Boqi Chag„oniyoniy
dir. U Bobur saltanatida taniqli beklardan bo‗lib,
butun umri davomida Bobur shaxsi va saltanatiga raqib sifatida bo‗lgan. Unga ko‗p
daf‘a xiyonatkorona harakatlar qilib, Boburning ixlosini qaytargan, bu harakatlari
bilan nafaqat saltanatga, balki oilasiga ham ziyon yetkazgan.
Boqi Chag‗oniyoniyning akasi Xisravshoh (yuqorida Xisravshoh shaxsiyati
tahlili berildi) tarixiy shaxs sifatida keng doirada tasvirlanmagan bo‗lsa ham, uni
temuriylar xonadoniga, ayniqsa Bobur saltanatida tutgan o‗rni va unga nisbatan
asosan raqiblarcha munosabatda bo‗lganini ko‗rdik. Bu ikki aka-ukaning Boburga
bo‗lgan munosabati bir xilda edi, deb bo‗lmaydi, albatta. Xisravshoh ko‗proq
ochiqdan ochiq Boburga qarshi harakatlar qilib, unga raqibligini oshkora namoyish
etgan bo‗lsa, Boqi Chag‗oniyoniy murakkab shaxs – do‗stligini ham, dushman
ekanini ham anglash biroz mushkul. Chunki u ba‘zida payt poylab kutilmaganda
Boburga qarshi harakat qilardi, ba‘zida hududida mustaqil hukmronlik qilishni
ma‘qul ko‗rardi. Har ikki aka-uka ham Boburning boshiga ko‗p kulfatlar solishgan,
saltanat ishida ko‗p muammolar yuzaga kelishiga ―hissa‖ qo‗shganligi bilan
mashhur. Boburshunos olim ham bu haqida shunday deydi: Boqi Chag‗oniyoniy
obrazida Bobur o‗zga beklarga xos bo‗lmagan shaxs siymosini yaratdi. Uning
urush olib borishida mustaqilligi, mardligi, o‗zini o‗zi boshqara olishi, elni o‗ziga
bo‗ysundirish xususiyatlarini haqqoniy tarzda tan oladi, ko‗p soliqlardan ozod
qiladi, bir necha viloyatga bosh etib, shaxsiyatini e‘zozlaydi. Biroq Chag‗oniyoniy
bu yaxshiliklarga arzigulik javob bermaydi, aksincha, ―anvoyi beadabliqlar va
yamonliqlar andin voqe‘―
19
bo‗lganini ta‘kidlaydi.
Shu o‗rinda Boburning ular shaxsiyati haqidagi fikrlariga e‘tibor beraylik:
“Boqi Chag'oniyoniy Amu yoqasida kelib, bizga qo„shulg„ali andin e‟tiborroq va
ixtiyorroq kishi yo„q edi, har so„z desa, har ish qilsa so„z aning so„zi edi, ish aning
ishi edi” (“B1”. 266-bet)
.
Bobur garchi Boqi Chag‗oniyoniyni ijobiy tomondan
baholab, u temuriylar orasida yuksak obro‗ e‘tibor topganligini ko‗rsatsa,
“bizga
qo„shilgani, andin e‟tiborroq va ixtiyorroq kishi yo„q edi”
, ya‘ni eng badavlat,
ixtiyori o‗zida bo‗la turib, bizga qo‗shini bilan kelib qo‗shilgani bu – uning
mag‗lubligi edi, - degan xulosaga keladi.
Bobur Boqi Chag‗oniyoniy haqidagi tasvirlarni berishda badiiy tasvir
vositalaridan mohirona foydalanganini ko‗rish mumkin. Masalan,
Agarchi andin
xizmatikim, shoyista bolg„ay va insoniyatikim boyista bo„lg'ay, hargiz zuhurg'a
kelmadi, balki anvoyi beadabliqlar va yamonliqlar andin voqe bo„ldi” (“B1”. 266-
bet)
jumlalarida sa‘j qo‗llanilgan bo‗lsa, uning salbiy xislatlarini tasvirlashda
tazoddan foydalanadi:
“balki anvoyi beadabliqlar va yomonliqlar andin voqi‟
bo„ldi”
. Uning salbiy jihatlarini ketma-ket sanab o‗tadi. ―Boburnoma‖da Boqi
Chag‗oniyoniyning salbiy xislatlari nihoyasi yo‗qdek taassurot uyg‗otadi.
Tasvirdagi har bir holat uning o‗ta ketgan g‗ayri insoniyligini, xudbin va o‗zini
himoyalashda boricha imkon qidiradigan shaxs ekanligini ko‗rsatadi. Uning Bobur
saltanatidagi farmonlarni, tartib qoidalarni pisand qilmay, tan olmasdan o‗z holicha
ish ko‗rishi oddiy hol sanaladi. Bu esa uning muvaqqat g‗olibligining oxiri
mag‗lublik ekanini barcha boyligi va lashkari bilan Bobur qo‗shinlari safiga
ixtiyoriy qo‗shilganida yaqqol ko‗rish mumkin:
“…bovujudkim meni podshoh
ko„tarib edi, naqorasini o„zining eshigida choldurur edi. Hech kim bila sof emas
edi, hech kimni ko„ra olmas edi. Kobulning hosilikim bor tamg„adindur, tamg„ani
olib va Kobulning dorug„alig„i va Panchhir va Kadiy Hazora va Ko'shkak va eshik
19
H.Qudratullayev. Boburning adabiy-estetik olami.
–
Toshkent: “Ma’naviyat”
–
2018, 272-b (217-b)
ixtiyori tamom anda edi. Ushmuncha rioyat topib aslo rozi va shokir emas edi.
Bovujudkim, ne nav‟ fosid xayollar qilib edi, nechukkim mazkur bo„ldi, aslo
o„zumizga olmaduk, yuziga solmaduk, ham isha noz, qilib ruxsat tilar edi”.
Boqi
Chag‗oniyoniy Bobur qo‗l ostidagi bek bo‗la turib bu qadar nonko‗rlik va
andishasizlik qilishi har qanday hukmdorning toqatini toq qilar edi. Shunda ham
Bobur
“aslo o„zimizga olmaduk, yuziga solmaduk”,
- deb, o‗zining qat‘iyatli
irodasini, yuksak e‘tiqodini, mukammal tarbiyasini namoyon qiladi. Bobur
vazminlik, bosiqlik bilan ish ko‗radi:
“uzrxohliqlar bila man‟ qilur eduk. Bir-ikki
kun bosilib, yana ruxsat maqomida bo„lur edi. Nozi va ruxsati haddin oshti”,
“Nozi va ruxsati (tilashi) haddin oshti, biz ham aning axloq va af‟olidin jong„a
yettuk, ruxsat berduk. Ruxsat tilagandin so„ng pushaymon bo„ldi, iztiroblar qila
kirishti, foyda qilmadi. Manga aytturub yiboribturkim, shart qilib edilarkim,
to„qquz gunoh mendin sodir bo„lmag„uncha so„rmag„aylar. Men Mullo Bobodin
o„n bir gunohini birar-birar xotirnishon qilib aytib yibordim. Mulzam bo„ldi
”
(“B1”. 267-bet).
Bobur bu holatda adolat bilan ish tutadi, uni insofga chaqirish
uchun barcha gunohlarini ko‗rsatib, aniq dalillar asosida isbotlaydi va oxiri
qalamravidan chiqib ketishga ruxsat beradi:
“Ko„ch va moli bila Hinduston
tarafig„a ruxsat berildi. O„zining bir necha navkarlari Xaybardin o„tkarib
keldilar”
(“B1”. 267-bet).
Shu o‗rinda Boqi Chag‗oniyoniyning Boburga nisbatan qilgan qilmishlari,
xiyonatlarining ayrimlariga e‘tibor qaratsak. Boqi Chag‗oniyoniy Bobur uchun
siyosiy holat juda murakkab bo‗lgan bir paytda uning yonidan ukasi Jahongir
mirzoni olib, Xuroson sari ketadi. Boburga qarshi fitna uyushtirgan g‗animlari
yoniga kirib, uning harbiy kuchini ikkiga bo‗lish payiga tushadi. Bobur qo‗l
ostidagi bek bo‗la turib bu taxlit ish tutishiga nima deyish mumkin? Ana shu
vaziyatni tasvirlagan Bobur shunday yozadi:
“Holo ushbu fursatta Jahongir
mirzog„a Xuroson sari xayr va xo„bluq bila ruxsat berilsakim, tonglaliq kunda
mujibi nadomat va pushaymonliq bo„lmag„ay. Chun mening sha‟nimda bu emas
edikim, og„a-ini va uruq-qayoshtin har necha izoyliq voqi‟ bo„lsa, mendin
mutanaffir bo„lg„aylar. Agarchi Jahongir mirzo bila bizning oramizda burun mulk
va navkar jihatidin kuduratlar va niqorlar xeyli bo„lub edi, vale bu navbat ul
viloyattin mening bila hamroh bo„lub kelib edi…. Oxir Boqibek aytqondek, o„shul
mufattinlarkim, Yusuf Ayyub va Bahlul Ayyub bo„lg„ay, mening qoshimdin
Jahongir mirzog„a qochib borib sharr va fitna maqomida bo„lib Jahongir mirzoni
mendin ayirib, Xuroson elttilar”
(“B1”. 203-bet).
Bunda Bobur ukasi Jahongir
mirzoning temuriy shahzoda bo‗la turib raqiblari safiga qo‗shilishi, uni yolg‗iz
qoldirib Xurosonga borishi – bularning hammasi Boqi Chag‗oniyoniyning
harakatlari bois amalga oshganini aniq dalillar bilan ko‗rsatib bermoqda.
Bu kabi holatlarni muallif ―Boburnoma‖da talaygina keltiradi. Boqibek
akasi Xisravshoh bilan ko‗pincha o‗zaro kelishmasa ham, ba‘zida hamfikr bo‗lib
Boburga qarshi ish ko‗radilar, uning saltanatidagi yutuqlarni ko‗ra olmaydilar.
Bobur Boqibekning akasi Xisravshohni ―Bobur tomoniga o‗tishini ixtiyor qilganda
“qulluq va davlatxohliq izhor qilib, istid‟o qilibturkim, agar ahd qilsalar, qulluqqa
kelgumdur”
, degan qarorini eshitib
“Chun Boqi Chag„oniyoniy ixtiyor edi, har
nechakim, o„zini davlatxoh tutar edi, og„asining tarafini ham qo„ymas edi. Ul
barin bo„ldi. Bu yo„sunluq ahd bo„ldukim, aning joni amonda bo„lg„ay. Molig„a
ham ne miqdorkim, o„zi ixtiyor qilsa, muzoyaqa bo„lmag„ay”
(“B1”. 267-bet),
-
deydi.
Boqi Chag‗oniyoniy Bobur saltanatida shunchalik imkoniyatga, mol-mulkka
ega kishi bir lahzada akasi Xisravshoh singari mag‗lub bo‗lib, boyligi, mol-holini
olib Hindiston sari ketishga majbur bo‗ladi. Uning yurtdan haydalgan tarzda
chiqib ketishi – mag‗lublikni bo‗yniga olib badarg‗a bo‗lishiga o‗zining qilmishi,
kasri nafsi sabab bo‗ladi. Boburning hamiyati, mardligi bois Boqi
Chag‗oniyoniyning na moliga, na boyligiga, na ahli oilasi va ahli haramiga daxil
qilinmaydi. Boqi Chag‗oniyoniy o‗zining xasisligi, yurtga xiyonati, g‗ayri insoniy
fe‘li bois, oxir oqibat Allohning qahriga uchraydi, o‗z qilmishi o‗zining boshiga
yetadi
Do'stlaringiz bilan baham: |