang texnikasi faqat shu xususiyatlar bilan cheklanib qolmaydi. Uzoq masofada jang olib boradigan past bo‘yli, jismonan baquvvat bokschilarda o‘zlarining texnikasi shakllangan. Bu bokschilar, ring bo‘ylab ancha yumshoq va oyoq uchida o‘ta ko‘tarilmasdan siljib yurib, ring bo‘ylab harakatlanishlarni gavdaning aldamchi harakatlari hamda gavdani bir oyoqdan ikkinchisiga o‘tkazish harakatlari bilan doimo birga bajaradilar. Ularning eng sevgan zarbalari – oldinga “sakrash” bilan va zarba berayotgan qo‘lga qarama-qarshi oyoqda qadam tashlash bilan yondan hamda pastdan zarbalar.
O‘rta masofadagi jang yoki hujum yoxud qarshi hujum harakatlarining rivojlanishi, yoki bokschining taktik vazifalariga kiruvchi yoxud uning individual jang olib borish uslubiga xos bo‘lgan jangovor harakatlarning ma’lum bir uslubi hisoblanadi. O‘rta masofada, xuddi yaqin masofadagi kabi, agar raqib jangning rivojlanishiga halaqit berishi mumkin bo‘lgan qarshilikni ko‘rsatmasa yoki u hujum qilayotganga faol qarshilik ko‘rsatsa, jang rivoj topishi mumkin.
Agar raqib harakatlarni o‘rta masofada rivojlantirishga imkoniyat bermasa, ushbu holda keskin qarshi jang yuzaga keladi, unda hujum qilayotgan tashabbus va ma’naviy ustunlikka erishish uchun kurashishi lozim. Bunday olishuvda odatda hujumlar va raqib qarshi hujumlaridan himoyalanish hamda raqib qarshi hujumlariga qarshi hujumlar birlashgan holda amalga oshiriladi.
O‘rta masofa uchun yana uzoq masofadagiga nisbatan vaqt chegarasining kamligi xosdir. Bu bokschilarning texnikasi va taktikasida aks etadi. O‘rta masofada taktik ko‘rsatmaning xususiyati shundan iboratki, bokschi zarbalar seriyasi bilan raqib qarshi hujumidan ilgari harakat qilishga intiladi. Raqibning mumkin bo‘lgan qarshi zarbalarini oldindan ko‘zlay olgan hollarda u sho‘n-g‘ishlar, og‘ishlar, to‘sishlar bilan avtomatlashgan himoyalanish seriyalarini qo‘llaydi va keskin zarbalar beradi. O‘rta masofadagi jang vaqt oralig‘ida qat’iy chegaralanganligi sababli, uning eng muhim xususiyatlaridan biri – raqib zarbalariga doimo tayyor turish, ularni oldindan ko‘zlay bilish.
O‘rta masofadagi jang texnikasi uchun guruhlashgan tik turish, ring bo‘ylab cheklangan harakatlanishlar paytida gavdani siljitish xosdir. Ushbu masofada ko‘proq avtomatlashgan zarbalar va himoyalanishlar seriyalari (tanlangan zarbalar hamda himoyalanishlar seriyalari bilan bir qatorda) hamda bittalik urg‘u berilganzarbalar qo‘llaniladi. Zarbalar (to‘g‘ridan, pastdan, yondan qisqa zarbalar) asosan gavdaning aylanma harakatlari hisobiga, sho‘n-g‘ish, to‘sish va og‘ishlar bilan himoyalanishdan foydalangan holda beriladi.
O‘rta masofa reaksiya va harakatlarning tezkorligiga yuqori talablar qo‘yadi. Jangovor harakatlarning yuqori zichligi va tezligi ishlayotgan mushak-larning qisqarishidan ularning bo‘shashtirilishiga, va aksincha, bir zumda o‘tishni talab qiladi. Bokschi shiddatli jang vaziyatida o‘rta masofada, birin-chidan, yuqori darajada mustahkam diqqatga ega bo‘lishi, ikkinchidan, diqqatni zarbalardan himoyalanishga, va aksincha, juda tez o‘tkaza olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |