• Muammo: Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrsida”gi Qonunining 7-moddasiga koʻra, elektron hujjat qogʻoz hujjatga tenglashtirilgan va u bilan bir xil yuridik kuchga egaligi belgilab qoʻyilgan boʻlsada, kontraktlarni TSOYAEATga kiritish amaliyotida ayrim muammolar mavjud, misol tariqasida, kontraktga qoʻshimcha kelishuv asosida soxta maʼlumotlar kiritilishi natijasida Adliya vazirligida 2013-yil 12-iyunda 2467-son bilan roʻyxatga olingan Nizom bilan tasdiqlangan Imtiyozli soliq rejimi beriladigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalar amalga oshirilganda oshkor etish va axborot berish nazarda tutilmaydigan davlat va hududlar (offshor hududlar)ga noqonuniy valyuta mablagʻlari oʻtkazib yuborilsa ham, yaʼni elektron koʻrinishdagi qoʻshimcha kelishuv asosida noqonuniy operatsiyalar amalga oshirilsa ham soxta elektron hujjatlar boʻyicha huquqbuzarlik ishlari yuritilishi amaliyoti mavjud emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |