Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi


SHayboniylar davlatida madaniy hayot. Islom dini



Download 1,89 Mb.
bet99/169
Sana20.12.2022
Hajmi1,89 Mb.
#892348
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   169
Bog'liq
Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi (1)

SHayboniylar davlatida madaniy hayot. Islom dini. Avvalgi sulolar davrida Movarounnahr va Xurosonda yuksak darajada rivojlangan madaniy anhanalar shayboniylar davrida ham davom etdi hamda boyitildi. Bu darda madaniy hayotning ko’plab jabhalarida: adabiyot, tarixnavislik, hattotlik, musiqa, epigrafika, mehmorchilik, naqqoshlik, islom madaniyati kabilarda ayrim siyosiy hayotdagi inqiroz holatlariga qaramasdan rivojlanish jarayonlari ko’zatiladi.
Adabiyotning turli janrlarida Muhammad Solix, Xoja Afsodiy, Vosifiy, Majlisiy, Ubaydiy, Baqoiy, SHaydo, Oshiq, Aziziy, Nisoriy, Mushfiqiy, Naxliy, Mutrifiy kabilar barakali ijod qildilar. Bu davrdagi adabiyot namoyondalari Hindiston, Eron, Turkiya, Ozarbayjon, SHarqiy Turkiston kabi qo’shni davlatlaridagi qalam ahli bilan ijodiy aloqada bo’ldilar.
Bu davrda yaratilgan adabiy asarlar orasida Buxorolik adabiyotshunos olim va shoir Hasanxoja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” (“Do’stlar yodnomasi”) asarini keltirish (1516-1597 yy.) mumkin. Qomusiy hususiyatga ega bo’lgan bu asarda XVI asrda Movarounnahr, Xuroson, Hindiston, Eron, Turkiya va SHarqiy Turkistonda yashab ijld etgan 228 ta shoirlar, jumladan, Jomiy, Navoiy, Husayn Bayqaro, Husayn Voiz Koshifiylar to’g’risida, Arslonbob, Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg’oniy, Zangi ota, SHayx Xudoydod kabi tasavvuf namoyondalarining hayoti, karomatlari haqida, shuningdek, tarixiy voqealar, ilm-fan rivoji, sanhat sohasidagi yutuqlar, turli shaharlardagi mehmorchilik rivoji haqida mahlumotlar beriladi. Abdullaxon II ga atab yozilgan mazkur asar O’rta Osiyo, Eron va Hindistondagi adabiy muhit haqida boy mahlumotlar beruvchi manba hisoblanadi.
Bu davrda hukmron sulola vakillari adabiyot rivojiga homiylik qilish bilan birga o’zlari ham ijod bilan shug’ullanganlar. Xususan, SHayboniyxon, Ubaydullaxon, Abdullaxon II, Do’st Muhammad Sulton (Navro’z Ahmadxonning o’g’li) kabilarning ayrim asarlari va g’azallari bizgacha saqlanib qolgan.
Bu davrda tarixnavislik sohasida ham ko’plab tarixiy asarlar yaratildi. Sulola asoschisi SHayboniyxon va uning vorislariga atab yozilgan Abdulloh Ibn Muhammad Ibn Ali Nasrullohiyning “Zubdat-al asar”, Mulla SHodiyning “Fathnoma”, Binoiyning “SHayboniynoma”, Muhammad Solihning “SHayboniynoma”, Fazlulloh Ro’zbexonning “Mehmonnomai Buxoro”, Zayniddin Vosifiyning “Badoye ul vaqoe” , Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma”, muallifi nomahlum bo’lgan “Tavorixi go’zida”, Nusratnoma” kabilar fikrimiz dalilidir.
Manbalarning mahlumot berishicha, bu davrda rassomlik, hattotlik va musiqa sanhatida, fikh, tibbiyot, riyoziyot (matematika), handasa (geometriya), va ilmi nujum (astronomiya) sohalarida ham rivojlanish yuz beradi. Masalan, ko’proq shoir sifatida tanilgan Mushfiqiy (1538-1588 yy.) falsafa, astronomiya, fikh, hisob, fizika, musiqa, arab tili kabi sohalarida ham yetuk sanalgan. Bu davrda tibbiyot sohasida ham qator asarlar yaratilgan. Jumladan, Kuchkunchixon va Abu Saidxon zamonlarida yashagan mashhur tabib va olim Sulton Ali “Dastur al-iloj”, “Muqaddimai dastur al-iloj” risolalarini yozib, ularda inson tanasidagi kasalliklarning sharhi hamda ularni davolash to’g’risida mahlumotlar bergan. Abdulatifxonning shaxsiy tabibi Muhammad Yusuf, Navro’z Ahmadxon saroyida esa tabib SHoh Alilar faoliyat olib borib “Ko’z kasalligiga oid asarlar sarasi”, “Ko’z tabiblari uchun qo’llanma” kabi asarlar yaratganlar. SHuningdek, Muhammad Yusufning “Isitmani o’rganishga doir”, “Qon tomiri va siydik” kabi asarlari ham mahlum. 1562-1567 yillarda tabib Ubaydulloh Qahhol tibbiyotga oid muhim qomusiy asar “Kasallik shifosi”ni yaratgan. Ushbu asarlarda keltirilgan davo uslublari, tashxis qo’yish, dorilar tayyorlash kabi mahlumotlar o’rta asrlar musulmon SHarqi tibbiyotiga xos ilg’or anhanalar XVI asrda ham davom etganligini ko’rsatadi.
SHayboniylar hukmdorlari mehmorchilik sohasida ham qator ishlarni amalga oshirib, turli maqsadlarga mo’ljallangan qurilish ishlarini amalga oshirganlar. Mehmorchilik inshootlari nafaqat hukmron sulola vakillari, balki xususiy mulkdorlar tomonidan ham bunyod etilgan. Mamlakatning Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qarshi, Karmana, Turkiston, Marv, Balx, Hirot, Xiva kabi ko’plab shaharlarida turli mehmorchilik inshootlari-madrasa va machitlar, xonaqolar, timlar, minoralar, hammomlar, karvonsaroylar, sardoba va ko’priklar bunyod etilib, shaharlar devorlari tahmirlandi. Misol uchun, Samarqanddagi SHayboniyxon qurdirgan Xoniya, Abu Said va Qulbobo Ko’kaldosh nomlari bilan bog’liq madrasalar, Samarqand yaqinidagi suv ayirg’ich, Buxoroda shahar devorining tahmirlanishi, Mir Arab, Abdullaxon, Modarixon madrasalari, Toshkentdagi Baroqxon (hozirgi Xasti Imom) va Ko’kaldosh madrasalari, Turkistonda SHayboniyxon masjida, Karmanada Qosim SHayx masjidi, Balxda qalha devorining tahmirlanishi, Abdullaxon, Qulbobo Ko’kaldosh madrasalari, Hirotda Ko’kaldosh madrasasi kabilar shular jumlasidandir.
Buxoro xonligidagi mehmorchilik va shaharlar taraqqiyoti Abdullaxon II davrida ayniqsa yuksaldi. Hozirgi O’rta Osiyoning deyarli butun hududlarini o’z ichiga olgan davlatni barpo etish jarayonida Abdullaxon II juda ko’plab harbiy yurishlar olib borgan bo’lsa-da, mamlakatdagi iqtisodiyot, madaniyat, shaharlar taraqqiyotiga alohida ehtibor qaratgan. CHunonchi, O’rta Osiyodagi XVI asrga oid mehmorchilik obidalarining asosiy ko’pchilik qismi bu hukmdor davrida bunyod etilgan bo’lib, manbalarning mahlumot berishicha, ularning soni 1000 dan oshadi.
Mahlumki, XV asrning ikkinchi yarmi O’rta Osiyoning islomiy hayotida Xo’ja Ahror faoliyatining faollashuvi bilan izohlanadi. Keyinroq esa, bu hududlardagi mahnaviy-diniy hayotda sufiylikning bir qator yirik namoyondalari shakllanadi. Siyosiy hokimiyatning shayboniylar qo’liga o’tishi natijasida temuriylar davridagi yirik diniy ulamolar yangi diniy vakillar, xususan, XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab jo’ybor shayxlari bilan almashadi. Ulardan eng mashhurlari Xoja Muhammad Islom (1493-1563 yy.), Xoja Shaad (1531-1589 yy.), Xoja Tojiddin Hasan (1547-1646 yy.), Xoja Aburaxim (1575-1628-29 yy.) kabilar bo’lib, ular Naqshbandiya tariqatining yo’lboshchilari edilar. Bu davrda Movarounnahrda Yassaviya va Kubroviya tariqoti namoyondalari ham mavjud bo’lgan bo’lsa-da, bu ikkala tariqat vakillari Movarounnahrning siyosiy hayotiga juybor shayxlari kabi tahsir eta olmas va aralashmas edilar.
Yamanning Xadramauti degan joyida tug’ilgan Said SHamsuddin Abdulloh XV asrning 80-yillarida Movarounnahrga keladi va Xo’ja Axrorning muridi bo’ladi. O’rta Osiyo islom dini tarixiga Miri Arab nomi bilan kirgan bu shaxs keyinchalik, SHayboniyxon va Ubaydullaxon davrlarida juda katta obro’ va mavqega ega bo’lib, yirik mulkdorga aylanadi. Turkistondagi Savron shahrida yashagan Miri Arab Buxoroga tez-tez borib, saroy ishlariga aralashib turardi. Uning mavqei shunchalik baland edi-ki, hattoki xon va uning atrofidagilar ham u bilan hisoblashar edilar.
SHayboniylar davridagi viloyat hokimlari o’zlarining yuqori lavozimdagi amaldorlar bilan munosabatlarini yaxshilash uchun tez-tez shayxlarga murojat etib turganlar. SHuningdek, hukmron doira vakillari ham o’zlarining siyosiy kurashlarida sufiylar madadidan foydalanganlar.
SHayboniylar davri davlatchiligiga xulosa qilib aytish mumkinki, bu davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotda ko’plab ijobiy o’zgarishlar yuz berganligiga qaramasdan, o’rta asrlar tarixining boshqa davrlarida bo’lgani kabi, bu davrda ham o’zaro urushlar doimiy bo’lib turdi. Bu davrga kelib davlat boshqaruvida yana ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi anhanalar ustunlik qila boshladi. SHunga qaramasdan bu davr O’zbekiston davlatchiligi tarixida muhim ahamiyatga ega bo’lib, ushbu ahamiyat ilm-fan va madaniyat , shaharsozlik hamda mehmorchilik ravnaqi bilan izohlanadi.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish