yordamida nafas oladi. Bo’g’imoyo’qlilarning qon aylanish sistеmasi ochiq bo’lib, yurakdan chiqqan qon tomirlari tana bo’shlig’iga ochiladi.
Bo'g’imoyoqlilar tipi orasida parazitlari asosan, hasharotlar, o'rgimchaksimonlar va qisman qisqichbaqasimonlar sinflari orasida uchraydi.
Odam va hayvonlar sog’lig’iga zarar keltiradigan bo’g’imoyoqlilarni tibbiy va veterinar entomologiya o’rganadi. Parazit bo’g’imoyoqlilar infektsion va invazion
kasalliklarni tashiydi, ayrimlari gelmintlarni oraliq va asosiy xo’jayinlari bo’lib hisoblanadi, boshqalari esa miazlarni keltirib chiqaradi.
Parazit bo'g’imoyoqlilarning keltiradigan zararlari turlicha: -birinchidan bular qon so'ruvchilar (gnus), ya’ni odam va hayvonlarning qonini so'rib bezovta qiladi. Ularning ko'payishi uy hayvonlarini tabiatda boqishda qiyinchiliklar tug’diradi. Bularni hujumi tufayli odamlar tabiatda maxsus himoya vositalarisiz ishlay olmaydi. Ikkinchidan, bular infektsion va invazion kasalliklarni qo'zg’atuvchilarini tez yuqtirib, o'zlarida uzoq vaqt saqlash xususiyatiga ega. Uchinchidan parazit bo'g’imoyoqlilar turli xavfli kasallik qo'zg’atuvchilarini tashuvchilar hisoblanadi.
O'rgimchaksimonlardan kanalar turkumi vakillarini ko'pchiligi parazit holda hayot kechiradi. Hasharotlar
sinfi orasida qandalalar, ikki qanotlilar turkumlarining bir qancha turlari parazit bo’lsa, bitlar, parxo'rlar, burgalar turkumlari vakillari to’laqonli parazitlar hisoblanadi. Ko'pchilik bo'g’imoyoqlilar odamlarda parazitlik qilib, odamlarga esa asosan, umurtqali hayvonlardan o'tadi. Ayrim bo'g’imoyoqlilar odam va hayvonlar uchun umumyi parazitlar hisoblanadi (bitlar, burgalar). Issiq qonlilar parazitlari parazitizm darajasi, xo'jayin
tanasidagi joyi, xo'jayin bilan bog’lanish darajasi va boshqa bir qator belgilar bilan bir-biridan farqlanadi. Parazitlarni xo'jayinlari bilan bog’lanish darajasiga qarab, obligat, fakultativ va tasodifiy parazitlar farqlanadi.
Obligat parazitlar - haqiqiy parazitlar hisoblanadi. Bularga bitlarni misol qilib keltirish mumkin. Fakultativ parazitlarga - ko'k yashil va go'sht pashshalari kiradi, ular tuxumlarini ham axlatga, ham hayvonlarning turli jarohatlangan joylariga qo'yadi (lichinkalari
ham nekrofag, ham parazit).
Tasodifiy parazitlarga, asosan erkin yashovchi hasharotlar kirib, tasodifan boshqa organizmlarga tushib qolishi (turli erkin yashaydigan hasharot lichinkalari, tuxumlari) mumkin.
Parazit bo'g’imoyoqlilarni xo'jayin
tanasida tarqalishiga qarab, ektoparazitlar (qandalalar, bitlar, burgalar, kanalar) va endoparazitlar(tana ichi parazitlari)ga bo'lib o'rganiladi. Endoparazitlarni bir nechta tarmoqlarga bo'lish mumkin:
-teri ichi parazitlari (qichima kanalari);
-tana bo'shlig’i parazitlari (tashqi burun, quloq bo'shlig’lari, bo'shliq bo'kalari
lichinkalari);
-ichak parazitlari (oshqozon - ichak bo'kalari);
-to'qima ichi parazitlari (Volfart pashshasi).
Bo'g’imoyoqlilar xo'jayinlari bilan bog’lanishlari ham turlicha. Trofik, topik va
forik bog’lanishlar.
Trofik bog’lanish: oziqlanishi -fitofagiya - o'simliklar bilan oziqlanuvchilar
(kapalak qurtlari va boshqalar).
210
Gemotafag - qon bilan oziqlanuvchilar (kana, bit, burga, qandala, qon so’ryvchi ikki qanotlilar).
Kerotofag - shox moddalari(tuklar, sochlar, yog’och mahsulotlari) hisobiga oziqlanuvchilar (parxo'rlar, kanalar, po'stxo'rlar).
Nektorofag - gul shirasi bilan oziqlanadi (ayrim
ikki qanotlilar, kapalaklar va boshqalar).
Nekrofag - tirik organizmlarning o'lik qoldiqlari hisobiga oziqlanish (go'sht pashshalarini lichinkalari).
Koprofag – ekskrementlar hisobiga oziqlanadi (ayrim pashsha lichinkalari, go'ng qo'ng’izi va boshqalar).
Parazitlar xo'jayinlari bilan bog’lanish vaqtiga qarab, doimiy va vaqtinchalik parazitlarga bo'linadi. Doimiy parazitlar xo'jayinni tark etmaydi (bitlar, qo’tir kanalari va boshqalar). Vaqtinchalik parazitlar xo'jayiniga faqat oziqlanish vaqtida tashlanadi (chivinlar, pashshalar, so’nalar ayrim kanalar va boshqalar).
Bo'g’imoyoqlilar
hayot jarayoniga qarab, butun hayoti davomida parazitlik qiluvchilarga va fazali parazitlarga ajratiladi. Qandalalar, bitlar, ayrim kanalar butun hayoti davomida parazitlik qiladi. Chivinlar, moshkalar voyaga yetganda qon so'radi. Volfart pashshalarini lichinkalik davri parazit. Bular fazali parazitlar hisoblanadi.
Agar parazit faqat bitta xo'jayinni qonini so'rsa monofag (bir xo'jayinli), xo'jayinlar doirasi keng bo'lsa polifag (ko'p xo'jayinli) deyiladi. Agar xo'jayinlar doirasi chegaralangan bo'lsa oligofag (bir nechta xo'jayinli) hisoblanadi.
Bo'g’imoyoqlilarni topik (biologik) bog’lanishi. Bu bo'g’imoyoqlilarni boshqa organizmlar bilan substrakt sifatida, ya’ni yashash muhiti sifatida bog’lanishidir. Bularga statsionar ektoparazitlar va endoparazitlar (parxo'rlar, patxo'rlar, bitlar, ko'pchilik kanalar) kiradi.
Forik bog’lanish. Foritsa - harakat degan ma'noni anglatadi. Bunday bo’g’moyoqlilar bir-biri bilan turli harakatlar orqali bog’lanadi, ya’ni bir joydan ikkinchi joyga ko'chib o'tish (turli kanalar bir joydan ikkinchi joyga qushlar orqali o'tadi va hokazo) orqali bog’lanishi mumkin.