Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi


Ilm fan va madaniyat. Mehmorchilik



Download 1,89 Mb.
bet104/169
Sana20.12.2022
Hajmi1,89 Mb.
#892348
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   169
Bog'liq
Bohodir eshov o’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi (1)

Ilm fan va madaniyat. Mehmorchilik. O’tgan davrlarda bo’lgani kabi Ashtarxoniylar davrida ham ko’p tarmoqli ilm-fan mehmorchilik va amaliy sanhat, madaniyat taraqqiyoti davom etdi. Bu davrdagi ijtimoiy-falsafiy fanlar ilgari asrlar anhanalari asosida taraqqiy etib, bir qator davrga mos yo’nalishlar ham paydo bo’ldi. Zamonaviy tadqiqotchilar bu davrdagi ijtimoiy-falsafiy fanlar rivoji ayniqsa adabiyot, tarixnavislik, falsafiy-huquqiy hamda ijtimoiy-huquqiy yo’nalishlarida ayniksa sezilarli bo’lganligini tahkidlaydilar.
Bu davrda o’rta asrlardagi anhanaviy tarixnavislik davom ettirilib ko’pgina tarixiy adabiyotlar yaratildi. CHunonchi, Maxbud ibn Valining XVI asr oxiri XVII asr boshlaridagi Xuroson va Movarounnahr tarixiga oid “Bahr al-asror” asari, Muxammad Yusuf Munshiyning Balx hokimi Muqimxonga atab yozilgan “Tarixi Muqimxoniy” asari, Xoja Samandar Termiziyning “Dastur al mulk” badiiy-tarixiy asari, Mir Muhammad Amin Buxoriyning “Ubaydullanoma”, Muhammad Vafo Karmanagiyning “Tuhfat ul - xoniy”, Abduraxmon Tolehning “Tarixi Abulfayzxon” kabi tarixiy asarlarini aytib o’tish lozim. Bu asarlarning aksariyatida Xon hokimiyatini uning shaxsini ulug’lash bilan birga o’sha davr jamiyatidagi inqirozli holatlar siyosiy tarqoqlik va o’zaro urushlar natijasi ekanligi to’g’ri anglanib, bunday holatlarga bahram berishning asosiy chorasi hokimiyatni markazlashtirish hamda uni adolatli boshqarishdir, degan fikrlar ham ilgari surilgan. SHuningdek ushbu tarixiy asarlarda musulmon olamida keng tarqalgan afsonalar, rivoyatlar, shehriy hamda nasriy shakldagi hikmatli so’zlar, Kurhon oyatlari hamda diniy kitoblardan parchalar , tarixiy voqealikka o’ta mahorat bilan birlashtirib yuborilgan. Bu holat ashtarxoniylar davri tarixshunosligida ham o’rta asr anhanlari davom ettirilganligini berlgisidir.
XVII asr O’rta Osiyodagi ijtimoiy-falsafiy fikrlarning yirik vakillaridan biri Ibn Muhammmadjon Yusuf al-Qorabog’iydir (1563-1647yy.) Kavkazning Qorabog’ qishlog’ida (Ozarbayjon) tavallud topgan ushbu alloma avval SHirvon, SHeroz, keyin esa Samarqandda ijod etib Buxoroda vafot etgan. Falsafiy yo’nalishda ijod qilgan Qorabog’iy tibbiyot, astronomiya kabi tabiiy fanlarni yaxshi bilishi bilan birga shehrlar ham yozib turgan. Qorabog’iy butun dunyoni yagona tanaga o’xshatib, uning ahzolari qonuniy bir-biriga bog’liqligini tahkidlab shunday yozadi: “olam yagona vujud hisoblanadi va barcha mavjud narsalar, mavjudot uning ahzolari hisoblanadi”.
XVII asr O’rta Osiyodagi mutaffakkirlardan yana biri Muhammad SHarif ibn Muhammad al-Buxoriy bo’lib, u al-Mavliyoviy taxallusi bilan ham mahlumdir. Al-Buxoriyning ijodi faqat falsafiy qarashlar bilan chegaralanib qolmay, tarix, shehriyat, huquq, tilshunoslik kabilarni ham qamrab oladi. Mutaffakirning bizga qadar yigirmaga yakin asarlari yetib kelgan bo’lib, bu asarlarda asosiy ehtibor o’rta asrlarda keng tarqalgan ruhlar va insonning ruhiy kuchlariga qaratilgan. Muhammad al-Buxoriy o’zigacha bo’lgan mutaffakirlardan farq qilgan holda ruhning to’rt ko’rinishini ajratadi. Bular tabiiy, o’simlik, xayvonot va insoniyat ruhlaridir.
Ashtarxoniylar davlatida adabiyot ayniqsa Subxonqulixon davrida ancha ravnaq topdi. Bu davrda ijod qilgan shoirlar orasida Turdi Farog’iy faoliyatini alohida tahkidlash lozim. O’zbeklarning yuz urug’idan bo’lgan bu shoir Abdulazizxon davrida katta nufuzga ega bo’lib, saroy doiralariga yaqin bo’lgan. Turdi Farog’iyning bizga qadar to’rt yuz misradan ortiq shehrlari yetib kelgan bo’lib, ularda oddiy mehnatkash xalq ahvoliga achinish, amaldorlar zulmini qoralash, o’zaro tinch-totuvlik va ahillikka chaqirish g’oyalari ustunlik qiladi.
XVII-XVIII asrlarda Buxoroda to’rtta yirik tazkira yartiladi. Bular - Mutribiyning “Tazkirat ash-shuaro”, Maliho Samarqandiyning “Muzakkir al asxob”, Mulla Sodiq Samarqandiyning “Riyoz ash-shuaro”, Nurmuhammad Nasafiyning “Masxan an-musannifin”, tazkiralaridir. Birgina Mutribiyning tazkirasida uch yuz yigirmadan ziyod shoirlar haqida mahlumotlar bor. Bu davrda Sayido Nasafiy Qarshida tikuvchilik qilib, ijod qilgan bo’lsa, Samarqandlik ijodkorlar G’ofur Samarqandiy attorlik, Masiho temirchilik, Manzur Samarqandiy kosiblik, Fitrat Samarqandiy zardo’zlik bilan shug’ullanganlar. SHuningdek XVII-XVIII asrlar Xivada yashab ijod etgan Abulg’ozi Baxodurxon, Nurmuhammad G’arib Andalib, Pahlavon Ravnaq, Muhammad Niyoz Nishotiylarni, Qo’konda yashab ijod etgan Boborahim Mashrab , Xo’ja Nazar o’gli Huvaydo , Mulla SHermuhammad Akmal kabi ijodkorlarni sanab o’tish mumkin.
Bu davrda tabiiy fanlar ravnaqi uchun ham ko’pgina ishlar ham amalga oshirilgan. Xususan, Xon Ulum taxallusi bilan mahlum bo’lgan Qozi Muhammad Akbarxon Eron allomasi Bahovuddin Omiyaiyning “Xulosat al- Xisob” (“Arfimetikaning mohiyati”) kitobiga izohlar yozgan. Bir qator matematik asarlar merosni taqsimlash masalalariga qaratilgan bo’lib, Tursun al-Zominiyning “Turfa - yi amir” (“Amirga hadyalar”), Muhammad Amin as-CHaxoryokining “Masoil-i adadiya” (“Arfimetikaning qo’lllanishi”), “Risola fi-l-vasiyat” (“Vasiyat haqida risola “), Al-Badiiy al -Xisoriyning asarlari shular jumlasidandir. SHuningdek Mirza Badi Devon “Majma al-arkan” asarining kattagina qismi matematikaga bag’ishlangan.
Bu davrda mehmorchilikning ham o’ziga xos yo’nalishlarda rivojlanganligini kuzatish mukin. XVII-XVIII asrlarga kelib, mahobatli mehmorchilikda mintaqaviy mehmorchilik maktablari Xorazm, Movarounnahr, Farg’ona, Toshkent kabilarning o’ziga xos hususiyatlari kuzatiladi. Bu davrda Buxoro , Xiva, Samarqand, Toshkent, SHahrisabz, Termiz kabi ko’plab shaharlar o’rta asrlar anhanavii tuzilish shakllarini saqlab qoladi. Mamlakatning barcha hududlarida ko’plab masjid va madrasalar, bozorlar, xonaqolar, karvonsaroylar, rabotlar, hammomlar, sardobalar va boshka mehmoriy inshootlar barpo etiladi. Mehmoriy inshootlar orasida Buxoroda Abdulazizxon tomonidan bunyod etilgan madrasani alohida tahkidlab o’tish lozim. Undagi marmar taxtachalar, qimmatbaho koshin bezaklar, nafis, ganchlik gumbazlar, ushbu davr mehmorchiligida ham yetakchi anhanalar saqlanib qolganligidan dalolat beradi. SHuningdek Buxoroda Ubaydullaxon tomonidan madrasa va masjit, Boqi Muhammadxon tomonidan masjit, Subxonqulixon tomonidan kasalxona (Darush-shifo), Nodir Devonbegi tomonidan masjid va madrasadan iborat mehmoriy majmua-Labi Hovuz kabilar bunyod etilgan.
Bu davra Samarqandda ham ko’plari hozirgi kungacha saqlanib qolgan mehmoriy inshootlar barpo etilgan. Xususan, Samarqanddagi yirik mulkdorlardan biri bo’lgan Yalangto’shbiyning Registon maydonida bunyod etgan ikkita yirik madrasasi diqqatga molikdir. Bu inshootlardan biri Ulug’bek madrasasi ro’parasidagi SHerdor madrasasi bo’lib, ular tuzilishi jihatidan bir-biriga o’xshab ketadi. Madrasaning nomlanishi uning peshtoqiga tasvirlangan ikkita sher tasviri bilan bog’lik bo’lib, ushbu madrasaning naqsh va bezaklarida qadimgi SHarq mehmorchilik anhanalari davom etganligi ko’zatiladi.
Yalangto’shbiy tomonidan qurilgan ikkinchi inshoot Tillakori madrasasi ham ashtarxoniylar davridagi mehmorchilikning nodir namunalaridan hisoblanadi. Bu madrasa bezatilishida juda ko’p oltin ishlatilganligi bois ham “Tillakori” (“oltin qadalgan”)deb nomlangan. U o’z vaqtida juma masjidi vazifasini ham bajargan. Yalangto’shbiy qurdirgan ushbu ikkita inshoot Samarqanddagi Registon maydonining yaxlit mehmoriy ansabli bo’lib shakllanadi. SHuningdek, bu davrda Samarqand atrofida Nazr devonbegi madrasasi, Xo’ja Ahror qabri oldida madrasa, shahardagi Qozi Soqiy madrasasi, Samarqand va Buxoro yo’lida ko’plab sardobalar bunyod etiladi.
Bundan tashqari ashtarxoniylar davrida Balxda Nodirmuhammadxon, Subxonqulixon madrasalari , Balx atrofida qator chorbog’lar saroylari bilan, Balx arkidagi imoratlar, Jomeh masjidi, Hazrati Ali mozoridagi gumbaz, Xivadagi Arab Muhammadxon, Xo’jamberdi SHerg’oziyxon madrasalari, Buxoroda Poyandaviy otaliq masjidi, SHodimbek madrasasi, Bozori go’sfand madrasasi, Qarshida SHermuhammadbiy va Xo’ja Kurboniy madrasalari, SHahrisabz atrofida Xo’ja Ilm kon mehmoriy majmuasi kabi ko’plab inshootlar bunyod etiladi. Ushbu inshootlar bu davrda mamlakatda mavjud bo’lgan o’zaro urushlar va murakkab siyosiy vaziyatga qaramasdan Movarounnahr mehmorchiligida azaliy anhanalar davom etgaligidan dalolat beradi.
SHunday qilib, O’zbekiston davlatchiligi tarixidagi Ashtarxoniylar davri (1601-1736) boshboshdoklik, o’zaro kurashlar, mahalliy hokimlarning markazga bo’ysunmasligi davri bo’lib, A.Ziyo tahbiri bilan aytganda, siyosiy bekarorlik taxminan yuz yil o’tib sulola inqirozi hamda davlatning uchga bo’linishi bilan tugadi. Tashqi aloqalar asosan qo’shni hududlar bilan cheklanib qolib, mamlakat jahon texnikaviy taraqqiyotida ro’y berayotgan ko’pgina yangiliklardan chetda qoldi shunga qaramasdan madaniy xayotning bahzi sohalarida (mehmorchilik, tarixnavislik, adabiy muhit, islom huquki) taraqqiyot jarayonlari kuzatiladi.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish