Darsning turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar egalagan bilimlarni nazorat qiluvchi dars.
Dars shakli. Yangi pedtexnologiyalar asosida (Loyhalash va boshqa interfaol metodlar)
Darsning jihozi: Darslik, albom, gerbariylar.
Tashkiliy qism; Salomlashish, davomatni aniqlash. Darsni o’quvchilardan kun, sana, oy, yil fasli, kun yangiliklarini aniqlashdan boshlanadi.
O’tgan mavzuni mustaxkamlash.
Daraxtlar, butalar, yarim butalar ko‘p yillik o‘tlardan qanday farq qiladi?
Yarimbutalarga xos qanday belgilarni bilasiz?
Qishloq xo‘jaligida o‘stiriladigan bir yillik o‘simIiklardan qaysilarini bilasiz?
Daraxtlar necha yilgacha yashashi mumkin?
Yangi mavzu bayoni: Kuz ko‘p o'simliklar hosili pishib yetiladigan fasl. Munajjimlarning hisobiga ko‘ra, kuzgi kun bilan tunning tengligi sentabr oyining 23-kuniga to‘g‘ri keladi. Kuz kelishi bilan kunlar asta-sekin soviy boshlaydi. Kunlar qisqarib, tunlar uzaya boradi. Havoda bulut paydo bo‘ladi. Kuz o‘simliklarning qishga tayyorlanish davri hisoblanadi. Kuz kelganini hamma o‘simliklarga qarab ham bilib bo‘lmaydi, chunki ba’zi gulli o‘simliklar kuz oylarida ham gullayveradi. Masalan: yovvoyi o‘simliklardan zubturum, qoqi‘ot, sachratqi, qo‘ypechak; madaniy o‘simliklardan atirgul, xrizantema, kartoshkagul va boshqalar havo harorati iliq kelgan kuz oylarida ham gullashda davom etadi. Kuzda o‘simliklarda sodir bo'ladigan muhim biologik o'zgarishlardan biri xazonrezgilikdir. Ba’zi o'simliklarda xazonrezgilik sovuq tushmasdan oldin boshlanadi. Ayrim daraxtlar va butalarning barglari kuz kelishi bilan, ayrimlariniki esa birinchi sovuqdan keyin to'kila boshlaydi. Masalan, jiyda, zarang, bodom, terak, akatsiya, tikan daraxt va aylantning barglari ancha barvaqt to'kiladi.
Xalqimiz bu faslni «oltin kuz» deb ataydi. Buning boisi shundaki, birinchidan, bu davrda juda ko‘p mevalar g‘arq pishadi. Ikkinchidan, ko'pchilik daraxt va butalarning bargi qizg'ish, sarg'ish, qo‘ng‘ir rangga kirib, tabiatga ajoyib manzara baxsh etadi. Bir qator o'simliklar (nastarin, atirgul, ligustrum) ning bargi uzoq vaqtgacha yashil rangini saqlaydi. Hatto qishda ham shamshod va ligustrum kabi o'simliklarning bargi to'kilmay turaveradi.
Kuzda ko'pgina daraxt va butalarning yashil barglari rangi to'kilish oldidan o'zgaradi. Shu munosabat bilan o'simliklarning barglari nima uchun rangini o'zgartiradi? Bunda o'simlik hujayralarida qanday o'zgarishlar sodir bo'ladi, degan savol tug'iladi.Kuz kelishi bilan kunlar qisqarib, quyoshdan yerga keladigan yorug'lik va harorat kamayadi. Yorug'lik va harorat yetishmasligi tufayli hujayralarda jiddiy fiziologik jarayonlar sodir bo'ladi. Natijada barglarga yashil rang beruvchi xloroplastlar yemirilib, xromoplastlarga aylanadi, hujayralarda esa rang beruvchi moddalar to'planib, yashil barglar asta-sekin sarg'ish, sarg‘ish-qizg‘ish, qo‘ng‘ir-qizg‘ish ranglarga kiradi.
Xazonrezgilik.
Do'stlaringiz bilan baham: |