"boburnoma" jahon tan olgan asar


Keywords: Boburnoma, Alisher Navoi. Zahiriddin Muhammad Babur, Fergana,  Afghanistan, India, Baburis  KIRISH



Download 487,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana07.07.2022
Hajmi487,76 Kb.
#755053
1   2   3   4   5
Bog'liq
boburnoma-jahon-tan-olgan-asar

Keywords:
Boburnoma, Alisher Navoi. Zahiriddin Muhammad Babur, Fergana, 
Afghanistan, India, Baburis 
KIRISH
Dunyo adabiyotshunosligida ming yil, bir necha yuz yillar davomida qadr 
qimmati yuksak boʻlib kelayotgan asarlar bor.Aynan shunday buyuk asarlar orasida 
ayniqsa Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari alohida ahamiyat kasb 
etadi. Ushbu asar Boburning butun hayoti davomida ko`rgan-kechirganlarini ro`y-rost 
tasvirlagani bilan boshqa asarlardan ajralib turadi.


SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 1077
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Bobur ushbu asarida davlat arbobi va tarixchi, ajoyib shoir va harbiy sarkarda, 
geografik olim va ovchi sifatida gavdalanadi. Eski o`zbek tilida yozilgan ushbu asar 
mohiyati va mundarijasi jihatidan Gerodot asari kabi o`ziga xos bir insoniy xujjatdir. 
Bundan tashqari, “Boburnoma” muallifning o`zi ishtirok qilgan, yoki eshitgan tarixiy 
voqealarni o`ta halollik bilan aks ettiruvchi bebaho yilnoma hamdir. Boburni esa huddi 
mana shu sifati jihatidan jahonda»tarix otasi hisoblanmish Gerodotga qiyoslanadi.
Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” voqeiy-ilmiy-sarguzasht asari 
mumtoz adabiyotimizning eng nodir nasriy namunasi sifatida hayotni haqqoniy aks 
ettirgani, o`ziga xos uslubi bilan alohida qadrli. Navoiy nasriy asarlaridan so`ng
“Boburnoma” turkiy tilda yaratilgan badiiy, ilmiy nasr javohiri sifatida bugungi kunda 
dunyodagi yuzlab yirik fan tadqiqotchilari diqqatini o`ziga tortib kelmoqda. 
“Boburnoma”ning XVI asrdayoq adabiyotchilar, tarixchilar, umuman, ilm ahli 
e`tiboriga sazovor bo`lgani ma`lum.
Ushbu qomusiy asar hozirgacha dunyoning o`ttizga yaqin tiliga tarjima bo`lgan. 
Yaratilgan davrida forsiyga, XVII asrda golland tiliga, keyinchalik ingliz, fransuz, 
nemis, ispan, xitoy, hind, yapon, turk, rus, qozoq va boshqa tillarga o`girilgan.
Boburnoma- jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik, 
o`zbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asar. Bu asar “Boburiya”, 
“Voqeoti Bobur”, “Voqeanoma”, “Tuzuki Boburiy”, “Tabaqoti Boburiy”, “Tavorixi 
Boburiy” kabi nomlar bilan ham ma`lum. Boburning o`zi esa “Vaqoye”va “Tarix” 
degan nomlarni ishlatgan. Boburnomada Osiyo, Afg`oniston va Hindistonda sodir 
bo`lgan tarixiy-siyosiy voqealar yilma-yil o`ta aniqlik bilan bayon qilingan bo`lib, ular 
muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bog`liqlikdir. 
“Boburnoma” o`zida bayon qilingan voqealar jarayoniga ko`ra 3 qismga: 
Boburning Movaraunnahr (1494-1504), Afg`oniston (1504-1526) va Hindiston (1526-
1529)dagi hukmronlik davriga bo`linadi. Birinchi qismda Boburning otasi 
temuriylarning Farg`ona ulusi hokimi Umarshayx Mirzo xususida hamda Boburning 
Farg`ona taxtiga o`tirishi, ammo temuriylar davlatida avj olgan taxt uchun kurash 
oqibatida o`z ulusidan mahrum bo`lishi, Samarqand uchun Shayboniyxonga qarshi olib 
borgan jang-u jadallarining behuda ketishi va nihoyat, toj-u taxtdan butunlay ajrab
Hisor tog`lari orqali tahminan 250 navkar bilan Afg`onistonga yuz tutishi haqidagi 
voqealar batafsil zikr qilingan. Ikkinchi qismda Boburning Kobulni zabt etgani, so`ng u 
yerda mustaqil davlat tuzgani, Eron shohi Ismoil Safaviyning yordami bilan 
Samarqandni yana ishg`ol qilgani, lekin Shayboniylardan yengilib, Kobulga qaytgani, 
keyin esa Hindistonni zabt etishga hozirlik ko`ra boshlagani xususidagi voqealar bayon 
etilgan. Uchinchi qism esa Boburning Dehli sultoni Ibrohim Lo`diyni mag`lub etib, 
shimoliy Hindistonni bosib olgani va Boburiylar davlatini barpo qilgani haqidagi 
ma`lumotlardan iborat. 



Download 487,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish