Bogʻot tumani tuman Tarkibida



Download 42,27 Kb.
Sana20.08.2021
Hajmi42,27 Kb.
#152318
Bog'liq
Bog'ot tuman


Bogʻot tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya



Jump to navigationJump to search

Bogʻot tumani

tuman

Tarkibida

Xorazm viloyati

Maʼmuriy markazi

Bogʻot

Asos solingan sanasi

1926-yil

Hokim

Raximov Jo'rabek

Aholi (2008)

↗131,0 ming [1]

Zichligi

297,7 kishi./km²

Millatlar tarkibi

Oʻzbeklar

Dinlar tarkibi

Musulmonlar

Maydoni

0,44 ming km²
(7,2 %)



Soat mintaqasi

UTC+5

Avtomobil raqami kodi

90




Bogʻot tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyati tarkibidagi tuman. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan (1930 va 50-yillarda bir necha marta yondosh tumanlarga qoʻshib yuborilgan va qayta tiklangan, 1970-yil 7-dekabrda qayta tashkil etildi). Bogʻot tumani Xorazm viloyatining janubi-sharqiy qismida joylashgan. Gʻarb va shimolda viloyatning Yangiariq va Xonqa tumanlari, Amudaryo bilan, sharqda Hazorasp tumani va janubida Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 0,44 ming km2. Aholisi 130 ming kishidan ziyod (2008). Bogʻot tumanida 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshariq, Bogʻot, Dehqonbozor, Madaniyat, Nayman, Xitoy, Xoʻjalik, Qizilravot, Qipchoq, Qorayantoq, Qulonqorabogʻ) bor. Markazi — Bogʻot qishlogʻi[2].



Mundarija

  • 1Aholisi

  • 2Tabiati

    • 2.1Iqlimi

    • 2.2Ichki suvlari va hayvonot olami

  • 3Qishloq xoʻjaligi

  • 4Sanoati

  • 5Ijtimoiy soha

  • 6Adabiyotlar

  • 7Manbalar

Aholisi[tahrir]

Aholisi 130 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2ga 297,7 kishi (2008), asosan oʻzbeklar; shuningdek boshqa millat vakillari ham yashaydi.

Tabiati[tahrir]

Bogʻot tumani yer yuzasi uchlamchi davr oxiri va toʻrtlamchi davr boshlarida daryo keltirgan yotqiziqlarning toʻplanishidan vujudga kelgan. Allyuvial jinslar boʻr davrining tub jinslari ustini qoplab olgan. Yer yuzasi payettekislik boʻlib, shimoli-gʻarbga nisbatan, baʼzi joylarida sayoz botiq va qoldiq oʻzanlar uchraydi. Tumanning janubida qum relyef shakllari tarqalgan. Hozirgi zamon relyefining vujudga kelishida Amudaryo va uning tarmoqlari, sugʻorish shoxobchalari muhim rol oʻynagan.



Iqlimi[tahrir]

Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati — 4 °C dan — 6 °C gacha, iyulniki 28—30 °C. Yiliga 80–110 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 190—210 kun.



Ichki suvlari va hayvonot olami[tahrir]

Tuman hududidan Amudaryo oqib oʻtadi. Tumandagi asosiy sugʻorish shoxobchalari Toshsoqa kanali va uning tarmoqlari — Bayramsoqa, Qizilrabot, Qorayantoqva Osyop ariqlaridir. Tumanda 50 dan ziyod koʻl (OtakoʻlShoʻrkoʻlKoʻkkoʻlGajliToʻqaykoʻl va boshqalar) bor. Koʻllarning aksariyat qismi tumanning Qoraqumga tutash pastqam joylarida joylashgan. Tuproqlari oʻtloqi va oʻtloqi boʻz tuproqlardan iborat. Kuchli shoʻrlangan joylarda shoʻrxok va shoʻrtob tuproqpar, Qoraqumga tutash joylarida qumli va qumoqtuproqlar tarqalgan. Suvga serob joylarda namsevar oʻsimliklar, qumlarda kserofit oʻsimliklar uchraydi. Hayvonlardan sariq yumronqoziq, chiyaboʻri, nutriya, ondatra, parrandalardan oʻrdak, kulrang gʻoz, birqozon va boshqalar uchraydi.

Qishloq xoʻjaligi[tahrir]

Bogʻot tumani xoʻjaligining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar 22,9 ming ga, shu jumladan haydaladigan yerlar 18,5 ming ga; 8,5 ming ga yerga paxta, 3,8 ming ga yerga galla, 3,6 ming ga yerga sholi, 0,7 ming ga yerga polizsabzavot ekinlari, 0,2 ming ga yerga makkajoʻxori, 1,2 ming ga yerga beda ekiladi. Kunjut va qand lavlagi ekish ham yoʻlga qoʻyilmoqda. Bogʻot tumania 13 jamoa xoʻjaligi, 81 dehqon va fermer xoʻjaligi bor. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 35,8 ming qoramol, 30,5 ming qoʻy va echki, 100 ming parranda boqiladi (2000).

Sanoati[tahrir]

Sanoat korxonalari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Tumanda 10 qurilish tashkiloti, 6 sanoat korxonasi bor. Tuman hududidan Qoʻngʻirot — Chorjoʻy temir yoʻli, Urganch — HazoraspXiva — Hazorasp avtomobil yoʻllari oʻtgan. Eng yaqin temir yoʻl stansiyasi „Bogʻot“ tuman markazidan 12 km narida.



Ijtimoiy soha[tahrir]

1999/2000 oʻquv yilida 50 umumiy taʼlim maktabida 27 ming oʻquvchi, 2 litseyda 500 oʻquvchi taʼlim oldi. 2 sport maktabi va tennis korti faoliyat koʻrsatmoqda. 40 ommaviy va bolalar kutubxonasi, 42 klub, 14 madaniyat uyi, 1 musiqa maktabi, 1 xalq ansambli, 39 sport zali, tennis korti, 204 sport maydonchalari ishlab turibdi. 10 ming kishiga moʻljallangan stadion mavjud. 510 oʻrinli 5 kasalxona, 10 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 30 feldsherlik punkti boʻlib, ularda 1469 vrach va oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi (2000). 1971-yildan „Hurriyat“ tuman gazetasi chiqadi (adadi 3,4 ming). Oʻzbekiston Qahramoni „Bogʻot“ jamoa xoʻjaligining raisi Masharif Quvokov shu tumanning Qulonqorabogʻ qishlogʻidan.
Download 42,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish