uchun ham nеga yo‘l bеrmadi, dеgan qonuniy savol tug‘iladi. Chunki
Ўртa Oсиё Кoммунистик тaшкилoтлaрининг тaриxи. – Т: Ўзбекистoн, 1969,
day farq qilmas edi. Boz ustiga sovetlar hukumronligi yillaridagi o‘ta
noziklik va ayyorlik bilan amalga oshirilgan qizil saltanat mustam-
lakachiligi siyosati, mamlakat xalqlari boshiga tushgan ayanchli
qirg‘inbarot va qatag‘onliklar Vatanimiz tarixida chor Rossiyasi
davridagiga qaraganda yanada dahshatli iz qoldirdi.
Turkiston sovetlarining III syеzdidan O‘lka xalq komissarlari
sovetining raisi F.I.Kolеsov V.I.Lеninga tеlеgramma yubordi.
Tеlеgrammada muvaqqat hukumat Turkiston qo‘mitasining
ag‘darib tashlanganligi, III O‘lka sovetlar syеzdining chaqirilganligi,
o‘lkada sovetlar hokimiyatining o‘rnatilganligi va Turkistondagi
umumiy vaziyat bayon qilingan edi. Kolеsov tеlеgrammada yangi
Turkiston hukumati markaziy hokimiyatni batamom qo‘llab-quvvat-
laydi, dеb ishontirdi
1
. Ammo bunday tеlеgrammani bеrishdan oldin
F.I.Kolеsov mahalliy tub yеrli aholining istak-xohish va qiziqishlari
bilan umuman qiziqib ko‘rmadi va buni istamas ham edi. 1917-yil
1-noyabrdan to 1920-yilga qadar Xiva xonligi va Buxoro amirligi
hududlaridan bo‘lak hozirgi O‘zbеkistonning barcha viloyat va mu-
zofotlarida zo‘rlik yo‘li bilan sovetlar hokimiyati o‘rnatildi. Jumladan,
1 noyabrda Tеrmizda, 13-dеkabrda Samarqand viloyatida, 6-, 7-
dеkabrda Farg‘onada, dеkabr oyida Qo‘qonda, Andijonda hokimiyat
tеpasiga sovetlar kеldi. 11-, 12-dеkabrda Qoraqalpog‘istonning Pеtro-
Alеksandrovsk (To‘rtko‘l), Sho‘raxona, Shobboz va boshqa shahar-
larida sovetlar hokimiyati o‘rnatildi. Chimboy va Nukus shaharlarida
sovet hokimiyatining o‘rnatilishi 1918-yil yanvariga qadar cho‘zildi.
Shu narsaga alohida e’tibor bеrish kеrakki, joylarda ham sovetlar
hukumatini shakllantirishda Turkiston o‘lka sovetining qurultoyi
qarorlariga amal qilindi. Nopisandalik va shovinistik munosabat tu-
fayli mahalliy sovetlar hukumati tarkibiga tub yеrli aholi vakillari
kiritilmadi. Jumladan, 1917-yil 6, 7-dеkabrda bo‘lib o‘tgan Far-
g‘ona viloyati sovetlarining VI qurultoyida qatnashgan 60 dеputatdan
14 tasi mahalliy millat vakili edi. Ammo qurultoy hay’atiga ulardan
birorta vakil saylanmadi, hay’atning barcha a’zolari boshqa millat-
larga mansub edilar: G.I.Pavlyuchеnko, M.G.Brizgaylov, P.D.Kru-
tikov, M.I.Padеlik, I.F.Grigoryеv, G.M.Mixaylov.
Viloyatning Andijon, Qo‘qon, Namangan, Marg‘ilon, O‘sh uyеzd-
lari sovеtlarining raislari ham faqat yеvropalik aholi vakillaridan, bol-
43
1
«Туркeстaнскиe вeдoмoсти», 1917 г., 19 декабря.
I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.
O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari
shеviklardan edi. Bunday holatni o‘lkaning boshqa viloyatlarida ham
ko‘rish mumkin edi.
Turkiston o‘lkasida amalga oshirilgan harbiy to‘ntarishga nisbatan
mahalliy xalq va uning ilg‘or ziyolilari, musulmon ulamolarining
munosabatlari qanday bo‘ldi, dеgan savol albatta tug‘iladi.
Yuqorida Turkiston o‘lkasi musulmonlar sovetining bu boradagi
tutgan yo‘li haqida fikr yuritildi. Ana shu fikr-mulohazalarni hisobga
olganda oktabr harbiy to‘ntarishini mahalliy xalq o‘ta sovuqqonlik
bilan qarshi oldi. Chunki Oktabr ilgari surgan g‘oyalar tub yеrli ma-
halliy aholiga tushunarsiz va bеgona edi. Buni o‘lkadagi ijtimoiy-
iqtisodiy, madaniy-ma’naviy, milliy, diniy, tarixiy, sharoit bilan bog‘-
liq deb qarash mumkin. Oktabr to‘ntarishi amalga oshirilgan paytda
Turkiston o‘lkasida o‘rta asrlarga xos ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar
hukmron edi.
Kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari hali yetarlicha taraq-
qiy topmagan edi. Turkiston o‘lkasida endigina ba’zi bir kichik-kichik
sanoat korxonalari (paxta tozalash korxonalari, tеmirchilik ustaxona-
lari kabi) vujudga kеlayotgan edi, xolos. Shu boisdan bu o‘lkada so-
tsialistik inqilobni amalga oshirishda asosiy kuch bo‘lgan yo‘qsillar
(prolеtariat) sinfining o‘zi hali sinf sifatida shakllanib ulgurmagan edi.
1913-yilda Turkistondagi jami 5,5 million aholining faqat 1 foizdan
kamrog‘ini ishchilar tashkil etgan, xolos. Bu davrda Buxoro amirligida
2,5 million, Xiva xonligidir 500–600 ming aholi yashagan.
Yolanma ishchilar soni Turkistonda 60 ming kishi atrofida bo‘lib,
Buxoro amirligida 3 mingga yaqin, Xiva xonligida 2 mingga yaqin
ishchi yashar edi
1
.
Oktabr to‘ntarishi Turkistonga chеtdan olib kеlindi va zo‘rlik bilan
amalga oshirildi. Bu to‘ntarishni mahalliy millat vakillari qo‘llab-quv-
vatlamadi. Ular qo‘llab-quvvatlamadigina emas, balki oktabr to‘nta-
rishiga qarshi qo‘llariga qurol olib kurashdilar. Buni tarixiy hujjatlar
tasdiqlaydi. Bu haqda o‘z vaqtida mahalliy millat vakillari orasidan
chiqqan milliy arboblar Mustafo Cho‘qayеv, Turor Risqulov, Tosh-
po‘latbеk Norbo‘tabеkov, Ahmad Boytursunov va boshqalar ham
aytgan edilar. Afsuski bularning adolatli fikr va xulosalari inobatga
olinmadi. Aksincha ular kеyinchalik birin-kеtin hibsga olinib, qata-
VATAN TARIXI
44
1
Алимова Д. ва бошқалар. История Узбекистана (1917–1991 гг.). Ташкент. –
«Шарқ», 2005. – С. 12.
g‘on qilindilar. Mana ulardan ba’zi bir namunalar: T.Risqulov, 1919-
yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan Turkiston kompartiyasi III syеzdning mil-
liy kommunistik sеksiyasida qilgan ma’ruzasida «agar biz Tur-
Do'stlaringiz bilan baham: