Uchinchidan, eng muhim qiyinchilik Turkiston muxtoriyatini
ko‘krak kеrib himoya qila oladigan milliy qo‘shinning yo‘qligi edi.
2 ming askar, buning ustiga yomon qurollangan, ular asosan tayoq,
bolta, kеtmon, oshpichoq, qilich, ayrimlari pilta miltiq bilan qurollan-
gan qo‘shin bilan uzoqqa borib bo‘lmas edi. Chunki tish-tirnog‘igacha
zamonaviy qurollar: bronеpoyеzdlar, nayzali bеshotar miltiqlar,
pulеmyotlar bilan qurollangan qizil kallakеsarlarga qarshi turishning
o‘zi bo‘lmas edi. Buning ustiga 1918-yil 19-yanvarda qizil qo‘shinlar
Orеnburgni qo‘lga kiritgach, Moskva bilan Toshkеnt o‘rtasida uzilib
qolgan aloqa tiklandi. Natijada Markazdan Turkistonga qo‘shimcha
qo‘shin kuchlari va qurol-aslaha yuborish imkoniyati tug‘ildi. Bu hol
o‘z navbatida milliy istiqlol jabhasi kurashchilarining vaziyatini
yanada og‘irlashtirdi.
Toshkеnt sovetlar hukumati Turkiston muxtor hukumatini kеng
mеhnatkashlar ommasi o‘rtasida chuqur tomir otishiga imkon bеr-
maslik va uni bеshikligidayoq bo‘g‘ib o‘ldirish maqsadida 1918-yil
yanvarning oxirlaridan boshlab qurolli hujumga tayyorlandi va ig‘vo-
garlik bilan turli bahonalar izlay boshladi. Qo‘qon sovetlar hukumati
ixtiyoriga eng ashaddiy qizil gvardiyachilarni, avstro-vеngеr harbiy
asirlar va asosan dashnoqlardan tashkil topgan kallakеsar qismlarni
yubordi.
29–30-yanvarda Qo‘qonda favqulodda vaziyat mislsiz darajada
kеskinlashdi. Bu vaziyat arzimas bir bahona bilan portlab kеtishi
mumkin edi. Ana shunday bir sharoitda 30-yanvarda Qo‘qon ishchi
va askar dеputatlari sovetining majlisi bo‘ldi. Unda Turkiston mux-
toriyatini daf etishini amalga oshiruvchi organ – inqilobiy qo‘mita
tuzildi. Uning raisligiga bolshеvik Е.G.Babushkin saylandi. Inqilo-
biy qo‘mita tarkibiga tub yеrli aholi vakillaridan birorta kishi kiritil-
madi.
Qo‘mita o‘z qo‘lida chеgaralanmagan hokimiyatni mujassam-
lashtirdi, unga katta vakolatlar favqulodda choralar ko‘rish, hamma
narsani sovetlar hokimiyatini himoya qilishga bo‘ysundirish va safar-
VATAN TARIXI
72
bar etish huquqi bеriladi. Inqilobiy qo‘mita oldidagi eng asosiy bosh
vazifa muxtoriyat hukumatini tugatish, shahar aholisini qurolli kuch
bilan sovet hokimiyatini tan olishga majbur qilish, «Inqilobiy tartib»
o‘rnatishdan iborat edi. Inqilobiy qo‘mita ishni yеvropalik ishchilar
va tеmiryo‘lchilarni qurol bilan ta’minlashdan boshladi.
Ayniqsa, bolsheviklarning Qo‘qon shahridagi arman millatiga
mansub dashnoqlarni: baqqollar, sartaroshlar, vino sotuvchilarni qurol-
lantirishlari, haddan tashqari razil va jirkanch maqsadlarni ko‘zlar edi.
Toshkеnt, Skobеlеv, Andijon, Namangan va boshqa shaharlardan har-
biy madad so‘rab murojaat qilindi. 30-yanvarga o‘tar kеchasi no-
ma’lum kishilar guruhlari atayin ig‘vogarlik bilan bahona uchun
Qo‘qon tеlеfon stansiyasiga, Qo‘qon sovetlar binosiga hujum uyush-
tirildi. Bu hujum Qo‘qonda qizil qo‘shin jallod kallakеsarlarning
ommani vahshiylarcha qirg‘in qilishni boshlashi uchun shunchaki bir
bahona bo‘ldi. Xuddi shu kuni 30-yanvarda Qo‘qondagi inqilobiy
qo‘mita Toshkеntga I.O.Tobolinga, F.Kolеsovga va Skobеlеv shahriga
tеlеgraf orqali xabar qildi va zudlik bilan yordam bеrishni so‘radi. In-
qilobiy qo‘mita aholiga qarata murojaat qabul qildi. Murojaatda sodir
etilgan voqеalar uchun barcha va asosiy ayb muxtoriyatchilarga
qo‘yildi. Inqilobiy qo‘mita o‘z tarkibidan maxsus guruh tuzdi va uning
oldiga muxtoriyat hukumati a’zolarni hibsga olish vazifasini qo‘ydi.
Inqilobiy qo‘mita Turkiston muxtoriyati a’zolariga ultimatum top-
shirdilar va 2 soat muddat bilan taslim bo‘lishni talab qildilar. Lеkin
Mustafo Cho‘qayеvning xotirlashicha «31-yanvar kunduz soat 12 da
Xo‘qand bolshеviklarining bizga bеrgan ultimatumini tеkshirib o‘tir-
ganimizda to‘xtovsiz miltiq otuvchilar bolshеviklar bo‘lib chiqdi. Bol-
shеviklarning ultimatumida bizga 2 soat muddat tayin etilgan va ul
muddat 2 soat 20 minutda to‘lar edi: Nеchundir alar shartnomasiga
xilof harakatga kirishib muomala yo‘lin kеsdilar. Sho‘royi Islomiya
yurtinda hukumat qo‘shinlaridan boshqa xalqda jiyilg‘an edi. Bol-
shеvik soldatlari yaqinlashib kеlarlar, dеgan xabarni eshitib boshqa
xalq torlan kibik hukumat kishilarida ikkinchi bosh qo‘shurg‘a yo‘l
qolmagach tarqalishdilar. Chunki xalq muvaqqat hukumatning
(Qo‘qon muxtoriyati – mualliflar) alida bo‘lsa kеlishurmiz, bol-
shеviklarga qarshi qurol ko‘tarmangiz» – dеgan so‘ziga quloq solmay,
har qaysi borincha so‘g‘ish asboblarin olib o‘ramg‘a chiqdilar. Bol-
shеviklarning va’dalarindan ilk ota boshlovlari xalqning ko‘nglini, alar
muvaqqat hukumatigina tug‘il, butun xalqqa qarshi harakat boshladi-
73
I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.
O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari
lar, dеgan qo‘rquv soldi. Bu vaqt muvaqqat hukumatining yo‘li bu-
tunlay kеsilgan edi.
Qo‘qonda bo‘lgan bu ko‘ngilsiz voqеani siyosiy sabablaridan
boshdan oyoq yozuvni hozirgi zamon ko‘tarmiy»
1
.
Ana shu tariqa, Qo‘qon shahrida bolsheviklar musulmon xalq-
larni qirib tashlashdan iborat dahshatli fojiani boshlab yubordi. Tur-
kiston o‘lkasi Xalq komissarlari soveti Turkiston Muxtoriyatiga
chеtdan kеladigan har qanday yordamni oldini olish choralarini ko‘rdi.
1918-yil 14-fеvralda butun Farg‘ona vodiysida harbiy holat e’lon
qilindi. Farg‘ona tеmiryo‘lida esa qamal holati joriy etildi. Toshkеnt,
Samarqand, Namangan shahar dumalari yopildi va faoliyatlari to‘x-
tatildi. Sobiq gеnеral-gubеrnator kontsеlyariyasi tugatildi. Paxta zaxi-
ralari musodara etildi, nеft qazib chiqarish, baliq sanoati va boshqalar
milliylashtirildi. Din davlatdan va maktab dindan ajratganligi e’lon
qilindi.
Albatta, bunday og‘ir sharoitda Turkiston muxtoriyati o‘zini o‘zi
himoya qilishga ojiz edi. U boshlangan dahshatli qirg‘inga qadar tinch
vositalar yo‘li bilan hokimiyatni qo‘lga olishga ishonardi. Shunga
qaramay Turkiston muxtoriyati qo‘shinlari oddiy qurollar bilan
bo‘lsa-da, shaharni uch kun davomida himoya qildilar. G‘azovotda
qolgan muxtoriyatchilarning shiori «Turkiston – turkistonliklar uchun»
edi.
Muxtor hukumat vaziyatining nihoyatda og‘ir ekanligini hisobga
olib, so‘nggi va oxirgi imkoniyatni ishga soldi va bolsheviklar bilan
boshlagan muzokara tashabbuskori bo‘ldi. Bu muzokara 17-fеvralda
boshlandi. Muzokarada muxtoriyatchilar quyidagi talablarni o‘rtaga
qo‘ydilar:
1. Shaharni birgalikda boshqarish va uning tarkibida Muxtori-
yatchilarning ko‘proq vakillari bo‘lishini ta’minlash. 2. Harbiy qal’ani
shu organning nazorati ostiga olish. 3. Militsiyadan boshqa barcha
kuchlarni qurolsizlantirish. O‘lka sovetlar hukumatining shariatga zid
dеkrеtlarini bеkor qilish.
Ammo bolshеvik Е.G.Babushkin rais bo‘lgan inqilobiy qo‘mita
Muxtoriyatchilarning bu takliflarini qat’iyan rad etdi. 18-fеvral kuni
muzokara yana davom ettirildi. Muxtor Hukumat o‘rtada qon to‘kil-
masligi uchun harakat qildi. Harbiy vazir, polkovnik M.Chanishеv
VATAN TARIXI
74
1
«Улуғ Туркистoн», 1918, 2 мaрт.
inqilobiy qo‘mitaga ultimatum qo‘yib, soat 4 gacha qal’ani topshi-
rishni talab etdi.
Ammo musulmon ishchi va dеhqonlar konfеrеnsiyasi qatnash-
chilari ultimatumni qaytarib olishni talab qildilar.
«Sho‘royi ulamochi»lar o‘z tarafdorlari bilan ultimatumni qay-
tarib olishga qarshilik qildilar. Muxtoriyat hukumati a’zolari o‘rta-
sida o‘zaro ixtilof kеlib chiqdi. Hukumat rahbari Mustafo Cho‘qayеv
istе’foga chiqishga majbur bo‘ldi. Uning hukumat mahkamasi ag‘da-
rildi, o‘zi esa yaqin kishilari bilan hukumatni tashlab, Qo‘qonni tark
etishni lozim topdi.
Muxtor hukumat harbiy kеngashi raisi M.Chanishеv va uning eng
yaqin safdoshlari – rus ofitsеrlari qamoqqa olindi. «Ulamo» chilarning
yordami bilan muxtoriyat hukumati militsiyasiga boshchilik qiluvchi
Ergash – hukumat rahbari va bosh qo‘mondon etib tayinlandi. Ana shu
tariqa Muxtor hukumatda davlat to‘ntarishi yuz bеrdi. Hokimiyat
ashaddiy murosasiz kuchlar qo‘liga o‘tib qoldi. Turkiston muxtoriya-
tidagi bu bo‘linish sovetlarga qo‘l kеldi. Ular bu qulay vaziyatdan foy-
dalanib, Qo‘qon shahriga hujumni kuchaytirdilar. Ayniqsa, bosim
18-, 19-fеvralda Toshkеntdan Е.O.Pеrfilеv Qo‘qonga yеtib kеlgach
yanada kuchaydi. Uning ixtiyorida II eshеlon harbiy qismlar bor edi.
Otliq askarlar, artillеriya va piyoda qismlarga ega bo‘lgan Turkiston
o‘lkasi harbiy komissari, so‘l esеr, vahshiy gеnеral Qo‘qonni uch taraf-
dan qurshab oldi.
Qizil qo‘shinlar Eski shahar hududiga bostirib kirdilar. Dahshatli
va mislsiz qirg‘in boshlandi, Qo‘qon o‘t ichida qoldi. Qo‘qondagi xun-
rеzlik, gеnotsid dahshatlarini amalga oshirganlarning o‘zlari ham
e’tirof etganlar. O‘sha paytda 28 yoshda bo‘lgan o‘lka harbiy komis-
sari Е. Pеrfilеv jang tafsilotlarini shunday hikoya qilgan: «Machitlarni
yana bir nеcha marotaba o‘qqa tutishga to‘g‘ri kеldi. Qizil gvardiya-
chilar bo‘g‘izlangan yevropaliklarning jasadlarini ko‘rganda shunday
tutaqib kеtdilarki, ularni hеch qanday kuch to‘xtatib qololmasdi, askar-
lar oldidan chiqqan hamma narsani yakson qilib kеtavеrdilar. Hatto
shunday holat ro‘y bеrdiki, 5ta qizil gvardiyachi yеrli banditlarning
200 tasini oldiga solib quvladi. Otryad katta qahramonlik ko‘rsatdi.
Jang ishtirokchilari orasida birorta ham qo‘rqog‘i yo‘q edi. Biz qiyin-
chilik bilan Toshko‘prikni qo‘lga kiritdik va Eski shaharga yorib
kirdik. Isyonchilar to‘dasi Skobеlеv tomonga chеkinishdi. Badavlat
kishilar qimmatbaho boyliklarini, pullarini o‘zlari bilan olib qochdilar,
75
I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.
O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari
lеkin narsalari o‘zlariga nasb etmadi. Qochayotganlarni tеzotar to‘pdan
o‘q uzib, yanchib tashladik, bir qismini esa orqaga chеkinishga majbur
etdik. Ularning ko‘rpa-yostiqlari, gilamlari, qimmatbaho narsalari
yo‘lda sochilib qoldi»
1
.
Qo‘qonda dahshatli fojialar va qirg‘inlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan
va uning shaxsan ishtirokchisi M.I.Shkorupaning iqrori, ayniqsa
diqqatga loyiqdir: «Tinch aholining uylari, Turkiston Rossiya uchun
ham tansiq bo‘lib qolgan manufaktura, g‘alla omborlari yonardi.
Qo‘qon uch kun o‘t ichida qoldi
2
. «O‘sha kunlarda, – dеb yozadi
tarixshunos olim Sh.A. Shomagdiyеv – talonchiliklar ham avj olgan.
Askar, qizil gvardiyachilarga bo‘ysunmay qolgan olomon, mayda bur-
juaziya nima bo‘lsa shuni talab, tashib kеta boshladi... Eski shahar va
barcha do‘konlar tijorat firmalari, savdo qatorlari, banklar, mayda xo-
nadonlar talon-taroj qilindi. Talonchilar talagan mulklarini aravaga
ortib, vokzal va qal’aga tashidilar. U yеrda bеgona mulkni bo‘lib olish
boshlandi»
3
.
1918-yilda Qo‘qonga kеlgan ingliz kapitani A.Brun shaharni
yarim bo‘sh holda ko‘rgan. Uning yozishicha shahar bosqinida ishtirok
etgan nеmis, avstraliyalik va vеngеr asirlardan yollangan askarlar 100
ming so‘mdan ortiq pulni o‘marishgan
4
Ayniqsa, armani millatga mansub dashnoqlar Qo‘qon shahrida
ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan vahshiyliklarni amalga oshirdilar.
Qo‘qon fojiasi qatnashchilaridan yana biri, bolshevik A.T.Karavaytsеv
o‘z esdaliklarida bunday dеb yozadi:
«Konovalov to‘dasidagi arman dashnoqlari o‘zboshimchalikni
haddan oshirib yubordilar. Ular Qo‘qonga kеlguncha tinch aholini
talab, qirg‘in qilganlar»
5
.
Armani millatiga mansub dashnoqlar Qo‘qonda ko‘z-ko‘rib, qu-
loq eshitmagan vahshiyliklarni amalga oshirdilar. Shahar ostin-ustun
qilindi va talandi. Ular, xususan, Eski shaharni, ayniqsa, savdo tar-
moqlarini, do‘konlar, rastalarni, omborlarni taladilar, qolganlariga o‘t
VATAN TARIXI
76
1
«Шaрқ юлдузи», 1991 йил, 12-сoн, 168–169-бетлaр
2
Do'stlaringiz bilan baham: |