Ko`makchilar
So`zlarning o`zaro Grammatik va mazmuniy munosabatini ifodalash uchun ishlatiladigan yordamchi so`zlarga ko`makchilar deyiladi.
Ot,olmosh, harakat nomi va sifatdoshdan keyin kelib ularni hokim so`zga tobe yo`l bilan bog`lashga xizmat qiluvchi yordamchi so`zlar ko`makchilar deyiladi. ko`makchilarga misol: bilan, uchun, sari, sayin, kabi, qadar, haqida.
Yuklamalar
So`z yoki gaplarga so`roq, ta`kid, ayirush-chegaralash, gumon, o`xshatish, inkor kabi ma`nolarni yuklovchi so`z va qo`shimchalarga yuklamalar deyiladi, yuklamalar ham yordamchi so`zlar guruhiga kiradi, ammo bog`lovchi va ko`makchilardan farqli holda, so`z va gaplarning bir- biriga bo`lgan sintaktik munosabatini ifodalamaydi. yuklamalarga misol: -mi, -chi, -a, -ya, -da, -oq, -gina, -dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |