Fizika
76. X oʻqi boʻylab harakatlayotgan jism tezligining vaqtga bogʻlanishi v=6-4t (m/s) koʻrinishda boʻlsa, quyidagi tenglamalardan qaysi biri koʻchish tenglamasiga mls keladi?
A) S=6t-2t²
B) S=6t+4t²
C) S=6t-4t²
D) S=10+3t+2t²
77. 140 m/s tezlik bilan tik yuqoriga otilgan jismning tezligi moduli qancha vaqtdan soʻng 20 m/s boʻladi (s)?
A) 12
B) 14
C) 16
D) 12 va 16
78. Avtomobil yo’lning birinchi yarmini 60 m/s, ikkinchi yarmini esa 30 m/s tezlik bilan o’tdi. Avtomobilning butun yo’l davomidagi o’rtacha tezligini toping (m/s).
A) 35
B) 40
C) 50
D) 30
79. Mushuk aylanani 40 s da 5 marta aylanib chiqdi. Uning aylanish davrini toping (s)?
A) 200
B) 8
C) 35
D) 20
80. Jismning tangensial tezlanishi 6 m/s² va natijaviy tezlanishi 10 m/s² boʻlsa, markazga intilma tezlanish nimaga teng (m/s²)?
A) 16
B) 4
C) 2
D) 8
81. 10 m/s tezlik bilan gorizontal otilgan jismning otilish balandligi va uchish uzoqligi teng boʻlsa, jism qanday balandlikdan otilgan (m)?
A) 10
B) 30
C) 20
D) 40
82. Har bir temir yoʻl sisternasining hajmi 25 m³. 1000 t neftni tashish uchun nechta temir yoʻl sisternasi kerak? Neftning zichligi 800 kg/m³.
A)50
B) 20
C) 80
D) 40
83. Har birining massasi 4 kg boʻlgan 3 ta gʻisht ustma-ust qoʻyilgan. Oʻrtadagi gʻishtni sugʻirib olish uchun kamida qancha kuch qoʻyish kerak (N)? Gʻishtlar orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0.4
A) 48
B) 16
C) 32
D) 64
84. Vagon qiyaligi 0.05 boʻlgan tepalikdan tushmoqda. Vagon 100 m yoʻlni qancha vaqtda bosib oʻtadi? Ishqalanish kuchi hisobga olinmasin.
A) 25
B) 40
C) 10
D) 20
85. Massasi 5 kg boʻlgan brusok vertikal devorga 100 N kuch taʼsirida siqilmoqda. Ishqalanish koeffitsientining qanday qiymatida brusokni yuqoriga tekis koʻtarish uchun 80 N kuch kerak boʻladi?
A) 0.1
B) 0.3
C) 0.25
D) 0.2
86. Kuchar blok ishdan necha marta yutuq beradi?
A) 2 marta
B) 3 marta
C) 4 marta
D) ishadan yutuq bermaydi
87. Agar avtomat oʻqining massasi 4 g, tezligi 500 m/s va otish vaqtidagi orqaga taʼsir qiluvchi reaksiya kuchi 20 N boʻlsa, avtomat 20 s da nechta oʻq chiqaradi?
A) 300
B) 100
C) 200
D) 400
88. 180 km/soat tazlik bilan ketayotgan poyezd tezligini 144 km/soat gacha kamaytirish uchun qancha ish bajarish kerak (MJ)?
A) 270
B) 300
C) 230
D) maʼlumotlar yetarli emas
89. 108 ot kuchi necha joul?
A) 1080
B) 81308
C) 79500
D) 88130
90. Massasi 200 kg va uzunligi 4 m boʻlgan bir jinsli toʻsin uchlaridan bir xil uzoqlikdagi tayanchlarda yotibdi. Tayanchlar orasidagi masofa 3 m. Toʻsinning bir uchidan biroz koʻtarish uchun kamida qanday kuch kerak (N)?
A) 800
B) 857
C) 1000
D) 455
91. Gidravlik press kichik porshenining yuzasi 8 sm², katta porsheniniki 800 sm². Kichik porshenga 600 N kuch berilganda, katta porshendan 54 kN olindi. Gidravlik pressning FIKini toping (%)?
A) 90
B) 80
C) 70
D) 60
92. 100 g tilla ( zichligi 19.3 g/sm³) va 100 sm³ misdan ( zichligi 8.9 g/sm³) iborat qotishmaning zichligini toping (g/sm³).
A) 8.24
B) 9.24
C) 10.42
D) 9.41
93. Vodorod gazi molekulasining -193⁰C temperaturadagi oʻrtacha kvadratik tezligi nimaga teng (m/s)?
A) 550
B) 1000
C) 500
D) 800
94. Koʻl tubidagi havo pufagi suv yuziga chiqquncha 4 marta kattalashdi. Pufak qanday chuqurlikdan koʻtarilgan (m)? T=const
A) 5
B) 15
C) 20
D) 10
95. 20 litr sigʻimli ballonda 831 kPa bosim ostida va 17⁰C temperaturada turgan vodorodning massasini toping (kg)?
A) 0.0138
B) 0.205
C) 0.126
D) 0.0265
96. Qoʻrgʻoshin oʻq 200 m/s tezlik bilan uchib tuproqqa kirib qoldi. Oʻqning 78 % energiyasi ichki energiyaga aylangan boʻlsa, u necha kelvinga isiydi? c=130 J/kg·K
A) 100
B) 30
C) 60
D) 120
97. q va 3q zaryadli 2 ta bir xil metal sharcha bir biriga tekkizildi va avvalgi vaziyatga qaytarildi. Bunda ularning oʻzaro taʼsir kuchi qanday oʻzgaradi?
A) 1.75 marta kamayadi
B) 0.75 marta ortadi
C) 1.75 marta ortadi
D) 0.75 marta kamayadi
98. Zaryadlangan cheksiz tekislikdan 10 sm masofadagi elektr maydon kuchlanganligi 100 V/m boʻlsa, undan 20 sm masofadagi maydon kuchlanganligi qanday (V/m)?
A) 25
B) 50
C) 100
D) 200
99. Sigʻimi 2 mkF boʻlgan kondensator 110 V kuchlanishgacha zaryadlangan. Soʻngra uni tarmoqdan uzib sigʻimi nomaʼlum boʻlgan kondensatorga parallel ulanadi. Kondensator bunda 44 V kuchlanishgacha zaryadlandi. Ikkinchi kondensatorning sigʻimini aniqlang (mkF)?
A) 12
B) 6
C) 3
D) 8
100. Oʻtkazgichdan oʻtayotgan tok kuchi 10 s davomida 1 dan 5 A gacha chiziqli ortgan boʻlsa, shu vaqt ichida oʻtkazgich koʻndalang kesim yuzasidan qancha zaryad oʻtgan (C)?
A) 25
B) 50
C) 40
D) 30
101. Koʻndalang kesim yuzi 0.5 sm² boʻlgan aluminiy simning qarshiligi 2.8 Om. Simning uzunligini toping (m). Aluminiyning solishtirma qarshiligi 0.028 Om·mm
A) 5
B) 50
C) 5000
D) 500
102. Voltmetrning qarshiligi 1125 Om. Unga 5625 Omlik qarshilik ketma-ket ulansa, uning oʻlchash chegarasi necha marta ortadi?
A) 6
B) 5
C) 4
D) 3
103. 220 V kuchlanishli tarmoqda 3 A tok bilan ishlaydigan elektr plitada 10 minut davomida -10⁰C temperaturali qancha muzni eritish mumkin (kg)? Qurilmaning foydali ish koeffitsiyenti 80 %, muzning solishtirma issiqlik sigʻimi 2090 J/kg·K va solishtirma erish issiqligi 335 kJ/kg
A) 0.64
B) 0.89
C) 0.53
D) 0.27
104. Har birining quvvati 400 W boʻlgan 2 ta lampochka tarmoqqa ketma-ket ulansa, umumiy quvvat qanday boʻladi (W)?
A) 100
B) 50
C) 200
D) 800
105. Ichki qarshiligi 4 Om va EYuK 12 V boʻlgan element 8 Om qarshilik bilan tutashtirilgan. Birlik vaqtda tashqi zanjirdan qancha issiqlik miqdori ajraladi (J)?
A) 8
B) 4
C) 6
D) 12