Keywords:
Boburnoma, Alisher Navoi. Zahiriddin Muhammad Babur, Fergana,
Afghanistan, India, Baburis
KIRISH
Dunyo adabiyotshunosligida ming yil, bir necha yuz yillar davomida qadr
qimmati yuksak boʻlib kelayotgan asarlar bor.Aynan shunday buyuk asarlar orasida
ayniqsa Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari alohida ahamiyat kasb
etadi. Ushbu asar Boburning butun hayoti davomida ko`rgan-kechirganlarini ro`y-rost
tasvirlagani bilan boshqa asarlardan ajralib turadi.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1077
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Bobur ushbu asarida davlat arbobi va tarixchi, ajoyib shoir va harbiy sarkarda,
geografik olim va ovchi sifatida gavdalanadi. Eski o`zbek tilida yozilgan ushbu asar
mohiyati va mundarijasi jihatidan Gerodot asari kabi o`ziga xos bir insoniy xujjatdir.
Bundan tashqari, “Boburnoma” muallifning o`zi ishtirok qilgan, yoki eshitgan tarixiy
voqealarni o`ta halollik bilan aks ettiruvchi bebaho yilnoma hamdir. Boburni esa huddi
mana shu sifati jihatidan jahonda»tarix otasi hisoblanmish Gerodotga qiyoslanadi.
Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” voqeiy-ilmiy-sarguzasht asari
mumtoz adabiyotimizning eng nodir nasriy namunasi sifatida hayotni haqqoniy aks
ettirgani, o`ziga xos uslubi bilan alohida qadrli. Navoiy nasriy asarlaridan so`ng
“Boburnoma” turkiy tilda yaratilgan badiiy, ilmiy nasr javohiri sifatida bugungi kunda
dunyodagi yuzlab yirik fan tadqiqotchilari diqqatini o`ziga tortib kelmoqda.
“Boburnoma”ning XVI asrdayoq adabiyotchilar, tarixchilar, umuman, ilm ahli
e`tiboriga sazovor bo`lgani ma`lum.
Ushbu qomusiy asar hozirgacha dunyoning o`ttizga yaqin tiliga tarjima bo`lgan.
Yaratilgan davrida forsiyga, XVII asrda golland tiliga, keyinchalik ingliz, fransuz,
nemis, ispan, xitoy, hind, yapon, turk, rus, qozoq va boshqa tillarga o`girilgan.
Boburnoma- jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik,
o`zbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asar. Bu asar “Boburiya”,
“Voqeoti Bobur”, “Voqeanoma”, “Tuzuki Boburiy”, “Tabaqoti Boburiy”, “Tavorixi
Boburiy” kabi nomlar bilan ham ma`lum. Boburning o`zi esa “Vaqoye”va “Tarix”
degan nomlarni ishlatgan. Boburnomada Osiyo, Afg`oniston va Hindistonda sodir
bo`lgan tarixiy-siyosiy voqealar yilma-yil o`ta aniqlik bilan bayon qilingan bo`lib, ular
muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bog`liqlikdir.
“Boburnoma” o`zida bayon qilingan voqealar jarayoniga ko`ra 3 qismga:
Boburning Movaraunnahr (1494-1504), Afg`oniston (1504-1526) va Hindiston (1526-
1529)dagi hukmronlik davriga bo`linadi. Birinchi qismda Boburning otasi
temuriylarning Farg`ona ulusi hokimi Umarshayx Mirzo xususida hamda Boburning
Farg`ona taxtiga o`tirishi, ammo temuriylar davlatida avj olgan taxt uchun kurash
oqibatida o`z ulusidan mahrum bo`lishi, Samarqand uchun Shayboniyxonga qarshi olib
borgan jang-u jadallarining behuda ketishi va nihoyat, toj-u taxtdan butunlay ajrab,
Hisor tog`lari orqali tahminan 250 navkar bilan Afg`onistonga yuz tutishi haqidagi
voqealar batafsil zikr qilingan. Ikkinchi qismda Boburning Kobulni zabt etgani, so`ng u
yerda mustaqil davlat tuzgani, Eron shohi Ismoil Safaviyning yordami bilan
Samarqandni yana ishg`ol qilgani, lekin Shayboniylardan yengilib, Kobulga qaytgani,
keyin esa Hindistonni zabt etishga hozirlik ko`ra boshlagani xususidagi voqealar bayon
etilgan. Uchinchi qism esa Boburning Dehli sultoni Ibrohim Lo`diyni mag`lub etib,
shimoliy Hindistonni bosib olgani va Boburiylar davlatini barpo qilgani haqidagi
ma`lumotlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |