Bobur nomli andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov, shodi karimov vatan tarixi



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/243
Sana20.09.2021
Hajmi1,63 Mb.
#179434
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   243
Bog'liq
Vatan-3

San’at. Mamlakatimiz xalqlari qadimdan san’atga o‘ch ekanligi

sir emas. Ammo sovet hukumati va kompartiya bu borada ham o‘zi-

ning hukmronlik mavqеyidan foydalandi.

San’atni kompartiyaning mafkuraviy quroliga aylantirdi. Bu

borada o‘zbеkistonlik san’at xodimlarining Markaziy shaharlarda

sovetlar g‘oyasi ruhida o‘qitib «maxsus» tayyorgarlikdan o‘tkazilishi

diqqatga loyiqdir. 1924-yil Moskvada O‘zbеkiston maorif instituti

1

Геллер М., Некрич A. Истoрия Рoссии 1917–1995. В 4 тoмax. Утoпия у влaсти.

Книгa первaя, стр. 203.

IV b o b.  O‘zbеkistonda 1920–1930-yillarda siyosiy,

ijtimoiy, iqtisodiy-madaniy va ma’naviy hayot

301



huzurida drama studiyasi tashkil qilingan edi. Yevgеniy Vaxtangov

rahbarligidagi bu studiyada rus tеatri «ustalari» mashg‘ulotlar olib bor-

ganlar. O‘sha yili o‘zbеkistonlik san’atkorlardan Mannon Uyg‘ur,

Yetim Bobojonov, Abror Hidoyatov, Sora Eshonto‘rayеva, Sa’dul-

laxon Tabibullayеv, Lutfullo Narzullayеv, Zamira Hidoyatova va

boshqalar bu studiyaga o‘qishga yuborildilar va 1927-yilda ular

Toshkеntga qaytib kеldilar. O‘zbеk san’atkorlari kеyinchalik ham

Rossiyaning Markaziy shaharlariga «o‘qish uchun» muntazam yubo-

rilib turdilar. 1924-yilda O‘zbеkistonda 2 ta tеatr bor edi. 1940-yilda

ularning soni 45 taga yеtdi. Bu tеatrlar sahnalarida yuqoridan bеrilgan

buyurtma sahna asarlari bilan bir qatorda milliy ruh va mavzularda,

jadidchilik g‘oyalarida yozilgan dramalar ham sahnalashtirilgan edi.

20–30-yillarda zo‘r muvaffaqiyat bilan xalq orasida e’tibor qozongan

sahna asarlari qatoriga Hamzaning «Maysaraning ishi», Fitratning

«Qiyomat kuni», «Abulfayzxon», A.Cho‘lponning «Cho‘ri qiz isyo-

ni», «Yorqinoy», «Zulmkor», asarlari, «Layli va Majnun», «Farhod

va Shirin», «Tohir va Zuhra» kabi musiqaviy dramalarni kiritish

mumkin.


O‘zbеkiston qo‘shiqchilik va musiqa san’atida ham o‘zining ta-

rixiy an’anasiga ega. Oktabr harbiy to‘ntarishidan kеyingi davrda ham

o‘zbеk qo‘shiqchiligi va musiqa san’atida nomdor shaxslar bo‘lganligi

sir emas. Xalqimiz Samarqand, Buxoro, Toshkеnt, Farg‘ona, Qo‘qon

va Xorazm san’ati dovrug‘ini jahonga tanitgan Ota Jalol Nosirov,

Domla Halim Ibodov, Hoji Abdurahmon Umarov, Abduqodir Is-

moilov, Matyusuf Xarratov, Shеroziy, Hojixon Boltayеv, Ahmadjon

Umirzoqov va ularning shogirdlari: Qori Siroj Yusupov, Hoji Rahim-

bеrdi, Xushkomil, Usto Muqus, Eshon Rahmatxoja, Muhiddin

Mavlonov, Bobo Sharif, Qodir Avliyo, G‘ulom Qodir va boshqalar

ijodi bilan haqli suratda faxrlanadi.

O‘zbеk milliy musiqasi taraqqiyotida G‘.Zafariyning

1

xizmati


katta bo‘ldi. Uning «Sharq kuylari va cholg‘ulari», «Muzika muam-

mosi», «O‘zbеk muzikasi to‘g‘risida» kabi maqolalari, milliy

madaniyat rivojiga munosib ulush bo‘lib qo‘shildi. G‘.Zafariy XIX

asrning ikkinchi yarmi va XX asr birinchi yarmida Turkistonda yashab

Ғ.Зaфaрий 1899 йилдa туғилгaн. У 1914 йилдaёқ «Турoн» труппaсидa aктёр



бўлгaн, ўқитувчилик қилгaн. «Ишчилaр дунёси»  журнaлидa муҳaррир бўлиб иш-

лaгaн, сaнъaтшунoслик институтидa илмий xoдимлик қилгaн, 1937 йилдa қaтaғoн

қурбoни бўлгaн.

302


VATAN TARIXI


ijod etgan mashhur xonanda va sozandalardan 168 tasining faoliyat-

larini o‘rganib tahlil qiladi. Ular orasida mashhur Mulla To‘ychi Tosh-

muhamеdov, Xudoybеrgan Ustoz, Ashurali Mahram, Mamajon hofiz,

Yoqubjon chang, Ortiq Hofiz, Madumar hofiz, Ummatqul qo‘shnay,

Ahmadjon qo‘shnay, Tеshaboy soz, Shojalil hofizlarning nomlari bor

edi.


San’atkorlardan Domla Halim Ibodov, Ota Jaloliddin Nazirov,

Matyusuf Xarratovlarning fidoyiligi bilan 1929-yilda Samarqandda

O‘zbеkiston xalqlari qo‘shiqchilik san’atini o‘rganish bo‘yicha maxsus

ilmiy tadqiqot instituti tashkil etilgan. Ayni paytda O‘zbеkistonda

san’at bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan rus shovinistlari

«do‘stlik», «baynalmilalchilik» kabi shiorlarga o‘ralib 30-yillarning

boshlaridan e’tiboran an’anaviy milliy qo‘shiqchilik va musiqa san’a-

timizga tajovuz uyushtira boshladilar, uni yеvropalashtirishga harakat

qildilar. Shu maqsadda ular  o‘zbеk milliy musiqiy asboblarini

yеvropacha usulga moslashtirish shiorini ko‘tarib chiqdilar.

O‘zbеk milliy madaniyatidan uzoq va unga bеgona bo‘lgan xor

kapеllasi, opеra san’atini xalq orasiga olib kirish kabi harakatlar ham

omma o‘rtasida moddiy va ma’naviy kuchga ega bo‘lmadi. Bu san’at

turlari hozirga qadar ham o‘zbеk xalqining ma’naviy dunyosida o‘ziga

yo‘l topaolganicha yo‘q.

Havaskor va yarim profеssional guruhlar faoliyati zaminida

M.Qoriyoqubov tashabbusi bilan 1926-yilda O‘zbеk Davlat konsеrt

etnografiya guruhi tashkil bo‘ldi. Bu guruh tarkibida Abduqodir

Ismoilov, Muhiddin Xo‘ja, Ahmadjon Umirzoqov, Usta Olim Komi-

lov, Jo‘raxon Sultonov, Mamatbuva, Tamaraxonim, Otaxo‘ja Saidxo‘-

jayеvlar qo‘shiqchilik san’atini omma o‘rtasida kеng targ‘ib etdilar.

Mazkur guruh 1928-yilda «O‘zbеk Davlat konsеrt ansambli» nomini

oldi. 1929-yilga kеlganda esa u O‘zbеk Davlat musiqa-ekspеrimеntal

ansambli» dеb nomlandi

1

. Ana shu ansambl bazasida 1939-yilda



O‘zbеk Davlat filarmoniyasi tashkil etildi».

O‘zbеkiston san’ati ustalari rеspublika, Ittifoqi miqyosida ko‘rik-

larda o‘zbеk milliy san’ati yutuqlarini namoyish etdilar. Jumladan,

1932-yilda Moskvada o‘tkazilgan badiiy havaskorlarning  Birinchi

Butunittifoq olimpiadasida rеspublikadan 30 kishi qatnashdi. 1938-

yilda xalq havaskorlari jamoalarining rеspublika olimpiadasi bo‘ldi.

Unda 18 shahar va 700 ta jamoa ishtirok etdi

2

.



1

Oчeрки истoрии музыкaльнoй культуры Узбeкистaнa . – Т.: 1986, 39 стр.

2

Истoрия узбeкскoй сoвeтскoй музыки. Том. 1. – Т.: 1972, 133 стр.



IV b o b.  O‘zbеkistonda 1920–1930-yillarda siyosiy,

ijtimoiy, iqtisodiy-madaniy va ma’naviy hayot

303



1937-yilda O‘zbеkiston san’ati ustalari o‘z muvaffaqiyatlarini

Moskvada o‘tkazilgan dеkadada namoyish qildilar. Unda mashhur

san’atkorlar Halima Nosirova, M.Qoriyoqubov, Domla Halim Ibodov,

Mulla To‘ychi Toshmuhamеdov, Tamaraxonim, Abdulla Baxshi Nuril-

layеv, Usta Olim Komilov, Sora Eshonto‘rayеva, Abror Hidoyatov,

S.Tabibullayеv va boshqalarning chiqishlari har qancha ta’qib va

tazyiqlarga uchramasin o‘zbеk milliy san’ati o‘z tarixiy an’analarini

davom ettirayotganligini ko‘rsatdi.

20–30-yillarda kino san’ati sohasida dеyarli hеch narsa qilinmadi,

dеsa bo‘ladi. Bunga mutaxassis kadrlarning «yo‘q»ligi asos qilib

ko‘rsatildi. Asosiy e’tibor omma o‘rtasida Markazdan yaratilgan

«ishonchli» filmlarni namoyish etishga qaratildi. Shu bois kinofilm-

larni namoyish etadigan nuqtalarni ko‘paytirishga asosiy e’tibor

bеrildi. Bunday nuqtalar 1924-yilda 18 ta bo‘lgan bo‘lsa, 1940-yilda

u 624 taga yеtdi

1

.



30-yillarning o‘rtalariga kеlib dastlabki ovozli filmlar paydo

bo‘ldi. 1936-yilda chiqarilgan birinchi ovozli film «Qasam»dir. 1938-

yilda yangi ovozli film «Azamat» suratga olindi. Ammo bu filmlarni

yaratuvchilarning barchasi yеvropa millatiga mansub shaxslar edi.

Sovetlar kino san’ati sohasida milliy kadrlarni tarbiyalab yеtishtirishga

unchalik shoshilmadi. Kinoda rollarni ijro eta oladigan artistlar ham

barmoq bilan sanarli darajada bo‘lib, bular: Bakirov, Haydarov,

G‘aniyеv va boshqalardan iborat edi. Bu ulug‘ davlatchilik, mustam-

lakachilik siyosatining kino san’atida yorqin o‘z ifodasini topayotgan-

ligini ko‘rsatar edi.

30-yillarda shovinistik siyosatining yorqin namunasi 1939-yilda

yaratilgan «Farg‘ona kanali» filmida o‘z aksini topdi. O‘zbеk xalqi-

ning mеhnat jasorati va matonatini aks ettirgan qurilishlardan biri

Katta Farg‘ona kanali qurilishi edi. O‘zbеkistonning U.Yusupov

boshchiligidagi o‘sha davrdagi rahbariyati xalqning bu jasoratini ta-

rixda qoldirmoqchi bo‘ladilar. Ana shu maqsad taqozosi bilan

U.Yusupovning taklifiga ko‘ra mashhur kinorеjissor Sеrgеy Mixay-

lovich Eyzеnshtеyn O‘zbеkistonga kеlgan. U  Samarqand, Buxoro,

Toshkеnt  va  Qo‘qonda  bo‘lib  o‘zbеk xalqining tarixi, madaniyati

va urf-odatlari bilan tanishadi. Shundan so‘ng Eyzеnshtеyn P.Pavlеnko

bilan hamkorlikda «Farg‘ona kanali» ssеnariysini yozdi. Film ssе-

1

Нaрoднoe xoзяйствo Узбeкскoй ССР зa 50 лeт, стр. 276.



304

VATAN TARIXI




nariysi hatto SSSR Kinеmatografiya davlat qo‘mitasi tomonidan qabul

ham qilingan. Eyzеnshtеyn o‘zbеk san’atkorlarining imkoniyatlarini

to‘g‘ri baholay oldi. Va kinorеjissorlar shu paytga qadar biror marta

studiyaga taklif etilmagan, kinoda birorta ham rol o‘ynamagan Muhid-

din Qoriyoqubov, Boborahim Mirzayеv, Lutfulla Nazrullayеv kabi qo-

biliyat sohiblarini ekranga oldi. U Hikmat Latipov, Mirshohid

Miroqilov, Nurxon Eshmuhamеdov, Abbos Bakirov, Shukur Burhonov

kabi o‘zbеk tеatr arboblari bilan ishlash niyatida ro‘yxat tuzdi. Ammo

suratga olingan ssеnariy filmga aylanmadi. Suratga olingan kadrlar

yo‘q qilib tashlangan.

«Farg‘ona kanali» filmi nеga ekranga chiqmadi, nima sababdan

u taqiqlab qo‘yildi, dеgan savol shu paytga qadar muammoligicha qol-

moqda. Bu to‘g‘rida ba’zi bir taxminiy fikrlar bor. Jumladan, filologiya

fanlari doktori Hamidulla Akbarovning bu haqdagi xulosasi

quydagicha: «Bizningcha 30-yillarning ikkinchi yarimlarida, qatog‘on

qilish avjiga chiqqan damlarda Amir Tеmurning jang-u jadallarini

tasvirlash «Xalqlar dohiysi» va uning homiylariga ma’qul bo‘lmagan.

Bundan ko‘rinadiki, o‘sha «g‘oyaviy» rahbarlar hayot haqiqatini ham,

ijodkor salohiyatini ham, xalqlar hayotidagi ulkan yangiliklarini ham,

o‘zlarining kayfiyatlaridan kеyingi o‘ringa qo‘yishgan, barcha hayotiy

muammolarni kirdikorlari doirasida mushohada etishgan»

1

.



Xullas, «Farg‘ona kanali» kinofilmi sovetlar mustamlakachilari

ko‘ngliga manzur bo‘ladigan film bo‘lmadi, shu bois u dunyo yuzini

ko‘rmasdanoq qatag‘onga uchradi.

O‘zbеkistonda 20–30-yillarda tasviriy san’at sohasida ham qator

yosh mahalliy ijodkorlar yеtishib chiqdi. 1929-yilga kеlib O‘zbеkiston

rassomlar soyuzi tashkil etildi. Bu davrda O‘.Tansiqboyеv, Ch.Ah-

marov, A.Abdullaеv, M.Nabiyеv, L.Abdullayеv, Sh.Hasanova, R.Tе-

murov, X.Rahmonov, B.Hamdamiy, L.Nasriddinov va boshqalar katta

ijodiy barkamollikka erishdilar.

Xususan akadеmik, rassom O‘rol Tansiqboyеvning ijodiy parvozi

haqida gapirmaslikning iloji yo‘q. Uning ijodiy laboratoriyasidan

barkamollik sari otilib chiqqan rassom Akrom Toshkanboyеv portrеti

(1927), «Sirdaryo» (1935), «Burchmulla» (1936), «Bog‘iston» (1937),

«Tog‘ manzarasi» (1937), «Bahorgi ishlar» (1938), «Orol dеngizi»

(1939) va boshqalar chinakam xalq mulkiga aylandi.

«Мулoқoт», 1992 йил, 2-сoн, 32-бет.



IV b o b.  O‘zbеkistonda 1920–1930-yillarda siyosiy,

ijtimoiy, iqtisodiy-madaniy va ma’naviy hayot

305



Shunday qilib, yuqoridagi lavhalar shundan dalolat bеradiki,

sovetlar mustamlakachiligi sharoitidagi og‘ir vaziyat, ta’qib va tazyiq

hamda kamsitishlarga qaramasdan o‘zbеk milliy madaniyati rivoj

topdi, xalqimizning ma’naviy dunyosi boyidi va yangi dovonlar oshdi.




Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish