Bog’lovchi materiallar., ularning turlari, sement to’qrisida ma’lumot, suvda va havoda qotadigan materiallar. Reja



Download 95,5 Kb.
bet3/4
Sana08.07.2022
Hajmi95,5 Kb.
#758771
1   2   3   4
Bog'liq
Bog’lovchi materiallar., ularning turlari, sement to’qrisida ma’

22.3 Magnezial bog'lovchi moddalar
Magnezial bog'lovchi moddalar suvda emas, balki MgCl2 eritmasida loy qorilib qotiriladi. Chunki suvda loy qilinib qotirilsa, sekin qotadi hamda qotgan toshi mustahkam bo'lmaydi. MgCl2 eritmasida loy qilinganda esa juda tez qotadi va qotgan toshi juda mustahkam bo'ladi. Magnezial bog'lovchi moddalardan turli materiallar tayyorlanadi. Masalan, to'ldiruvchi sifatida nadjak, korund, kvars qumi qo'shilsa, undan charx toshlari olinadi, yog'och qipiqlar qo'shilsa, turli issiqlik va tovush o'tkazmaydigan materiallar olinadi.
Gidravlik bog'lovchi moddalar. Sement. Gidravlik bog'lovchi moddalarga turli xil sementlar kiradi. Ulardan eng muhimi
Anorganik yoki mineral bog‘lovchi materiallar kukunsimon bo‘lib, mayda va yirik to‘ldirgichlar bilan birga suvda qorilganda suyuq yoki plastik qorishma hosil qiladi va asta-sekin qotishi natijasida su’niy toshga aylanadi. Anorganik bog‘lovchilarni ishlatishga va xossalariga kura kuyidagi gruppalarga bo‘lish mumkin:
Havoda qotadigan bog‘lovchi materiallar: ohak, gips va kaustik magnezit;
Gidravlik bog‘lovchilar. Bunday materiallar faqat havoda emas balki suvda va namlikda ham qotish xususiyatiga ega. Masalan, portlandsement, gidravlik ohak, qumtuproq qo‘shilgan sement, putssolan portlandsement, shlakli portlandsement, kengayuvchi sementlar va boshqalar;
Kislotalarga chidamli bog‘lovchilar. Bunday bog‘lovchilarning qotish jarayonidan keyingi mustahkamligining ortishi kislotalar ta’sirida ham davom etadi. Bunga kislotaga chidamli eruvchan suyuq shisha, asosida olinadigan sementlar va qorishmalar misol bo‘ladi.
Qurilishlarda buyum xossalarini va bog‘lovchi materiallarni tejash maqsadida kuyidagi maxsus qo‘shimchalar ham ishlatiladi:
Bog‘lovchi materiallarni chuchuk hamda sulfat tuzlariga to‘yingan suvlar ta’sirida chidamliligini oshirish maqsadida ishlatiladigan gidravlik yoki aktiv mineral qo‘shilmalar-trepel, opoka, diatomit, trasslar, pemza, vulqon kuli va tufi, aktiv kremniy chiqindilari, kuydirilgan gil, gliej, kuygan jinslar va shlaklar.
Bog‘lovchi materiallarni tejash uchun to‘ldirgichlar sifatida mayda qilib to‘yilgan qum, ohaktosh, dolomit, tabiiy changsimon kvars qumi, shlak va boshqalar.
Sementlarning tishlashuvini tezlatuvchi va susaytiruvchi materiallar: tezlatuvchilar-kalsiy xlorid (CaCl2), natriy xlorid (NaCl), xlorid kislota (HCl), eruvchan shisha (Na2SiO3), soda; susaytiruvchilar-gips, sulfat kislota, sulfit oksidli temir va boshqalar.
Sementning qotishini tezlatuvchi va mustahkamligini oshiruvchi qo‘shimchalar kalsiy xlorid va xlorid kislota.
Beton va qotishmani sovuqqa chidamliligini, plastikliligini oshirish uchun ishlatiladigan organik va anorganik qo‘shilmalar, sulfat spirt bardosi (SSB), etmak (ko‘pirtiradigan daraxt ildizi), sovun chiqindisi, gil, bentonit, trepel va boshqalar.
Bog‘lovchi materiallarni ishlatishda ular quyidagi talablarga javob berishi lozim: qorishmaning tishlashish davri, normal qorishma olish uchun suv miqdori, suvning qorishma bilan birikish darajasi, tishlanishdagi issiqlik miqdori va hokazolar.
Tishlashish davriga qarab bog‘lovchilar uch gruppaga bo‘linadi
a) tez tishlashuvchi-tishlanishining boshlanish davri 3-10 minut. Bunday bog‘lovchilarni ishlatish noqulay bo‘lganligi sababli, unga tishlashishni susaytiruvchi maxsus moddalar, masalan, qurilish gipsi qo‘shiladi;
b) normal tishlashuvchi-tishlashishning boshlanish davri 30 minutdan keyin, oxiri esa 12 soatgacha davom etadi. Bunday bog‘lovchilarga beton va qorishmalar tayyorlashda ko‘p ishlatiladigan barcha sementlar kiradi;
v) sekin tishlashuvchi-tishlanishning oxirgi davri 12 soatdan keyin boshlanadigan materiallar.

Portlandsement ishlab chiqarish ikki mustaqil jarayonga bo‘linadi


Klinker ishlab chiqarish portlandsementning chala mahsuloti tayyorlanadi);
Klinkerni qo‘shilmalar bilan birga tuyish (portlandsement olish).
Birinchi jarayon juda murakkab bo‘lib, uning bajarilishi katta kapital va ekspluatatsion xarajatlar bilan bog‘liq. SHuning uchun hamma vaqt portlandsement klinker tashkil etuvchini tejash kerak. CHunki portlandsement ishlab chiqarish uchun sarflanadigan jami xarajatning ko‘p qismi (70…80%) klinker qiymatini tashkil etadi.
Portlandsement klinkeri ishlab chiqarishda quyidagi asosiy texnologik operatsiyalar bajariladi:

  • Ohaktosh va gil qazib olinadi;

  • Xom ashyo materiallari tayyorlanadi va maydalaniladi;

  • YOqilg‘i tayyorlanadi;

  • Xom ashyo materiallari kuydiriladi.

  • Klinkerni tuyish va portlandsement ishlab chiqarish uchun asosan kuyidagi texnologik jarayonlar bajariladi:

  • Qo‘shilmalar tayyorlanadi;

  • Klinker qo‘shilmalar bilan birga tuyiladi;

  • Portlandsement omborga joylanadi.


Download 95,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish