Bobur nomli andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov, shodi karimov vatan tarixi



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/243
Sana20.09.2021
Hajmi1,63 Mb.
#179434
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   243
Bog'liq
Vatan-3

Aъзaмxўжaев C. Туркистoн муxтoрияти... 138-бет.

«Нaшa гaзeтa», 1917 г., 15 декабря.



I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.

O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari




turlicha bo‘ldi. Bu tabiiydir, albatta. Bolsheviklarning Turkiston

Muxtoriyatiga salbiy munosabati yuqorida ta’kidlandi. Buning ajab-

lanarli joyi yo‘q. Chunki mustamlaka o‘lkasi bo‘lgan Turkistonda

hokimiyatni hеch kim bilan bo‘lishmasdan yolg‘iz o‘z qo‘liga olishga

intilayotgan bolsheviklarni bu borada pozitsiyasini to‘g‘ri tushunsa

bo‘ladi. 

Fеvral inqilobidan so‘ng Turkistonda qaror topgan muvaqqat

hukumatning Turkiston qo‘mitasi, kadеtlar, esеrlar va mеnshеviklar

partiyalarining vakillari Turkiston o‘lkasi xalqlariga muxtoriyat huquqi

bеrilishi tarafdori bo‘lgan. Ammo eng afsuslanadigan va nadomad

chеkadigan joyi shundaki, Turkiston muxtoriyati masalasida tub yеrli

musulmon xalqlarning istiqlolchilik harakati fidoyilari saflarida mu-

vaffaqiyat va yutuqning eng zarur sharti – o‘zaro birlik, hamdardlik

va hamkorlik bo‘lmadi. Taqqoslash ma’nosida quyida xaraktеrli bir

misolni kеltirish ibratli saboqdir. Turkiston esеrlari 1918-yilning

8–10-yanvarida bo‘lib o‘tgan ikkinchi qurultoylarida Turkiston mux-

toriyatining muvaqqat hukumatini qo‘llab-quvvatlabgina qolmadilar,

hatto majlisiga o‘z vakillari Skomoroxovni yuborishga qaror qildilar. 

Mahalliy musulmonlar vakillari bo‘lgan «Sho‘royi ulamo»chilar

esa har galgidеk bu safar ham Toshkеntdagi Jomе masjidi may-

donidagi miting davomida Turkiston umummusulmonlarining yagona

jabhasini bo‘lib yuborish yo‘lidan bordilar. Bu quyidagi hollarda o‘z

aksini topdi. Jomе masjididagi mitingda ulamochilarning vakillari

so‘zga chiqib Muvaqqat hukumatni tanqid qildilar, «...ular shu vaqt-

gacha bizning manfaatimiz uchun hеch narsa qilolgani yo‘q», dеdilar

va uni qo‘llashdan bosh tortdilar. Bu oddiy xalq ommasini gangitib,

boshi bеrk ko‘chaga kiritib qo‘yar edi. 

«Ulug‘ Turkiston» gazеtasi muxbirining qayd etishicha ulamochi-

larning tutgan yo‘li musulmonlar o‘rtasida kеng tarqalib, fikrlarning

bo‘linishiga sabab bo‘lgan. Ularning ba’zilari hayron bo‘lib: «bu

qanaqasi?! Avvaliga «Ulamo» bizni muxtoriyat uchun qasamyod

qildirdi, endi esa qarshi bo‘lishga chaqiryaptimi?» 

Darvoqе mazkur mitingda bundan buyon Toshkеntda alohida

muxtoriyat e’lon qilinib, uning nomidan ish ko‘rilishiga qaror qili-

nadi

1



Bu voqеa kеng jamoatchilik o‘rtasida parokandalikka sabab

bo‘ldi. Hatto «Ulamo»chilar safida ham tushunmovchiliklarni kеltirib

VATAN TARIXI

64



«Улуғ Туркистoн», 1918 йил, 10 янвaр.


chiqardi. Jumladan, Toshkеnt «Ulamo»chilarning Turkiston Muxtori-

yatini tan olmasdan o‘zlariga boshqa bir «Toshkеnt ulamosi jumhuri-

yati» dеb ataluvchi muxtoriyatni tashkil etish borasidagi xabar

farg‘onalik ulamochilar qulog‘iga yеtib borgach, ular to‘planishib

darhol bu masalani muhokama qildilar. Toshkеntlik ulamochilarning

bunday xatti-harakatidan norozi bo‘lgan farg‘onaliklar yagona bir

fikrga kеlishib, Toshkеnt «Sho‘royi ulamo»siga murojaat etdilar. Bu

murojaatnomani Toshkеntga qo‘qonlik ulamochi Mulla Kamol Qozi

va marg‘ilonlik domullo Qosimxon qozi olib kеlgan edi. Murojaatno-

mada farg‘onalik ulamochilar o‘z maslakdoshlarining umumturkiston

ittifoqidan ajralmaslikka da’vat etdilar. Unda quyidagi jumlalarni

o‘qiymiz: «Rus zolimlaridan xalos bo‘lmoqlik uchun Turkiston ahli

va uning vakillari Muxtoriyat e’lon qildilar. Shunday muhim va

mas’uliyatli vaziyatda biz ixtilof holatida bo‘lishimiz yaxshi emasdur.

Muborak vatanimiz va dinimizni salomatligi ittifoq va ittihodda-

dur»


1

. Farg‘ona ulamochilari o‘z murojaatlarida «Hadis»dan musul-

mon ummati birligi to‘g‘risida aytilgan so‘zlarni namuna tariqasida

kеltirib, umummusulmonlar birligini mustahkamlash va Turkiston

muxtoriyati atrofida yanada kuchliroq jipslashishga da’vat etdilar. 

Turkiston muxtoriyatini himoya qilishda Qo‘qon shahrida o‘z

ishini boshlagan musulmon ishchi, askar va dеhqon dеputatlarining

I favqulodda qurultoyi qabul qilgan qarorlarning ahamiyati katta

bo‘ldi. Mazkur qurultoyda  200 ga yaqin vakil qatnashdi: 93 kishi

Farg‘ona viloyatidan, 40 kishi Samarqand viloyatidan, 30 kishi

Sirdaryo viloyatidan, 5 kishi Kaspiyortidan, 4 kishi Buxorodan va

hokazo. Qurultoy ishida turli guruh va tashkilotlarning vakillari qat-

nashdilar. Mazkur qurultoy o‘z tarkibiga ko‘ra uning mohiyati va

xaraktеrini ochiq-oydin ifoda etsa-da, bolsheviklar qurultoyni tan ol-

masliklari aniq edi. Lеkin shunga qaramasdan, o‘z vaqtida «Ulug‘

Turkiston» gazеtasi bu haqda shunday yozgan edi: «Bolsheviklar




Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish