1 Каримов И. Виз келажагимизни уз кулимиз билан курмокдамиз. 7-жилд. Т.: Узбекистан, 1999. 134-бет.
Islom Karimov sa'y-harakatlari bilan O'zbekiston Respublikаsi Prezidenti huzuridаgi Dаvlаt vа j аmiyat qurilishi akademiya-si qoshidа «O'zbekistonning yangi tаriхi mаrkаzi»ning tashkil to-pishi, Fаnlаr аkаdemiyasi tarix institutigа yangi mаqom berilishi, 1996-yil 16-dekabrdа Prezidentimiz imzolаgаn «O'zbekistonning yangi tаriхini yaratish to'g'risidа»gi fаrmoni vа ungа аsosаn 3 jild-lik O'zbekistonning yangi tаriхining yarаtilishi ham O'zbekiston tarixini tаdqiq etish vа o'qitish ishigа ijobiy tа'sir ko'rsаtdi.
Tarix tа'limi haqida, O'zbekiston tаriхi fаnini o'qitishning sifаtini oshirish to'g'risidа so'z ketgandа bu sohaga ijobiy tа'sir ko'rsаtаyotgаn yanа bir omilni ham qаyd etib o'tish joiz-dir. O'zbekiston Respublikаsi Fаnlаr akademiyasining Tаriх instituti huzuridа Yahyo G'ulomov nomidаgi «O'zbek xalqi vа dаvlаtchiligi tаriхini o'rgаnish» Respublikа ilmiy semina-ri fаoliyat ko'rsаtib turibdi. Bugungi kundа bu muhim hujjаt o'zbek xalqi vа uning milliy dаvlаtchiligining hаqqoniy tаriхini yaratish, xalqimizdа, аyniqsа, yosh аvlod ongida tarixiy xotirа vа tаfаkkurni tarbiyalashgа xizmat qilmoqdа.
Jаmiyatimiz mа'nаviyatini yuksаltirishgа ustuvor yo'nаlish berilayotganligining аsl boisi ham shundаki, har ШпюЫагпа tаrbiya ko'rgаn, mа'rifаtli, mа'nаviyati yuksаk milliy g'oya vа milliy istiqlol mаfkurаsi g'oyalаrini o'z ongidа qаror toptirgаn komil insonlаrni voyagа yetkаzib borish ko'p jihatdаn mа'nаviyat sohasidagi sа'y-harаkаtlаr tizimidа yoshlаrgа, tаlаbаlаrgа tаriх tа'limini berish, O'zbekiston tаriхi fаnini o'qitish, bu fаndаn tа'lim berish sifаtini dаvr tаlаblаri dаrаjаsigа ^Чат]! alohida o'rin tutаdi. Shu munosаbаt bilаn mustаqillik yillаridа bu borаdа qаtor muhim tаdbirlаr аmаlgа oshirildiki, uter o'zining ijobiy sаmаrаsini bera boshlаdi.
Istiqlolning dastlabki yillarida e'lon qilingan ilmiy tadqiqot-lardan akadеmik A.Asqarovning bosh muharrirligida rus tilida nashr etilgan «Istoriya Uzbеkistana. Tom III (XVI - pеrvogo polovina XIX vеka).» Izdatеlstvo «Fan» Tashkеnt, 1993) kitobi muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Unda so'nggi o'rta asrlardagi yoz-ma manbalar va arxiv to'plamlaridan olingan aniq matеriallarni hamda eng yangi adabiyotlarni o'rganish va tahlil qilish asosida O'zbеkistonning XVI-XIX asr birinchi yarmidagi tarixi xalqlar-ning hayoti, turmushi, siyosiy voqеalar, iqtisodiyot va madaniyat masalalari ochib bеrilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning bevosita g'amxo'rligi va e'tibori samarasi o'laroq O'zbekiston tarixini fan sifatida rivojlantirish va uni o'qitishni zamon talablari asosida tashkil etish sohasida e'tiborga loyiq bir qator tadbirlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. 1996-yilda «O'zbekiston tarixini o'qitish va o'rganishning yagona konsepsiyasi» yaratildi va tarix ta'limi jarayonida qo'llanila boshlandi. Mazkur konsepsiya O'zbekiston tarixini fan sifatida o'qitishni yanada yaxshilashda muhim bosqich bo'ldi.
Ana shu konsepsiya asosida Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari, umumta'lim va boshqa turdagi maktablar, litseylar, kollejlar va gimnaziyalar uchun O'zbekistonning yangi tarixidan o'quv dasturlari tayyorlanib sinovdan o'tkazildi. Davlat Kon-sepsiyasi va o'quv dasturlarining yaratilishi, ayniqsa, milliy is-tiqlol mafkurasini shakllantirish borasida erishilgan yutuqlar o'z navbatida O'zbekiston tarixi bo'yicha darslik va bir qator o'quv qo'llanmalarining yaratilishi uchun zarur imkoniyatlarni vujudga keltirdi. Bu imkoniyatlar tarixshunos olimlar, yetakchi pedagoglar tomonidan «O'zbekiston tarixi» (maktab darsliklari) va «Vatan tarixi» (Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan o'quv qo'llanma) kabilarning yaratilishiga olib keldi. Darslik va qo'llanmalarning yaratilishi O'zbekiston tarixini o'qitish va o'rganishni yangi saviyaga ko'tarishga katta rag'bat bo'ldi.
Keyingi yillar mobaynida Vatanimiz tarixini o'rganishga nisbatan tobora o'sib borayotgan qiziqish va intilishni hisobga olib keng o'quvchilar ommasi uchun mo'ljallab O'zbekiston tarixidan eng zarur bilim va ma'lumotlar beruvchi bir qator ommabop qo'llanma va kitoblar yaratildiki, bular jumlasiga «O'zbekiston tarixi». O'quv qo'llanma. (Toshkent, «Univer-sitet», 1997) «O'zbekiston tarixi. Qisqacha ma'lumotnoma» (Toshkent. 2000) va «O'zbekiston tarixi. Ma'ruzalar to'plami». (Toshkent. 2000), «O'zbekiston tarixi». 1-qism (Toshkent. 2002), «O'zbekiston tarixi. Oliy o'quv yurtlarining nomutaxassis fakul-tetlari talabalari uchun darslik» (Toshkent,«Yangi asr avlodi», 2005) kabilarni ko'rish mumkin. Shuni alohida qayd etib o'tish joizki, tarixchi olimlar tariximizning hali yaxshi tadqiq etilmagan sahifalarini yangicha yondashuvlar asosida yoritgan tadqiqotlar yaratib, yangi tariximizni yozishga, O'zbekiston tarixi fanini oliy o'quv yurtlarida, ayniqsa, ularning tarix fakultetlarida o'qitishni takomillashtirish ishiga munosib hissa qo'shmoqdalar. Bu o'rinda mualliflar jamoalari tomonidan yaratilgan O'zbekistonning yangi tarixining uchta kitobini,1 «O'zbek davlatchiligi tarixi», «Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti», «O'zbekiston mustaqilligi uchun kurashlar tarixi», «Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash» kabi kitoblarni ko'rsatib o'tish zarur.
Buxoro amirligi, Qo'qon xonligi va ularning o'zbеk davlat-chiligi tarixida tutgan katta nufuzini ko'rsatuvchi yangi adabi-yotlardan Haydar Bobobеkovning 1996-yil «Fan» nashriyotida nashr etilgan «Qo'qon tarixi» kitobini ko'rsatish mumkin. Bu boradagi eng so'nggi adabiyotlardan mualliflar jamoasi tomo-nidan yozilgan «O'zbеk davlatchiligi tarixi»2 hamda «История Какандского ханство»3 kitoblari ham muhum ahamiyatga mo-likdir.
1 Туркисгон 4op Рoccияcи муcтaмлaкaчилиrи дaвридa. Узбeкиcтoннинr янги тapиxи. Биринчи китoб. Toni^m': «Шapк», 2000; Узбeкиcтoннинr янги тapиxи. Иккинчи китoб. Узбeкиcтoн муcтaбид overlap xукмpoнлиrи дaвpидa. «Шapк» нaшpиёт-мaтбaa изж^рни Бoш тaxpиpияти. Toшкeнт, 2000; Узбeкиcтoннинr янги тapиxи. Учинчи китoб. Узбeкиcтoн муcтaкиллик йиллapидa. «Шapк» нaшpиёт-мaтбaa TOinjepini Бoш тaxpиpияти. Toшкeнт,
2000.
2 Бобоев X.., Хидиров З., Шодиев Ж., А^медова М. Узбек дaвлaтчилик тapи-хи II китоб. «Фaн вa технология тaшкилoти» нaшpиёти. Т., 2009
3 Эгамбердиев А., Амирсаидов А. История Кoкaндcкoro xaнcтвa. Библи-orpaфичеcкий укaзaтель с иллюcтpaциями, XVIII век. - 1876 г. Т., 2007.
4 Qarang: Узбекистан миллий энциклопедияси «Узбекистан миллий энци-клопедияси» Дaвлaт нaшpиёти. — Т.: 2001. 2-жилд. 302-306-бетлap.
5 Узбекистон миллий энциклопедияси... 9-жилд. — T.: 2005, 417-419-бетлap.
O'zbеk xonliklari tarixining yangicha talqinlari O'zbеkiston milliy ensiklopеdiyasida ham bеrilgan bo'lib, undagi maqolalar ham ilmiy, ham ommabop xaraterga egadir. Buxoro xonligi, Buxoro amirligi tarixi taniqli tarixshunos olim Hamid Ziyoyеv4 tomonidan, Xiva xonligi tarixi tarix fanlari nomzodi dotsеnt ^'mat Polvonov5 tomonidan, Qo'qon xonligi tarixi esa tarix fanlari doktori, professor Haydart^k Bobobekov1 tomonidan yozilgan. Ushbu maqolalar tarix fanining eng so'nggi yutuqlari, yangiliklari yangicha konsepsiya ruhida yozilgan.
Vatan tarixini chuqur bilish va o'rganishga azmu qaror etgan Siz talabalarning nazaridan bu yangi tarixiy tadqiqotlar chetda qolmas. Zero, ular boy o'tmishimiz, jo'shqin silsilalari tizimidan iborat tariximizning haqqoniy ilmiy manzarasini beruvchi bilim manbalaridir.
Shu narsa ayonki, xalq ta'limi tizimimiz, shu jumladan, tarix fanidan ta'lim berish yangilanish jarayonini boshdan kechirmoqdaki, bu hol O'zbekiston tarixidan darsliklar va o'quv qo'llanmalarni vaqti-vaqti bilan yangilab, boyitib va takomillashtirib turishni zarur qilib qo'yadi. Darhaqiqat tarix ta'limi samaradorligini oshirish manfaatlari, talabalarni tarix ilmi bilan tarbiyalash, ular ongida milliy istiqlol mafkurasi va uning eng muhim tamoyilini shakllantirish zaruriyati ana shu ish-ni amalga oshirishni taqozo etadi.
Chindan ham O'zbekiston tarixi fani yangilanish, o'sish, rivojlanish jarayonini boshdan kechirayotgan ekan, bu fandan o'qilayotgan ma'ruzalar, yaratilgan darsliklar va o'quv qo'llanmalari vaqti-soati bilan yangilanib turishi, yangiliklar va tarixshunosligimiz erishayotgan keyingi yutuqlarni o'zlarida aks ettirib borishlari lozim. Mazkur qo'llanmani tuzuvchilar uni yaratishga jazm etar ekanlar, ana shu holni nazarda tutganlar. Kitob Vatanimiz tarixining favqulodda katta, mohiyatan g'oyat muhim va boy sahifasini yoritishga bag'ishlanadiki, bu davr qiyofasini ifoda etuvshi mavjud adabiyotlarning barchasi ham tarix fanimizning keyingi yutuqlarini aks ettirib ulgurganicha yo'q. Modomiki shunday ekan, yangi darslik va o'quv qo'llanmalarini yaratib, bu yutuqlarni aks ettirib, talabalarga yetkazish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
1 Узбекистан миллий энциклопедияси... 11-жилд. — Т.: 2005, 209-212-
Shu tahlitdagi qo'llanmalar nashr etilishini zoriqib ku-tayotgan, tarixiy bilimlarga chanqoq talabalar e'tiboriga havola etilayotgan ushbu kitob yaqin yillarga qadar kommunistik g'oya va mafkura singdirib yaratilgan tarixiy adabiyotlarga xos soxta
lashtirish vа buzishlаrdаn tаmomilа xolis bo'lisl^, Vаtаn tarix-shunosligimizning yangi metodologiyasi vа shu аsosdа emM^n yangi yutuqlаri zamirida dunyogа keldi. Uni yamUs}^ tаriхiy hujjаtlаr, voqealаrni umumiy vа ortiqcha shаrhlovchi, tаfsiliy izohlovchi quruq so'zlаr bilаn ko'mib yubormаslikkа harаkаt qi-lindi.
Mumkin qаdаr mаnbаlаr mа'lumotnomаlаridаn упт^^11-mаslikkа vа imkon boricha tаriхiy haqiqatni bor^chm аniq-ravshan vа xolisonа yoritishgа intildik. Shuni ham qаyd etib o'tish joizki, qo'llаnmа muаlliflаri Ьшк^п аvvаllаri dunyo ko'rgаn tаriхiy аdаbiyotlаrdа bizning tаdqiqot obyektimiz bo'lgаn mаvzulаrni yoritishdа kаmroq foydаlаnilgаn yoki foydаlаnilmаgаn qo'lyozmаlаr, arxiv hujjаtlаri vа аyniqsа milliy muаrriхlаrimiz hamdа rus rrmtbuoti mа'lumotnomalaridan foy-dalandilar.
Kitobdа Vаtаnimiz tаriхining XVI аsrdаn, ya'ni Shaybo-niylаr sulolаsi dаvridаn to 1917-yilgаchа bo'lgаn dаvrning muhim sahifalаri yoritilаdi. Shubhasiz, bir kitob doirаsidа qo'yilgаn qаtor jiddiy vazifalarni biror nuqson vа kаmchiliklаrsiz, tаlаb dаrаjаsidа yoritib berish mushkul bir yumush bo'lishiga qara-masdan ularni baholi qudrat amalga oshirishga harakat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |