Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘G‘risida nizomni tasdiqlash haqida


II. Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan xorijiy avtotransport vositasining bojxona rasmiylashtiruvi va nazorati



Download 359,34 Kb.
bet4/6
Sana20.03.2022
Hajmi359,34 Kb.
#501818
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2156 19.11.2010

II. Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan xorijiy avtotransport vositasining bojxona rasmiylashtiruvi va nazorati
3. Xorijiy avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasiga kirishida kirish bojxona posti xodimi tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” rasmiylashtiriladi.
4. Xorijiy avtotransport vositasining kirish va chiqish bojxona postlari oralig‘ida tirkamasi yoki yarim tirkamasi almashtirilmaydigan hollarda, unga mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” rasmiylashtiriladi.
Tirkamasi yoki yarim tirkamasi almashtiriladigan hollarda xorijiy avtotransport vositasining yuk tortgichiga mazkur Nizomning 2-ilovasida, tirkamasiga yoki yarim tirkamasiga mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklda “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” rasmiylashtiriladi.
5. “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” avtotransport vositasi bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod etilgan muddatga rasmiylashtiriladi.
6. “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma”ni rasmiylashtirish uchun xorijiy avtotransport vositasining egasi (haydovchisi) tomonidan taqdim etilgan fuqarolik pasporti, avtotransport vositasini qayd etish guvohnomasi va og‘zaki ma’lumotlar asos bo‘ladi.
7. “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” “Avto” YaAAT dasturi orqali kirish bojxona posti xodimi tomonidan davlat, rus va ingliz tillaridan birida chop etiladi hamda xorijiy avtotransport vositasining egasiga (haydovchisiga) beriladi.
8. Xorijiy avtotransport vositasining egasi (haydovchisi) “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma”da aks ettirilgan ma’lumotlarni tekshirib chiqadi, to‘g‘riligini o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi va avtotransport vositasini belgilangan muddatda O‘zbekiston Respublikasidan qaytarib olib chiqib ketish majburiyatini oladi.
9. Kirish bojxona posti xodimi o‘z imzosi va shaxsiy muhrini qo‘yish orqali “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma”ni rasmiylashtiradi.
10. O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy avtotransport vositasidan foydalanishda uning egasi (haydovchisi) doimiy ravishda o‘zi bilan birga “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma”ni olib yurishi shart.
11. Xorijiy avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasidan qaytarib olib chiqilishida uning egasi (haydovchisi) tomonidan chiqish bojxona postiga “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” taqdim etiladi.
12. Chiqish bojxona posti xodimi o‘z imzosi va shaxsiy muhrini qo‘yish orqali “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma”ni nazoratdan yechadi.
121. Vaqtincha olib kirish muddati tugashidan oldin O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan xaydovchi bojxona organiga avtotransport vositasini vaqtincha saqlash uchun yozma yoki elektron tarzda murojaat qilgan taqdirda, ushbu avtotransport vositasi bojxona organi tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlash davri uchun mazkur Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan yig‘im to‘lanmaydi, bundan avtotransport vositasini saqlash bilan bog‘liq harajatlar mustasno hisoblanadi.
13. Xorijiy avtotransport vositasiga mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” rasmiylashtirilib, uning tirkamasi yoki yarim tirkamasi respublika hududida almashtiriladigan hollarda “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” TIF bojxona postida nazoratdan yechilib, mazkur Nizomning 2 va 3-ilovalarida keltirilgan shaklda yangi “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” rasmiylashtiriladi.
14. Avval rasmiylashtirilgan va nazoratda qolib ketgan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma”si mavjud bo‘lgan shaxsga masalaga oydinlik kiritilgunga qadar yangi “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” rasmiylashtirilmaydi va nazoratdan yechilmaydi.
15. Xorijiy avtotransport vositasining bojxona hududida turishining umumiy muddati kalendar yil mobaynida jami to‘qson kalendar kundan oshmasligi lozim, xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishda qo‘llaniladigan avtotransport vositasi bundan mustasno. Mazkur Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan yig‘imni to‘lagan holda xorijiy avtotransport vositasini ushbu muddatdan ortiqroq muddatga vaqtincha olib kirishga yo‘l qo‘yiladi.
Xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishda qo‘llaniladigan xorijiy avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasi hududida transport operatsiyalarini amalga oshirish muddatida, lekin olib kirilgan sanadan e’tiboran to‘qson kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod qilgan holda bo‘lishi mumkin.
16. Bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod etilgan muddat o‘tgandan so‘ng xorijiy avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida to‘qson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganlik uchun olib chiqib ketish muddatining o‘tkazib yuborilgan har kuni uchun transport vositasining har bir ot kuchidan bazaviy hisoblash miqdorining 0,7 % miqdorida yig‘imni to‘lash sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.
17. Vaqtincha olib kirish muddati tugashidan oldin ushbu muddatni uzaytirish uchun xorijiy avtotransport vositasining haydovchisi belgilangan muddat tugashidan avval O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining mazkur xorijiy avtotransport vositasi turgan joydagi bojxona postlaridan biriga muddatni uzaytirishni so‘rab murojaat qilishi yoki elektron tarzda masofadan to‘lovlarni amalga oshirgan holda real vaqt rejimida avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish muddatini uzaytirishi lozim.
Murojaatga bojxona organlarining hisob raqamiga mazkur Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi vakolatli bank tomonidan berilgan hujjat nusxasi ilova qilinadi.
Tegishli bojxona posti vaqtincha olib kirish muddatini yig‘im qancha muddat uchun to‘langan bo‘lsa, shuncha muddatga uzaytiradi va “Avto” YaAATda avval kiritilgan muddatni o‘zgartiradi.
18. Xorijiy avtotransport vositasining haydovchisi mazkur Nizomning 17-bandida belgilangan tartibda vaqtincha olib kirish muddatini uzaytirish bo‘yicha murojaat qilmasa, unga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar ko‘rilishi bilan bir qatorda ushbu Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan yig‘im undiriladi, xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishda qo‘llaniladigan avtotransport vositasi bundan mustasno.
19. Yig‘im:
milliy valyuta — so‘mda to‘lanadi;
bojxona posti tomonidan undiriladi yoki haydovchi tomonidan elektron tarzda masofadan real vaqt rejimida to‘lanadi;
bank orqali to‘langanda bank kvitansiyasi asosida kirim qilinadi.
20. Xorijiy avtotransport vositasini olib chiqish muddatini buzganlik uchun tegishli chora ko‘rilib, yig‘im to‘liq undirilgunga qadar avtotransport vositasi davlat bojxona xizmatining hududiy organi yoki bojxona posti tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlanishi lozim.
Yig‘im quyidagi hollarda to‘lanmaydi:
bojxona organlari tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlash davri uchun;
agar vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositasi xatlangan, musodara qilingan, avariya yoki yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan va bu vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa.
21. Belgilangan qaytarib olib chiqish muddatidan 5 kundan ortiq vaqt o‘tgan va respublika hududidan qaytarib olib chiqilmagan xorijiy avtotransport vositalari to‘g‘risida “Avto” YaAATda elektron ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va DYHXXga real vaqt rejimida yuboriladi.
23. DYHXXning hududiy organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotlari asosida respublika hududidan qaytarib olib chiqilmagan xorijiy avtotransport vositalari aniqlangan taqdirda ular bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan choralarni ko‘rish uchun uch ish kuni mobaynida davlat bojxona xizmatining hududiy organlarini xabardor qiladilar.
24. O‘zbekiston Respublikasi hududida “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” asosida harakatlanayotgan xorijiy avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasining vakolatli idoralari tomonidan musodara qilingan hollarda, unga rasmiylashtirilgan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” vakolatli organlarning tegishli qarori asosida rasmiylashtirgan bojxona posti tomonidan nazoratdan yechiladi.
25. O‘zbekiston Respublikasi hududida “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” asosida harakatlanayotgan xorijiy avtotransport vositasi yengib bo‘lmas kuch yoki yo‘l-transport hodisasi yuz berishi natijasida foydalanishga mutlaqo yaroqsiz holga kelganda, unga rasmiylashtirilgan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” vakolatli organlarning tegishli hujjatlari asosida majburiyatnoma rasmiylashtirgan bojxona posti tomonidan nazoratdan yechiladi.
26. O‘zbekiston Respublikasi hududida “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” asosida harakatlanayotgan xorijiy avtotransport vositasi “erkin muomalaga chiqarish”, “vaqtincha olib kirish” yoxud boshqa bojxona rejimiga rasmiylashtirilganda, unga rasmiylashtirilgan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” bojxona yuk deklaratsiyasini (keyingi o‘rinlarda BYuD deb yuritiladi) rasmiylashtirgan TIF bojxona posti tomonidan nazoratdan yechiladi.
27. Agar “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelganda dublikat olish uchun avtotransport vositasi egasi (haydovchisi) avtotransport vositasi joylashgan hududdagi bojxona postlariga mazkur Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qiladi.
28. Bojxona postlari tomonidan “Avto” YaAATdan foydalangan holda oldingi “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma”ga yozilgan tegishli ma’lumotlar va avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish muddati tekshiriladi. Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish muddati o‘tib ketganligi aniqlangan taqdirda, bojxona postining mansabdor shaxsi tomonidan qonunchilik hujjatlari asosida tegishli choralar ko‘riladi.
29. Ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha bir ish kuni mobaynida bojxona postlari tomonidan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” dublikati beriladi. “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma”ning yuqori o‘ng burchagiga “Dublikat” deb yoziladi va bojxona posti boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari imzosi va post muhri bilan tasdiqlanadi.

Download 359,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish