Boburning portret yaratish mahorati


Bobur xizmatida bo‗lgan beklardan  Ahmad Tanbal



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/66
Sana16.06.2022
Hajmi1,23 Mb.
#676979
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
Bog'liq
Norqulova Maftuna MD(1)


Bobur xizmatida bo‗lgan beklardan 
Ahmad Tanbal
va 
Uzun Hasan
ham 
unga xiyonat qilishadi va ashaddiy dushmanlariga aylanishadi. Ular haqida Bobur 
shunday deydi: 
“Uzun Hasan va Tanbal zolim va fosiq va kofirvash ellar edi, 


raiyat va viloyat ellari bulardin bisyor og'rib edilar” (“B1”. 267-bet). 
Tasvirda 
keltirilishicha, ular buzg‗unchi, zolim va kofirtabiat kishilar bo‗lgan va ularning 
zolimligidan xalq juda ozor chekkan.
―Boburnoma‖da muallif hayoti davomida kishilarga faqat zulm o‗tkazgan, 
davlatga xiyonat qilgan, munofiq kishilarning taqdiri qanday yakun topishini, 
unday shaxslarning ma‘naviy mag‗lubligini Boqi Chag‗oniyoniy shaxsiyati 
misolida yaqqol ko‗rsatib bergan.
Boburning bir qancha keskin harakatlari bilan Hindiston egallandi. 
Ibrohim 
Lo„diy
saltanatida otasi va bobosidan qolgan yirik xazina mavjud bo‗lib, u bu 
pullarga yanada ko‗proq qo‗shin yollashi mumkin edi. Bobur fikricha, Ibrohim 
Lo‗diy uning boshqa raqiblariga umuman o‗xshamaydi. U faqat ochko‗zgina bo‗lib 
qolmay, tajribasiz, qilayotgan ishlarini,xatti-harakatlarini eplolmaydigan, urush 
oqibatlarini bilmaydigan noshud rahbar va qilayotgan ishlarini rejasiz bajaradigan 
hukmdor edi.
Bobur, avvalo, raqibi Ibrohim Lo‗diy xarakterining nozik jihatlarigacha, oila 
aʼzolari, onasi, xullas, kerakli deb hisoblagan jamiki maʼlumotlarga ega 
bo‗lganidan so‗nggina unga qarshi kurashga kiradi. Masalan, Ibrohim Lo‗diy 
qanchalik boy bo‗lmasin, tabiatida mumsiklik g‗olibligini bilgan Bobur 
Hindistonni zabt etgandan so‗ng Ibrohim qo‗l ostidagilarni o‗ziga tobe etib, yer, 
mulk, katta inʼomlar beradi. Asarda Ibrohim Lo‗diy haqidagi ilk ma‘lumotlar 
quyidagi o‗rinda keltiriladi: 
“G„ozixonning ustiga ilg„or ayirg„ondin so„ng himmat 
rikobig„a oyoq qoyub, tavakkul inonig„a ilik urub, Sulton Ibrohim binni Sulton 
Iskandar binni Sulton Bahlul Ludiy afg„onning ustig„akim, ul tarixda Dehli 
poytaxti va Hinduston mamoliki aning taxti tasarrufida edi, hozir cherigini bir lak 
derlar edi, o„zida va beklarida mingga yovuq fil chenarlar edi mutavajjih bolduk”. 
Demak, o‗sha yillari Dehli va Hindiston yerlari Ibrohim Lo‗diy tasarrufida edi. 
Lashkarlari esa yuz ming kishini tashkil qilgan. O‗zi va uning xizmatida bo‗lgan 
fillarning hisobi mingtaga yaqin bo‗lgan.
Hindistonda Ibrohim Lo‗diydan keyingi Bobur raqiblaridan eng kuchlisi 
rajputlar sardori Roja Raana Sangaa edi. U qudratli mustaqil hind hukmdorlaridan 


bo‗lib, deyarli 100 ming qo‗shinga ega bo‗lgan harbiy sarkarda edi. Uning harbiy 
rejasidan xabar topgan Boburshoh bu kuchli g‗animiga qarshi jiddiy tayyorgarlik 
ko‗ra boshlaydi. U g‗anim qo‗shinlari bosib o‗tishi ehtimoli bo‗lgan Bihar, 
Gvaliyar, Dibalpur kabi shahar hokimlari bilan do‗stona diplomatik aloqalar 
bog‗lab, ularni o‗z tomoniga ag‗darib olishga muvaffaq bo‗ladi.
 
Xullas, muallifning do‗stlari, navkarlari davrasida naqadar mard, tanti, qo‗li 
ochiq inson bo‗lganini tasavvur qilamiz. Do‗stlar davrasida mutoyiba yo‗lida 
she‘rlar yozilgani, mushoiralar bo‗lganini ham eslaydi. U kimdir haqida ma‘lumot 
berar ekan, uning fazilatlarini sanay turib, kamchiligini ham unutmaydi. Hatto 
dushmanlari tasvirida ham ularning qusurlarini sanay turib, hech bo‗lmaganda 
―tab‘i nazmi‖ borligini e‘tirof etadi. Shu bois ham, uning ―Rosti shu ediki, yozildi‖ 
degan gapi mutlaq ishonarli. 
 
Ushbu bobdagi tahlillardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 
1.
―Boburnoma‖ Bobur yaratgan shaxslar portreti ichida o‗sha davr 
harbiylari, hukmdorlardan tortib oddiy navkarlargacha bo‗lgan kishilar tasviri 
berilgan.
2.
Boburning qo‗l ostidagi kishilarni yaxshi taniganligini, o‗rni kelganda 
ularni tanqid qilganligini, o‗sha davrning illatlari, toj-u taxt uchun kurashlarini 
ko‗ra olish imkoniga ega bo‗lamiz. Bundan tashqari, aynan shu portretlar orqali 
muallifning mahorat bilan kishi xarakteri, dunyoqarashini ochishi, uning yuksak 
san‘atkor sifatidagi xususiyatini ham kuzatish mumkin.
3.
―Boburnoma‖da eng ko‗p uchraydigan obrazlardan biri amirlar 
obrazidir. Asarda Husayn Boyqaroning 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish