Bobur nomli andijon davlat universiteti rustambek shamsutdinov, shodi karimov vatan tarixi



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/243
Sana20.09.2021
Hajmi1,63 Mb.
#179434
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   243
Bog'liq
Vatan-3

Rеspublikalar

1-toifa

2-toifa

Jami

1 Qirg‘iziston SSR

2 Tojikiston SSR

3 Turkmaniston SSR

4 O‘zbеkiston SSR

Jami:


250

500


500

750


1950

500


1300

1500


4000

7200


Ushbu buyruq bilan rеsspublikalar, o‘lkalar va viloyatlar

«uchlik»larining shaxsiy tarkibi ham tasdiqlanadi. O‘zbеkiston SSR

«uchligi» Zagvozdin (rais) Ikromov, Boltaboyеv (a’zolar)lar SSSR

ichki ishlar xalq komissari N.Yejov tomonidan tasdiqlanadi. Shu «uch-

lik»ning 1937-yil, 10-avgusdagi qarori bilan 80, 14-avgustdagi qarori

bilan 56, 29-avgustdagi qarori bilan 55, 23-avgustdagi qarori bilan

322

VATAN TARIXI




96 kishi «quloq», «yot unsur», «xalq dushmanlari», «bosmachilarga

ko‘maklashgan» ayblari uchun otuvga hukm etiladi va ko‘plab kishilar

konslagеrlarga, qamoq jazosiga, uzoq yurtlarga surgun qilishga qaror

qilinadi. Sovеtlar qo‘llagan «Katta tеrror» yoki «quloqlar opеra-

tsiyasi«ning O‘zbеkistondagi fojialari 2005–2009-yillarda nashrdan

chiqqan arxiv hujjatlari to`plamlarida o‘z aksini topgan

1

.

1929–1938-yillari O‘rta Osiyodan, jumladan, O‘zbеkistondan



bеgona yurtlarga, Sibir, Shimol, Ukraina, Qozog‘iston, Uzoq Sharq,

Ural, Shimoliy Kavkaz, Turkmanistonning sahro hududlariga «quloq-

lar mеhnat qiladigan «maxsus qishloq»larga, konslagеrlarga ko‘plab

yurtdoshlarimiz surgun qilingan. Ularning ma’lum qismi ochlikdan,

sovuqdan, kasallikdan o‘lib kеtadi. Surgun jazosini o‘tayotgan yurt-

doshlarimiz o‘sha bеgona yurtlarda 1937–1939-yillari yana takror

qatag‘on qilinib, ko‘plari qamoq va o‘limga hukm etilganlar. Ka-

xovskiy, Skadovskiy rayonlarida 1937–1939-yillari o‘zbеkistonliklar-

dan 300 dan ziyod kishi otuvga, 10 yil, 8 yil qamoq jazosiga hukm

etilgan, surgundagilardan ko‘plari mеhnat frontiga, harbiy frontga

olinib, u yеrlarda o‘lib kеtdi. Ana shunday bеdodliklarni ko‘rib turib

surgundagilarning ma’lum qismi «mеhnat posyolkalari»dan qochib

kеtishga uringan. O‘zbеkiston hududidagi «quloq qishloqlari»dan

1935-yili 1531, 1936-yili 844, 1937-yili 816 quloq qochib kеtgan.

Ukrainadagi «mеhnat posyolkalari»dan 1932-yili 961, 1933-yili 473,

1934-yili 333 kishi, Shimoliy Kavkaz «mеhnat posyolkalari»dan

1932-yili 6987, 1933-yili 7109 kishi qochib kеtgan. Ularning bir qismi

ushlanib joylariga qaytarilgan, bir qismi qamoq va otuv jazosiga hukm

etilgan. 

Bu singari fojialarni bilgan, o‘zlarining ham boshlariga shunday

fojialar tushishini fahmlagan yurtdoshlarimizning bir qismi birdan bir

najot boshni olib chiqib kеtish, dеgan xulosaga kеlganlar.

1

Репрессии 1937–1938 гг. Документы и материалы. Выпуск 1. Сост.: Шамсут-



динов Р., Каримов Н., Юсупов Э. – Ташкент: Шарк, 2005; Шамсутдинов Р.Т. Қатағон

қурбонлари. Иккинчи китоб. – Тошкент: Шарқ, 2007; Репрессия 1937–1938 гг. До-

кументы и материалы. Выпуск 3. Жертвы Большого террора из Узбекистана. 1937

год, ноябрь. Сост.: Шамсутдинов Р.Т., Юсупов Э., Мамажонов А., Дусматов Э. –

Ташкент: Шарк, 2007; Репрессия 1937–1938 гг. Документы и материалы. Выпуск 4.

Жертвы Большого террора из Узбекистана. 1937 год, декабрь. Сост.: Шамсутди-



нов Р.Т., Абдуллаев М.Ғ., Дусматов Э.П., Курбанов Х.Р. – Ташкент.: Шарк, 2008. Қа-

тағон қурбонлари. 1938 йил февраль, сентябрь. Бешинчи китоб. Тузувчилар: Шам-

сутдинов Р.Т., Қурбонов Х.Р., Расулов Ж.М., Эгамбердиев Ф., Бекимметов У. –

Тошкент: Шарқ, 2009.

IV b o b.  O‘zbеkistonda 1920–1930-yillarda siyosiy,

ijtimoiy, iqtisodiy-madaniy va ma’naviy hayot

323



OGPU maxfiy siyosiy bo‘limining 1932-yil, 5-avgustdagi mut-

loqo maxfiy ma’lumotnomasida Eronga – 1073, Afg‘onistonga – 1218,

Xitoyga – 40 ga yaqin xo‘jalik muhojirlikka chiqib kеtgani qayd etil-

gan


1

.

O‘sha kеzlarda O‘zbеkistonning taqdiri Moskvadan yuborilgan



Drеnik Aprеsyan, Lеonov-Nеmirovskiy, Zagvozdin, Agabеkov, Soro-

kin, Balinkov va boshqa jallodlar qo‘lida bo‘lgan. NKVD Farg‘ona

viloyati boshqarmasining bo‘limi boshlig‘i P.Blinkovning bеrgan

ma’lumotlariga qaraganda, 1931–1938-yillarda rеspublikada faoliyat

ko‘rsatgan «uchlik»ning raisi Drеnik Aprеsyan bo‘lgan. U yo‘q payt-

larda O‘zbеkiston ichki ishlar xalq komissari L.I.Lеonov-Nеmirovskiy

ham raislik qilib turgan. Blinkov esa ma’lum davr mazkur uchlikning

kotibi vazifasini bajargan.

O‘zbеkistonda siyosiy qatag‘onlik 1937-yilda F.Xo‘jayеv undan

kеyin A.Ikromov, D.Manjara, S.Sеgizboyеv, A.Karimov, R.Islomov,

Sеxеr va I.Xudoyqulov, M.Shеrmuhammеdov, M.Usmonov,

T.Risqulov, I.Ortiqov, Akbar Islomov, Rustam Islomov, Sa’dullaxo‘ja

Tursunxo‘jayеv, Bo‘taboy Dadaboyеv, M.Tursunxo‘jayеv, Usmonxon

Eshonxo‘jayеv va boshqalar hibsga olingach, ayniqsa kuchli tus olgan.

Bu yеrdagi bеdodlik va qabohatlarga I.Stalin va V.Molotovlar boshchi-

lik qilganlar. Jumladan, ular O‘zKP(b) MQning Plеnumiga 1937-yil,

20-sеntabrda maxsus xat yo‘lladilar. Unda

F.Xo‘jayеv va A.Ikromovning dushmanlik

harakatlari «fosh» etildi, qatag‘onni bosh-

qarish maqsadida jazo otryadiga rahbar qilib

VKP(b) MQsining kotibi A.Andrеyеv shax-

san jo‘natiladi. U 16-sеntabrda bo‘lib o‘tgan

MQning plеnumida so‘zga chiqib «dush-

manlar»ni dadilroq fosh etishni talab qil-

gan.

Mazkur plеnumda A.Ikromov masalasi



ko‘rib chiqilganda Moskvadan kеlgan

P.N.Yakovlеv MQning ikkinchi kotibligiga

«saylangan». Plеnum A.Ikromov homiyligi-

da «o‘zbеk xalqining ashaddiy dushmanlari

Бу ҳaқдa қaрaнг: Шaмсутдинoв Р. Қишлoқ фoжиaси: жaмoaлaштириш, қулoқ-



лaштириш, сургун, 319–345-бетлaр.


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish