I. Tashkiliy qism.
Navbatchining axborati, o`quvchilarning darsga hozirligi tekshiriladi.
II. Dars shiori ishlab chiqiladi:
“ Mehnat baxt keltirar”
III. Darsning borishi.
3.1. O`tilgan mavzu yuzasidan savol-javob, tarqatma materiallar bilan ishlash. Uyga vazifa sifatida berilgan 93-mashq tekshirilib, muhokama qilinadi.
3.2. “Yo’limizdagi to’siqlar ” mavzusida kirish suhbati. Dastlab o’qituvchi tomonidan “Yo’limizdagi to’siqlar” matni o’qib beriladi.
Qadim zamonlarda bir podshoh saroyga keladigan yo‘l ustiga katta tosh qo‘ydirib, o‘zi nimalar bo‘lishini yashirin kuzatib o‘tirdi. Yurtning eng badavlat savdogarlari, eng kuchli karvonboshilar, saroy amaldorlari bir-bir kela boshladilar. Hamma toshning atrofidan aylanib o‘tib, ichkariga kirdi. Aksariyati: “Xalqdan ko‘p soliq olib, yo‘llarga e’tibor qilmaydi”, – degan ro‘kachlar bilan shohdan noroziligini ovoz chiqarib gapirdi. Nihoyat, bir dehqon keldi. U saroyga meva va sabzavotlar olib kelayotgan edi. Yelkasidagi savatni yerga qo‘yib, xarsangtoshni bir amallab itara boshladi. Qo‘llari qonab, a’zoyi badani terga botdi. Lekin toshni yo‘l ustidan chetga chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. (“Sharq hikoyat va rivoyatlari”dan)
3. 3. Matn ustida ishlash. Rollarga bo`lib o`qitish.
So’ngra o’quvchilarga rollar bo’lib berilib, qaytadan matn o’qiladi.
3.4.Matn asosida savollarga shaxsiy fikr bildirish. O’quvchilardan quyidagi savollarga fikr bildirish so’raladi va xulosalovchi mazmun aytib o’tiladi
1. Har qanday to‘siqni yengsa bo‘ladimi? Yoki gap to‘siqning hajmidami?
2. “Xohlagan imkoniyat qidiradi, xohlamagan – bahona” degan maqolni sharhlab ko‘ring.
3. To‘siqlarga uchrab qolsangiz, nima qilasiz: yengib o‘tasizmi, aylanib o‘tasizmi?
Mehnat
3. 5. Matnni mavzu bilan bog’lash. (Darslikning 94,95-mashqlari)
94-mashq. Matnda ajratilgan so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lib ko‘chiring. Bo‘g‘inga ajratayotganda nimaga e’tibor berdingiz?
Masalan: za-mon-lar-da, sav-do-gar-la-ri, kar-von-bo-shi-lar, a-mal-dor-la-ri, Xalq-dan, e’-ti-bor, Yel-ka-si-da-gi, a-mal-lab, a’-zo-yi, mu-vaf-faq
95-mashq. Ushbu hikmatlarni tinglang. Mazmuni yuqoridagi matnga mos kelmagan hikmatni ajratib, so‘zlarini bo‘g‘inga bo‘lib chiqing.
1. Yaxshilik qil – daryoga tashla: baliq bilar, baliq bilmasa, xoliq bilar. (Maqol)
2. Har yaxshilik sadaqadir. (Hadisdan)
3. Sog‘ yuray desang, ozoda yur. (Maqol)
4. Umidsizlik uyin buzsang, umidingga yetarsan. (Maqol)
3.6. Mavzuning nazariy asoslarini yoritib berish. (96-mashq)
Dastlab mavzuning nazariy asoslari o’quvchilarga tushuntirib beriladi.
Bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar birikmasiga bo‘g‘in deyiladi. Bo‘g‘in unli tovushlar asosida hosil bo‘ladi. So‘zda nechta unli bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘ladi: mak - tab - ga. Bo‘g‘inlar ochiq va yopiq bo‘g‘inlarga bo‘linadi. Unli bilan tugaydigan bo‘g‘in ochiq bo‘g‘in, undosh bilan tugaydigan bo‘g‘in yopiq bo‘g‘in hisoblanadi. Masalan: U – mar so‘zida birinchi bo‘g‘in ochiq, ikkinchi bo‘g‘in yopiq hisoblanadi.
So‘zlar qatorga sig‘may qolganda, bo‘g‘in ko‘chirish qoidalari asosida keyingi qatorga olib o‘tiladi. Birinchi yoki oxirgi bo‘g‘in bir tovushdan iborat bo‘lsa, ular yakka holatda qoldirilmaydi. Keyingi qatorga ibo-li, uka-si, ata-ma tarzida ko‘chiriladi.
Sh, ch, ng harflar birikmalari birgalikda ko‘chiriladi: peshana, Chir-chiq, ko‘-ngil kabi.
2005, XXI, 5-«B» sinfi, «Navro‘z – 2015», BMT kabi so‘zlar qatordan qatorga bo‘lib ko‘chirilmaydi.
96-mashq. Matndan olingan so‘zlarning qaysilari xato yozilgan? Matnga tayanib to‘g‘rilang, barchasini bo‘g‘inga ajratib ko‘chiring.
Zomonlarda, saroyga, podishoh, karvonboshilar, kuzatip, badavlat, sovdagarlari, ichkarga, solig‘, deqqon, sabzovot, harsang, itora boshladi, shoxdan, a’zoi badani, muvaffaq, amallab.
Do'stlaringiz bilan baham: |