Kosinka bog'lamlarni kosinka qirqilgan yoki burchakli uchburchak ko'rinishida buklangan mato parchasi yordamida qo’yiladi. Kosinka bog'lamlarni to’g'nog'ich bilan mahkamlanadi yoki kosinka uchini tugib qo’yiladi.
Sanoatda ishlab chiqariladigan standart kosinkaning razmeri 135x100x100sm. Sanitariya sumkalari va birinchi yordam aptechkalari uchun kosinkalarni presslangan holda chiqariladi. Bu holida ular razmeri 5x3x3sm li kubsimon shaklda bo'ladi.
Sopqonsimon (palaxmonsimon) bog'lamlarni uzunligi 75-80 smli eni enli bint yoki material parchasidan tayyorlash mumkin. Bintning ikkala uchidan uzunasiga qirqib uning 15-20 sm uzunlikdagi o'rta qismi butun qoldiriladi. Bintning qirqilmagan qismini kerakli sohaga ko’ndalang yo’nalishda qiyiladi. Ikkala tomondagi qirqilgan uchlarini pastki tilishi yuqorida, ustki tilini esa pastda turadigan qilib o'zaro kesishtiriladi va qarama -qarshi tomondagi shunday tilishi bilan bog'lanadi. Burunga va yuqori labga bog’lam qo’yishda bintning ikkala uchini quloq chanoqlari ustidan o'tkaziladi va ensada bog'lanadi, boshqa ikkala uchini quloq chanoqlari ustidan o'tkaziladi va bo'yindan bog'lanadi.
Iyakka bog'lam qo’yishda bintning pastki uchlarini quloq chig’anoqlari tepasidan o'tkaziladi va tepa suyagi sohasida tugib qo'yiladi, ustki uchlarini quloq chig'anoqlari va ensa ustidan o'tkaziladi, kesishtiriladi va chakka suyagi sohasidan o'tkazib, peshonaga chiqariladi va shu joyda bog'lanadi.
Qontur bog'lamlarni tananing bog'lam bilan bekitiladigan qismining profili bo'yicha mato parchasidan qirqib tayyorlanadi, qontur bog'lamlarini chatilgan bog'ichlar bilan mahkamlanadi. Qontur bog'lamlarga bandajlar kiritiladi, bu-bemorga mos qilib tikilgan, bog'ichlari yoki ilgaklari bo’lgan mato bog'lamdir. Bandajlar ka'pincha qorinning oldingi devorini mahkam tutib turishi uchun qo'llaniladi.
Bint bog'lamlar-bint yordamida qo’yiladigan bog’lamlardir. Bint eni 5-20sm va uzunligi 5-7 m bo'lgan, rulonga o'ralgan doka tilishidan iborat. Tananing bint o'raladigan qismiga ko'ra eni turlicha bintlar ishlatiladi. Ensiz bintlar (5 sm gacha) tananing mayda qismlariga (barmoqlar) bog'lamlar qo’yish uchun, o'rtacha bintlar (7-19 sm) bilak, boldir, bo'yin, boshga, enli bintlar (20 sm gacha) ko'krak, qorin, songa bog'lamlarga qo’yish uchun ishlatiladi.
Doka bint yaxshi elastiklikka ega. Yumshoq bintli bog'lamlar xususiyati va qo'llanilishiga qarab quyidagicha tasniflanadi:
1) oddiy yumshoq bog'lam (himoya qiluvchi, davolovchi);
2) qon to'xtatuvchi (siqib turuvchi) bog'lam;
3) immobilizasiya qiluvchi (harakatsizlantiruvchi) bog'lam (davolash va transportirovka qilish uchun);
4) tuzatuvchi bog'lam.
Do'stlaringiz bilan baham: |