Bo’g’imning turlari va ulardagi harakatlar. Bo’g’im yuzasining tuzilishiga qarab, bo’g’imlar sharsimon, ellipssimon, egarsimon, tsilindrsimon, g’altaksimon bo’ladi. Bo’g’imlar shakliga va funktsiyasiga ko’ra, 1, 2, 3 o’qli bo’lishi mumkin.
Bir o’qli bo’g’imlarga tsilindrsimon, g’altaksimon bo’g’imlar kiradi. Tsilindrsimon bo’g’im bilak - tirsak suyaklarining ikki uchida bo’lib, unda ichkariga va tashqariga burish harakati bo’ladi. o’altaksimon bo’g’im falangalar orasida, Yelka - tirsak suyaklari orasida bo’lib, bu bug’imlarda bukish-yozish harakatlari bo’ladi.
Ikki o’qli bo’g’imlarga ellipssimon (atlant - ensa, bilak, qo’l panjasi bo’g’imlari), egarsimon (qo’l panjasidagi bosh barmoqning kaft suyagi orasidagi) bo’g’imlar misol bo’la oladi. Atlant - ensa bo’g’imida frontal o’q, atrofida bukish-yozish, sagital o’q atrofida chapga yoki ungga og’ish harakatlari bo’ladi. Bilak - qo’l panjasi bo’g’imida bukish-yozish va uzoqlashtirish – yaqinlashtirish, qo’l panjasidagi bosh barmoqni kaft suyagi orasidagi bo’g’imdan uzoqlashtirish-yaqinlashtirish va qarama-qarshi qo’yish harakatlari bo’ladi.
Uch o’qli bo’g’imlarga sharsimon, Yelka bo’g’imi, yong’oqsimon, tos-son bo’g’imi kiradi. Bu bo’g’imlarda frontal o’q atrofida bukish-yozish, sagital o’q atrofida uzoqlashtirish, vertikal o’q atrofida ichkariga va tashqariga burish harakatlari bo’ladi. Bularning yig’indisidan aylanma harakat, masalan, Yelka bug’imidagi harakatlar hosil bo’ladi.
Tekis bo’g’imlarda siljish harakatlari juda kam, bularga tovon suyaklaridagi ba`zi birikishlar misol bo’ladi. Bo’g’imlarning yuqorida aytilgandek, xilma-xil bo’lib, turli harakatlar bajarishi bir necha ming yillar davomida odam mehnat qurollari bilan ishlashi tufayli kelib chiqqan. Bo’g’imning pishiqligi bo’g’im bo’shlig’idagi manfiy bosim, bo’g’im atrofidagi bo’g’im xaltachasi, bog’lag’ichlar va muskullarga bog’liq bo’ladi. Bo’g’imlarning chiqishi shu bo’g’imning tuzilishi va mustahkamligiga bog’liq. Noto’g’ri harakatlar vaqtida tazyiq ostida shikastlanishda bo’g’im yuzalari bir-biridan uzoqlashadi, ya`ni bo’g’im chiqadi. Bo’g’im chiqqanda qattiq og’riq seziladi. Harakatlar qiyinlashadi. Bunday vaqtda chiqqan joyni harakatsiz qilib bog’lab, tezlik bilan vrachga murojaat etish kerak.
Odam skeleti asosan 3 gruppaga: gavda skeleti, qo’l-oyoq, skeleti va kalla skeletiga bo’lib o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |