Bog’lovchi materiallar., ularning turlari,sement to’qrisida ma’lumot, suvda va havoda qotadigan materiallar. Reja



Download 87,5 Kb.
bet4/4
Sana11.07.2022
Hajmi87,5 Kb.
#777750
1   2   3   4
Bog'liq
boglovchi materiallar. ularning turla

23.2.Xom ashyo materiallari.
Talab qilingan kimyoviy tarkibli bir jinsli xom ashyo aralashmasini hosil qilish uchun uning tarkibiga kiradigan materiallarni tayyorlash kerak. Bunday aralashmani tayyorlash uchun uning tarkibiga kiradigan materiallarning (ohaktosh, gil va to‘g‘rilovchi qo‘shilmalar) ning hammasi mayda qilib to‘yiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Aralashma tarkibiga kiradigan materialar may­dalab tuyilsa, xom ashyo aralashmasi tarkibidagi oksidlar kuydirilayotganda o‘zaro yaxshiroq ta’sirlashadi. Xom ashyo iloji boricha maydalab tuyilsa, u kuydirilayotganda klinkerda ta’sir etishmay qolgan moddalar deyarli butunlay bo‘lmaydi. Bu vaqtda hamma oksidlar minerallar holida bog‘langan bo‘ladi.
Xom ashyo materiallari suv ishtirokida tayyorlansa portlandsement ishlab chiqarish «ho‘l» usul deb, quruqligicha tayyorlansa «quruq» usul deb ataladi. Qaysi usulni tanlash texnologik va texnik-iqtisodiy xarakterdagi bir qator faktorlarga bog‘liq (kuyidagi sxemaga qarang).
Garchi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar jihatdan quruq usul afzalroq bo‘lsa ham, xozirgi vaqtda qator mamlakatlarda, shuningdek Rossiyada va AKSHda ho‘l usul keng tarqalgai. Quruq usul YAponiya, Germaniyada va Italiyada keng tarqalgan. Xozirgi kunda mamlakatimizda ham «quruq» usulni ko‘proq qo‘llash tendensiyasi salmoqli o‘rin olmoqda. Sutkasiga 3000 tonna klinker ishlab chikarish quvvatiga ega bo‘lgan 7X6,4X95 metr o‘lchamli pechda quruq usulda ishlab chikarishning texnologiyasini yaratish va joriy etish muhim ahamiyatga ega (Navoiy sement zavodi). Mazkur qurilmaning samarodarligini shundan ham bilish mumkinki, bu usul liniyalaridagi ishchilarning mehnat unumi hozirda mavjud liniyalardagi ishchilarning ish unumidan taxminan ikki marta ko‘p. SHu bilan birga 1 tonna klinker olish uchun sarflanadigan yonilgi 1,5…2 marta kamayadi.
23.3.Klinker kuydirish pechlarida shixtaga termik ishlov berish
Ohaktosh bilan gil, odatda, sement zavodi yaqinidagi konlardan qazib olinadi. Ohaktosh portlatish yordamida qazib olinadi va vagonetkalar, platformalar yoki yukni o‘zi ag‘daradigan mashinalarda tashiladi.
Gilni qazib olish uchun bir cho‘michli (kamdan-kam hollarda ko‘p cho‘michli) ekskavatorlar ishlatiladi. Gil ham ohaktosh singari tashiladi. Ayrim vaqtlarda bu maqsadlar uchun gidrotransportdan foydalaniladi.
YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan transportdan tashqari, mahalliy sharoitlarga qarab, lentali transportyorlar (kon 1 km gacha, ba’zan esa 5… 8 km gacha uzoqda bo‘lsa) yoki zavod bilan kon orasi pastbaland yoki binolar qurilgan bo‘lsa, osma sim-arqon yo‘llardan foydalansa ham bo‘ladi.
Qazib odinadigan xom ashyo narxi turli korxonalarda bir-biridan farq qiladi. Transport xarajatlari esa xom ashyo umumiy sarfining 60% ini tashkil etadi.
Yog‘ingarchilik va sovuq kunlari yoki uskuna va transport vositalari buzilgan vaqtlarda ish to‘xtab qolmasligi uchun zavod hovlisida ohaktosh va gil zaxiralari bo‘lishi kerak. Buning uchun qo‘shimcha yuklash va tashish ishlarini bajarish lozim, bu esa iqlimi keskin o‘zgaradigan sharoitlarda zavodning normal ish tartibini ta’minlaydi.
Ohaktosh kondan o‘lchami 500…800 mm va undan katta xarsang bo‘laklar tarzda olib kelinadi. Bitta apparatda ohaktoshni talab qilingan darajada maydalab tuyib bo‘lmaydi. SHuning uchun u ikki-uch marta maydalanadi. Avvaliga ohaktoshning yirik bo‘laklari 100…200 mm o‘lchamda, jag‘li maydalagichlarda bir marta maydalanib olinadi. Xom ashyo ikkinchi safar odatda, bolg‘achali va konus maydalagichlarda 10…30 mm o‘lchamgacha, so‘ng oxirgi marta suyuq loy bilan shar tegirmonlarda maydalanadi.
Bu xom ashyo suvsiz maydalangandagiga nisbatan suvda yaxshi maydalanadi. Suvda maydalanganda materiallarning qattiqligi kamayadi. Ohaktosh tegirmonga avtomatik boshqariladigan va uzluksiz ishlaydigan tarozi yoki hajm dozalagichlar (ulushlagichlar) bilan uzatiladi. Bu maqsadlarda juda aniq ulushlayligan hajm ulushlagich­lar o‘rnatiladi, chunki ohaktosh gil bilan birga tuyiladi. SHu sababli bu ikki tashkil etuvchining nisbati aniq bo‘lishi kerak.
Gil tegirmonga suyuq loy holida uzatiladi. Ohaktosh bilan gil birga maydalanishi tufayli tarkibiga kiradigan materiallar juda yaxshi aralashadi. Xuddi shu maqsadda to‘g‘rilovchi qo‘shilmalar ham tegirmonga uzatiladi (aralashma tarkibiga kirgan ikki asosiy materialning kimyoviy tarkibi talab qilingan tarkibli klinker olishni ta’minlay olmasligi ma’lum bo‘lsa).
Gil chayqatgich temir-beton basseyndan iborat bo‘lib, uning tubi va devorlariga ch‘yan plitalar qoplangan (8-rasm).

osh va gil kimyoviy tarkib jixatdan bir-biridan ancha farq kilishi mumkin. SHuning uchun bir marta ulushlashning o‘zidayoq xom ashyo aralashmasi tashkil etuvchilarining zarur nisbatda bo‘lishini ta’minlash qiyin. SHlamning kimyoviy tarkibi shlam-basseynlarda tegishlicha to‘g‘rilanadi. Щlam siqilgan havo yordamida aralashtiriladi.


Shlam tarkibi quyidagi tartibda to‘g‘rilanadi. SHar tegirmonlardan shlam nasoslar bilan shlam-basseyinlarning bittasiga haydaladi. Boshqa basseyinga esa xuddi shunday yo‘l bilan tayyorlangan shlam uzatiladi. Bu shlam avvalgisidan kalsiy karbonat miqdori kam (yoki ko‘p)ligi bilan farq qiladi. SHlamni yaxshilab aralashtirib bo‘lingach, har qaysi basseyindagi shlamning kimyoviy tarkibi aniqlanadi va zarur kimyoviy tarkibli klinker olish uchun ikkala shlamdan qanday nisbatda olish kerakligi belgilanadi. SHlam belgilangan nisbatda olingandan so‘ng ikkila basseyindagi shlam nasos bilan uchinchi basseyinga solinadi. Bu erda yaxshilab aralashtirgach uning titri (SaSO3 miqdori)aniqlanadi. Titri yo‘l ko‘yilgan miqdordan ko‘pi bilan 0,1% farq qilgan shlam kuydirish uchun kerakli va qulay hisoblanadi.


Ikki kamerali trubasimon tegirmonning bo‘ylama kesimi:


1-kabul kilgich voronka, 2-taminlagich, 3-trubashnek, 4-kopqoq,
5-kameralararo to‘siq, 7-yig‘gich-g‘ilof, 8-qabul qilgich patrubogi, 9-kurakchalar, 10-konus, 11-to‘r, 12-radial kurakchalar, 13-konus, 14-ichi bo‘sh sapfa, 15-bo‘shatgich patrubogi, 16-darcha, 17-elak, 18-maydalangan jismlar uchun mo‘ljallangan patrubok, 19-tayyor sement uchun mo‘ljallangan patrubok.
Kuydirish pechi uzluksiz ishlashi uchun (xom ashyo keragicha uzatilmay qolgan hollarda ham) shlam zaxirasi bo‘lishi kerak.
Zavodlarda shlam saqlash uchun qo‘llanilayotgan shlam-basseynlar konstruksiyasi jihatdan vertikal yoki gorizontal tipda bo‘lishi mumkin. Vertikal tipdagi basseynlardan, odatda shlamni to‘g‘rilash uchun foydalaniladi. Ularning hajmi 400…1000 m3 gacha etadi. Bu basseynlarda aralashma pnevmatik yoki aralash pnevmomexanik usulda aralashtirilishi mumkin.
Zapas shlamni saqlash uchun xar birining sig‘imli8000 m3 gacha bo‘lgan gorizontal shlam-basseynlar quriladi. Gorizontal shlam-basseyn yumaloq temir-beton sig‘imdan iborat. Ularning diametri 25 m va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Eng yangi konstruksiyadagi bunday shlam-basseynlarda kranli aralashtirgichlar bor. Kranli aralashtirgichlar pnevmomexanik aralashtirish prinsipi bo‘yicha ishlaydi.
Pnevmatik va mexanik usullardan bir vaqtning o‘zida foydalanish bir jinsli shlam tayyorlashga imkon beradi. YAngi qurilgan zavodlarda jumladan Navoyi sement zavodida kukunlashtirilgan xom ashyo tarkibidagi SaO, SiO2, Al2O3, G‘e2O3 oksidlari avtomatik rentgenospektrometr yordamida aniqlanib, bu tarkib har soatda tekshirib turiladi


Tekshirish uchun savollar
1.Sement ishlab chiqarish usullari qanday usullarga bo‘linadi ?
2. Portlandsement ishlab chiqarishda asosiy texnologik operatsiyalarni bajarish tartibini tushuntiring va “quruq “usul bilan “xo‘” usulning bir –biridan farqi nimada?
3.Ohaktosh va gilni qazib olish, tashish hamda xom ashyo aralashmasini tayyorlashda ishlatiladigan asosiy qurilmalarning nomi va ishlash prinsipini tushuntiring?
4.Ikki kamerali trubasimon tegirmonning ishlashi qanday amalga oshiriladi?
Download 87,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish