Iqtisodiy va madaniy hayot. Somoniylar davrida kuchli va mustaqil davlatning paydo bo’lishi dehqonchilik, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning taraqqiyoti – o’z navbatida ichki va tashqi savdoni yanada o’zviylashuviga va taraqqiyotiga olib keldi. Avvalo, shahar va qishloqlar o’rtasidagi savdo kengaydi. Ikkinchi tomonidan, shahar va qishloqlarni qo’shni ko’chmanchi xalqlar va boshqa davlatlar bilan aloqasi rivojlandi.
Yozma manbalarda qayd qilinishicha, bozorlar katta-kichik shaharlarda va hatto qishloqlarda ham bo’lgan. Ayniqsa karvon yo’llari bo’yida joylashgan shaharlarda bir nechtadan bozorlar bo’lgan. Buxoro, Xo’jand, Nasaf, Kesh, Termiz, Hirot, Marv, Nishopur shaharlaridagi bozorlar katta va gavjum bo’lgan. Istaxriyning mahlumot berishicha, Samarqandda Movarounnahrning bosh bozori joylashgan bo’lib, bu yerga ko’pgina shaharlardan savdogarlar kelgan. Movarounnahrda tayyorlangan mahsulotlarning katta qismi Samarqandga keltirilgan va undan keyin boshqa o’lkalarga tarqatilgan. Ichki va tashqi savdoda ayrim kichik shaharlarning ham o’rni katta bo’lgan.
Bu borada Poykand shahri muhim ahamiyat kasb etadi. Manbalarda qayd etilishicha, bu shaharda Somoniylardan oldin ham savdogarlar Xorazm, Kaspiy bo’yidagi o’lkalar va Xitoy bilan oldi-sotti ishlari olib borishgan. SHahar raislari savdogarlar uchun barcha sharoitlar yaratib berishga harakat qilganlar. SHaharda o’nlab karvonsaroylar mavjud bo’lgan, ular bozorga yaqin joyda joylashgan. Savdo rastalari karvonsaroyning o’zida ham bo’lgan. Karvonsaroylar yo’llarda ham qurilgan.
Bozorlarda sotiladigan mahsulotlar avvalo, mahalliy aholining ehtiyojini qondirishga qaratilgan. Hunarmandlar o’z mollarini sotib, oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilganlar, o’z navbatida hunarmandchilik mahsulotlariga dehqonlarning talabi katta bo’lgan. IX-X asrlarda O’rta Osiyoning iqtisodiy hayotida savdo-sotiq katta ahamiyatga ega edi. Bu borada ko’chmanchilar bilan chegaradosh bo’lgan shaharlarning ahamiyati katta bo’lgan. Ko’chmanchilar shaharlarga kelib dehqonchilik va hunarmandchilik mahsulotlarini xarid qilganlar, teri va boshqa chorvachilik mahsulotlarini sotganlar.
O’rta Osiyolik savdogarlar o’z mollarini arab xalifaligi tarkibiga kirgan davlatlarga, Kavkazga, Xazar va Bulg’oriyaga, Xitoy va Hindistonga olib borib sotganlar. O’rta Osiyodan Xitoy bilan O’rta yer dengizini birlashtiruvchi va Janubi-SHarqiy Yevropaga olib boruvchi karvon yo’llari o’tgan. Ayniqsa, O’rta yer dengizi bilan bog’lovchi karvon yo’li ancha gavjum bo’lgan. Bu yo’l Bag’dod, Hamadon, Nishopur, Marv, Amul, Buxoro, Nasaf, Kesh, Samarqand, Ustrushona, CHoch, Balasog’un orqali Xitoyga olib borgan. Xitoyga O’rta Osiyodan otlar va shisha buyumlar olib borilgan. Xitoydan esa turli-tuman ipak gazlamalar keltirilgan. Xazar, Bulg’or va Rus yerlariga O’rta Osiyodan quruq mevalar, turli-tuman gazlamalar, guruch va kumush chiqarilgan. O’z navbatida Janubi-SHarqiy Yevropadan O’rta Osiyoga mo’yna, mis, teri, qoramol, qo’llar keltirilgan. Janubi-SHarqiy Yevropa bilan bo’lgan savdo aloqalarida xorazmlik savdogarlarning o’rni katta bo’lgan.
IX-X asrlarda madaniy hayot ham o’zining yuqori darajasiga ko’tarildi. Avvalo, mehmorchilik sanhati va qurilish uslublari rivojlandi. Turar-joylar, yirik binolar, amirlar saroylari ham xom g’ishtdan qurila boshlandi. Mahmuriy binolar, yirik boylar va amaldorlarning uylari ustunlar va o’yma naqshlar bilan bezatilgan. Somoniylar davrida Movarounnahr va Xuroson mehmorchilik sanhatining yuqori taraqqiyotidan yorqin dalolat beruvchi yodgorlik bu Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasidir. Maqbara o’ta oddiylik va mahobatli shaklga xos bo’lib u 892-943 yillar orasida qurilgan va o’zining bag’oyat chiroyli qilib ishlangan tashqi ko’rinishi bilan ajralib turadi. Ushbu maqbara o’rta asrlar mehmorchilik sanhatining noyob durdonalaridan biri hisoblanadi.
Somoniylar davri mehmorchiligining yana bir noyob durdonasi Kattaqo’rg’ondan 60 km janubdagi Tim qishlog’ida joylashgan Arab ota maqbarasidir. Bu maqbara Ismoil Somoniy maqbarasi bilan o’xshashlik topadi. Bu o’xshashlik maqbaraning umumiy ko’rinishida, inshootning tuzilishida, umumiy bezatilishida o’z ifodasini topgan. SHu bilan birga Arab ota maqbarasi misolida Somoniylar davridagi mehmorchilik taraqqiyoti va rivojlanish yo’llarini ko’ramiz. Somoniylar davri mehmorchiligining nodir namunalarini shuningdek, Karki (Turkmaniston) yaqinidagi Alambardor, O’zun (Surxondaryo) yaqinidagi Xo’ja Naxshron, Karmanadagi Mir Said Bahrom maqbaralarida ham uchratish mumkin.
IX-X asr mehmorchiligining rivojlanish yo’llarining saqlanib qolganligini ko’plab masjidlar misolida ham ko’zitishimiz mumkin. Bu davrga oid masjidlar to’g’risida so’z yuritilganda Buxorodagi Mag’oki Attoron, Poykand masjidi, Termizdagi CHorustun, SHaxristondagi CHilduxtaron masjidlarini qayd qilish mumkin. Bu yodgorliklar O’rta Osiyoda diniy mehmorchilikning rivojlanish yo’llarini ko’zatish imkonini beradi.
Narshaxiyning mahlumot berishicha, amir Nasr ibn Ahmad Buxoro registonida o’zi uchun katta saroy qurdirgan va uning qurilishida katta mablag’ sarflagan. Bu saroy g’oyatda go’zal bo’lgan. Saroyning oldida esa devonlar uchun binolar qurilgan. Amir va hokimlar saroyi Nishopur, Marv, Samarqand va boshqa shaharlarda ham bo’lgan. Bu saroylar o’zlarining kattaligi va go’zalligi bilan ajralib turgan. Ko’p hollarda bunday saroylar xushmanzara joylarda, bog’lar ichida bunyod etilgan.
O’rta Osiyo xalqlarining asrlar davomida erishgan madaniy yutuqlari va bilimlari IX-X asrlarda yashagan va ijod qilgan olimlarga katta ilmiy poydevor vazifasini o’tadi. Agarda bu ilmiy poydevor yuqori darajada bo’lmaganda edi, Somoniylar davridagi ilmiy taraqqiyot haqida gapirish qiyin bo’lar edi. Buxoro, Marv, Samarqand, Nishopur, Balx, Binkent, Kesh, Nasaf, Termez, Xo’jand, Urganch kabi shaharlar bu davr ichida yirik madaniyat va fan markazlariga aylandilar. Somoniylar o’z davlatlari hududida joylashgan o’lkalardan chiqqan zamonasining yetuk mahrifiy va fan sohiblarini Buxoroga taklif etdilar. Ular amir saroylarida o’tkaziladigan ilmiy munozaralar va adabiyot uchrashuvlariga taklif qilinib turdilar. O’z bilimlarini yanada chuqurlashtirish aqsadida amir kutubxonalarida saqlanadigan qo’lyozmalarni o’rgandilar.
Somoniylar davrida O’rta Osiyoning qo’shni davlatlar va xalqlar bilan madaniy va savdo aloqlari yanada kengaydi va o’zviylashdi. Movarounnahr va xurosonlik olimlar – Abdullo Ro’dakiy, Abumansur Daqiqiy, Abulqosum Firdavsiy, Muso al-Xorazmiy, Abu Nars Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abulabbos al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Narshaxiy kabilar o’zlarining buyuk ixtirolari va tadqiqotlari bilan nafaqt o’z o’lkalaridagina emas, balki butun mashriqu mag’ribda mashhur bo’ldilar. Ehtiborli tomoni shundaki, bu olimlar qomusiy bilimlar sohiblari bo’lishgan. Ular fanning turli sohalarida ijod etib, dunyo madaniyati va fanining rivojlanishiga o’zlarining salmoqli hissalarini qo’shdilar. Ular ixtiro etgan kashfiyotlar faqatgina ularning nomlariga boqiyliq baxsh etmay, balki butun xalqimizning obro’-ehtiborini dunyoga taratdi. Bu davrga oid moddiy topilmalar, mehmoriy yodgorliklar xalqimizning yuksak madaniyatidan, nozik dididan, chuqur bilimidan va ijodiy parvozidan guvohlik berib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |