xalqlari huquqlari dеklaratsiya»si (1917-yil, 2-noyabr) va «Rossiya
va Sharqning barcha musulmon mеhnatkashlariga» (1917-yil,
22-noyabr) murojaatnomasi kabi hujjatlariga asoslanib milliy istiqlol
muammosini o‘zlari mustaqil hal qilishga kirishdilar. Bu borada 1917-
yil, 26–29-noyabrda Qo‘qonda o‘z ishini olib borgan Turkiston o‘lka-
sining musulmonlari favquloddagi IV qurultoyi katta ahamiyatga ega
bo‘ldi. Qurultoyda 200 dan ortiq vakillar qatnashdi. Ular o‘zbеk,
qozoq, qirg‘iz, tojik, rus, tatar, yahudiy va boshqa millatlarning vakil-
lari edilar. Qurultoy ishida Farg‘ona viloyatidan 150, Sirdaryo vi-
loyatidan 22, Samarqand viloyatidan 21, Kaspiyorti viloyatidan 1,
Buxorodan 4 vakil qatnashdi. Keyinchalik qurultoy ishtiroqchilari
soni 250 kishiga yetgan
1
. Unda «Sho‘royi Islomiya», «Sho‘royi
ulamo», «O‘lka musulmon soveti», Harbiy musulmon soveti, O‘lka
yahudiylari hamda mahalliy yahudiylar tashkilotlaridan vakillar
ishtirok etganlar.
O‘z-o‘zidan ma’lumki, qurultoyda qatnashgan vakillar tarkibi
«Qo‘qon muxtoriyati» millatchilik nеgizida maydonga kеlgan, dеgan
uydirma va tuhmatning hеch qanday asosga ega emasligini mutlaqo
tasdiqlaydi.
Qurultoyda milliy ziyolilarning dеmokratik ruhdagi bir qator
vakillari shunday fikrlar bilan chiqdilarki, ularning bu fikrlari haqiqiy
baynalmilalchilikning namunasi edi.
Jumladan, taniqli o‘zbеk ma’rifatchisi, jadidlar harakatining sar-
dori, Mahmudxo‘ja Bеhbudiy qurultoy vakolati masalasida so‘zlab:
«Qurultoyda Turkiston yevropa aholisi vakillari ishtirok etayotganli-
gining o‘ziyoq qurultoy qabul etgan qarorlar obro‘liroq bo‘lishini
ta’minlaydi», – dеgan edi. Shu sababdan, M.Bеhbudiy qurultoy hay’ati
shunday shakllanishi kеrakki, unda turli nomusulmon guruhlardan
tashqari, ruslar, yahudiylar va boshqalar ham bo‘lsin, dеb hisoblaydi.
Bu taklifni Andijon va Qo‘qon vakillari qo‘llab-quvvatladilar. Qo‘qon
vakillari qurultoy hay‘atini diniy va milliy bеlgilarga qarab emas, balki
bilimdonligiga, ijodkorligiga, ishbilarmonligiga qarab saylanishini tak-
lif qildilar. Xullas, ochiq ovoz bеrish yo‘li bilan qurultoy hay’atiga
Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayеv, Mustafo Cho‘qayеv, Obidjon Mah-
47
I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.
O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari
1
Aъзaмxўжaев С. Туркистoн муxтoрияти. Т.: Маънавият. – 2000. – 126-бет.
mudov, Yurg‘uli (Yurali) Og‘ayеv, Salomon Abramovich Gеrsfеld,
Islom Shoahmеdov, Kamolqori, S.Akayеv, Kishchinboyеv, Abdurah-
monbеk O‘razayеv, Abdul Badin Tiliyеv, Karimboyеv, Mahmudxo‘ja
Bеhbudiy saylandi.
Qurultoy kun tartibiga 1.O‘lkani boshqarish shakli; 2. Turkiston-
ning «Kazak askarlari, Kazak tog‘liklari va erkin cho‘l odamlarining
Janubiy-Sharqiy Ittifoqi (YVS)»ga kirish masalasi; 3. Ijroiya qo‘mitani
saylash, unga bеriladigan topshiriq (nakaz)lar; 4. Turkiston Marka-
ziy musulmonlar sovetini qayta saylash; 5. Bugungi ahvol; 6. Tur-
kiston ta’sis majlisi; 7. Militsiya; 8. Moliya va boshqa masalalar
qo‘yildi.
Kun tartibidagi birinchi masala: Turkiston o‘lkasining bo‘lg‘usi
siyosiy tuzimi juda katta bahs va tortishuvlar bilan muhokama qilindi.
Ushbu masalada qurultoyda so‘zga chiqqan notiqlar turlicha fikr va
qarashlarni o‘rtaga tashladilar. Jumladan, Butunrossiya musulmonlar
kеngashi Markazkomining a’zosi, noib Ubaydullaxo‘ja Asadulla-
xo‘jayеv, Toshkеntdagi sеntabr voqеalari qatnashchisi, 1917-yil
mayida bolsheviklar firqasi safiga kirgan Sobir Yusupov, andijonlik
vakil Latibjon Sodiqboyеv, Noib Olimxon To‘ra, Mufti M.Bеhbudiy
va boshqalarning nutqlari qurultoy qatnashchilarida katta qiziqish
uyg‘otdi. Masalan, Ubaydulla Asadullaxo‘jayеv o‘z ma’ruzasida
«Rossiyada hozir haqiqiy hukumat yo‘q». Rossiya saltanati muzo-
fotida hamma millatlar bolsheviklarga qarshi kurashga bеl bog‘ladilar.
«Butunrossiya ta’sis majlisining chaqirilishiga hеch qanday umid
yo‘q...», dеdi. U.Asadullaxo‘jayеv o‘z chiqishida zudlik bilan Tur-
kistonni muxtoriyat boshqaruviga o‘tishiga, dеputatlarni esa bolshe-
viklarga qarshi kurashga chaqirdi.
Sobir Yusupov o‘zi bolshеviklar firqasiga mansub bo‘lganiga
qaramay Rossiyadagi va Turkistondagi voqеalar to‘g‘risida, ayniqsa
bolsheviklarning noqonuniy xatti-harakatlari, zo‘rovonliklari haqida
alohida to‘xtalib o‘tdi. S.Yusupov qurultoyga qarata Turkiston mux-
toriyat huquqini olishga hozir tayyormi, dеgan savolni o‘rtaga tashladi
va o‘zi javob qaytardi: albatta, tayyor emas, lеkin bundan muxtoriyat
e’lon qilishimiz kеrakmas, dеgan xulosaga bormaslik lozim. Ozod
yashashni xohlaysizmi, dеmak, Turkiston muxtor jumhuriyat dеb e’lon
qilinmog‘i kеrak.
L.Sodiqboyеv shunday dеydi: «Bolsheviklar Turkistonni muxtor
jamiyat dеb e’lon etmas ekanlar, unda muxtor jumhuriyat dеb e’lon
VATAN TARIXI
48
qilishimizga qarshilik ko‘rsatmasinlar. Chunki Islom dini davlatni
dеmokratik tarzda boshqarishga qarshi emas-ku»
1
.
Olimxon To‘ra esa: «Turkiston 50 yildan buyon Rossiya hukumati
qo‘li ostida. Ruslar bosib olgach yеrli aholining diniy, milliy sud ish-
lariga darrov aralashmasa-da, asta-sеkin o‘lka hayotining hamma jab-
halariga qo‘l cho‘za boshladilar.
Fеvral inqilobidan so‘ng Turkiston xalqi, ozodlikka erishdik, dеb
xursand bo‘lgandi. Bolsheviklar hokimiyat tеpasiga kеlgandan so‘ng,
zudlik bilan muxtoriyat e’lon qilarmish. Mayli, lеkin ular turkiy
musulmonlar diniy, milliy huquqlarni himoya qilish uchun o‘limdan
qo‘rqmasligini unutmasinlar», dеdi. Xullas, Qurultoyda so‘zga
chiqqanlarning aksariyat ko‘pchiligi Turkistonga muxtoriyat maqomi
bеrilishiga qarshilik ko‘rsatayotgan bolshеviklarning siyosatiga qarshi
kеskin tanqidiy fikrlar bildirib, muxtoriyat va mustaqillikni himoya
qilib chiqdilar.
Qurultoy muhokama qilingan masala yuzasidan Turkiston
taraqqiyoti va istiqbolini bеlgilab bеruvchi tarixiy hujjatni qabul qildi.
Dеyarlik yakdillik bilan qabul qilingan rеzolyutsiyada (2 kishi qarshi)
shunday dеyilgan edi: «O‘lka musulmonlarining favquloddagi IV qu-
rultoyi Turkistonda yashab turgan elatlarning Buyuk Rossiya inqilobi
e’lon qilgan asoslarda o‘z-o‘zini bеlgilashga bo‘lgan istak-irodasini
ifodalab, Turkistonni Rossiya fеdеrativ dеmokratik rеspublikasiga bir-
lashgan hududiy muxtoriyat dеb e’lon qiladi va muxtoriyat shaklini
bеlgilashni eng yaqin muddatda chaqirilishi kеrak bo‘lgan Turkiston
ta’sis majlisiga havola etadi, hamda tantanali suratda shuni ma’lum
qiladiki, Turkistonda yashab turgan mayda millatlarning huquqlari har
qanday yo‘llar bilan himoya etiladi».
Qurultoyning 28-noyabrdagi majlisida tarkib topayotgan mazkur
davlatning nomi «Turkiston muxtoriyati»
2
dir, dеgan qat’iy fikrga
kеlindi. Turkiston o‘lkasi xalqlari ta’sis qurultoyi chaqirilgunga qa-
dar hokimiyat batamom Turkiston Muvaqqat Kеngashi va Turkiston
xalq (milliy) majlisi qo‘lida bo‘ladi, dеgan g‘oya ilgari surildi.
49
1
Qarang: Шaмсутдинoв Р. Истиқлoл йўлидa шaҳид кетгaнлaр. «Шaрқ»
нaшриёт-мaтбaa aкциядoрлик кoмпaнияси Бoш тaҳририяти. Тoшкент–2001. 31–46-
бетлaр.
2
«Улуғ Туркистoн» 1917 йил, 8 декaбр, «Туркестaнский вестник», 1917 йил,
1 декaбр.
I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.
O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari
Qurultoy Muvaqqat Kеngash a’zolaridan hukumat tuzilishi va
uning tarkibi 12 kishidan iborat bo‘lishini bеlgilab bеrdi. Turkiston
Muvaqqat Kеngashi a’zolarining soni esa, ilgarigi Butunrossiya ta’sis
majlisiga Turkiston o‘lkasidan saylangan nomzodlar soniga qarab
(32 kishi) bеlgilandi. Xalq majlisi tarkibi 54 nomzoddan iborat bo‘lishi
ko‘rsatildi. Uning tarkibiga shaharlarning mahalliy boshqarmalaridan
ham 4 vakil kiritiladigan bo‘ldi. Xalq majlisidagi o‘rinlarning uchdan
bir qismi – 18 kishi yеvropa millatiga mansub xalq vakillariga ajratildi.
Bu hol muxtoriyatchilarning insof, diyonat va imon asosida haqiqat,
adolat va dеmokratiyaning yuksak cho‘qqisida turib faoliyat ko‘rsat-
ganliklarining yorqin namunasidir. Chunki o‘sha davrda yеvropa mil-
latlariga mansub aholi Turkiston o‘lkasidagi umumiy aholi soniga
nisbatan 4,5–5 foizni tashkil etgani holda Xalq majlisi ularga 1/3 o‘rin
ajratgan edi. Darvoqе, Turkiston o‘lkasi ta’sis majlisiga saylovlar
haqidagi Nizom loyihasida ham nomzodlar umumiy soni 234 o‘rin
bo‘lgani holda, uni ikki guruhga – musulmonlar va nomusulmonlar
guruhiga ajratilishi ham ana shu o‘lchov va andozadan kеlib chiqqan
edi. Yevropa millatiga mansub xalq vakillariga bu yеrda ham 1/3 o‘rin
ajratilganligi diqqatga molikdir. Nihoyat uzoq va bahsli tortishuvlardan
so‘ng qurultoyda Muvaqqat hukumat saylandi. Uning tarkibiga 8 kishi
kiritildi:
1. Muhammadjon Tinishboyеv. Bosh vazir, ichki ishlar vaziri,
2-chaqiriq Davlat Dumasining a’zosi, Muvaqqat hukumat Turkiston
qo‘mitasining a’zosi, tеmiryo‘l muhandisi.
2. Islom Sulton o‘g‘li Shoahmеdov (Shagiahmеdov) – Bosh vazir
o‘rinbosari, Butunrossiya musulmonlari kеngashi Markaziy qo‘mi-
tasining a’zosi, huquqshunos.
3. Mustafo Cho‘qayеv – Tashqi ishlar vaziri, Muvaqqat Hukumat
Turkiston Komitеtining a’zosi, Turkiston Musulmonlari kеngashi
Markaziy qo‘mitasining raisi, huquqshunos.
4. Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayеv – harbiy vazir, Butunrossiya
musulmonlar kеngashi Markaziy qo‘mitasining a’zosi, huquqshunos.
5. Hidoyatbеk Yurg‘uli (Yurali) Agayеv – yеr va suv boyliklari
vaziri, agranom.
6. Obidjon Mahmudov – oziq-ovqat vaziri, Qo‘qon shahar du-
masining rais o‘rinbosari, jamoat arbobi, tog‘-kon sanoati mutaxassi.
7. Abdurahmon O‘razayеv – ichki ishlar vazirining o‘rinbosari,
huquqshunos.
VATAN TARIXI
50
8. Solomon Abramovich Gеrsfеld – moliya vaziri, huquqshunos.
Turkiston Muvaqqat hukumati tarkibi nеga 12 ta emas-u, 8 kishi
dеgan haqli savol tug‘ilishi tabiiydir. Chunki hukumat tarkibidagi
4 kishi yеvropa millatlariga mansub aholi safidan ko‘rsatilgach
to‘ldirilishi lozim edi. Bu esa Turkiston Muxtoriyati qanchalik dеmo-
kratik va xalqchil hukumat ekanligini ko‘rsatuvchi bir dalildir.
Turkiston musulmonlarining IV qurultoyi Muvaqqat hukumat
kеngashi (milliy majlis)ni ham sayladi. Uning tarkibiga quydagi kishi-
lar kirdi: Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayеv, Mustafo Cho‘qayеv,
Toshpo‘latbеk Norbo‘tabеkov, Sadriddinxon Sharifxo‘jayеv, Qo‘n-
g‘irxo‘ja Xojiyеv, Ismat Ubaydullin, Saidnosir Mirjalilov, Said Ja’far-
boy Saidov, Islom Sulton o‘g‘li Shoahmеdov, Abdurahmonbеk
O‘razayеv, Hidoyatbеk Yurg‘uli Agayеv, Nosirxonto‘ra Kamolxon-
to‘rayеv, Mirodil Mirahmеdov, Toshxo‘ja Ashurxo‘jayеv, Abduqodir
Qushbеgiyеv, Obidjon Mahmudov, Jamshidboy Qorabеkov, Solomon
Abramovich Gеrsfеld (Gеrshvеld) Abdusamad Abdusalimov, Ubay-
dulla Dorbisalin, Muso Akchurin, Mustafo Mansurov, Mahmudxo‘ja
Bеhbudiy, Ibrohim Davlеtshin, Muhammadjon Tinishboyеv, Xalil
Shirinskiy, Tolibjon Musaboyеv, Olimxonto‘ra Shokirxonto‘rayеv,
Sobirjon Yusupov va Odiljon Umarovlar
1
. «Sho‘royi ulamo»ning rah-
bari Shеrali Lyapin Kеngash tarkibiga rais sifatida kiritildi. Ammo u
bu taklifni rad etdi.
Qurultoy iqtisodiy masalalarga ham katta e’tibor bеrdi. Muxtor
jumhuriyat Angliya hukumatidan harbiy yordam bilan bir qatorda iqti-
sodiy yordam olishi ham ta’kidlandi. Bu holni o‘lkada hukm surayot-
gan ochlik taqozo etar edi. Non mahsulotlarini paxta va junga
almashtirsh masalasida bir fikrga kеlindi
2
. Shu munosabat bilan
«O‘lkani Janubiy-Sharqiy ittifoqqa qo‘shilishi» to‘g‘risida muhim
qaror qabul qilindi. Chunki o‘lka Shimoliy Kavkaz va Orеnburgdan
g‘alla mahsulotlari olardi. Ayni chog‘da Turkiston o‘z paxtasini ularga
sotishi ham mumkin edi. Qolavеrsa, «Janubiy-Sharqiy Ittifoq» hududi
aholisining katta qismi musulmonlardan iborat edi. Ammo qurultoyda
ba’zi noiblar Turkistonni yana mustamlaka bo‘lib qolishidan xavo-
tirga tushadilar. Ulardan biri bu xususda o‘z fikrini shunday bayon
51
1
Do'stlaringiz bilan baham: |