Xayvonot olamidan olingan yelimlarning quyidagi turlari mavjud
Mezdra yelimi. Teri chiqindilari va ularning ichki qatlamini ohak bilan yumshatib, qaynatish natijasida glyutin va jelatozlarga parchalangan kollagen oqsilidan olinib, duradgorlik ishlarida ishlatiladi.
Suyak yelimi. Ossein oqsilidan tarkib topgan suyak kemirchaklariga osh tuzi kislotasi ta’sir qilib, qaynatish natijasida olinadi. Kitoblarni muqovalashda foydalaniladi, devorga gul bosishda ishlatiladigan yelimli bo’yoq tayyorlanadi.
Kazein yelimi. Yog’sizlantirilgan sutdan oltingugurt kislotasi ta’sirida olinib, duradgorlik ishlari, faner va bo’yoq ishlab chiqarishda qo’llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |