Muqaddima
Aziz va muhtaram ilm tolibi!
Jonajon O'zbekistonimiz mustaqillikka erishganligi tufayli jamiyatimiz ijtimoiy hayotining barcha j abhalarida, shu jumladan, ma'naviy turmushimizda ham chuqur sifat o'zgarishlari, tiklanish va yangilanish jarayonlari jadal sur'atlarda sodir bo'lmoqda. Mazkur jarayon xalq ta'limi tizimini ham qamrab oldi va bu tizim-ni jahon andozalari darajasiga ko'tarish mustaqil O'zbekistonning davlat siyosati maqomini kasb etdi.
Ushbu tarixiy yutug'imizning ma'naviy negizini mustah-kamlash o'zbek xalqi tanlab olgan o'ziga xos yo'lni muvaffaqiyat-li amalga oshirishning ishonchli omillaridan biri ekanligi shak-shubhasiz. Bu muhim tarixiy vazifani - mustaqillikning ma'naviy asoslarini qaror toptirish va yanada mustahkamlashda siz yoshlarni ma'naviy kamolotga yetkazish, milliy istiqlol g'oyasi ruhida tarbiyalash, hozirgi zamon ilmiy bilimlari bilan qurollantirish favqulodda katta ahamiyat kasb etadi. Shu bois davlatimiz Pre-zidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning bu haqda tinmay g'amxo'rlik qilayotganligi bejiz emas, albatta. «...Noyob in-soniy fazilatlarni asrab-avaylash va yanada takomillashtirish, farzandlarimizni ozod va demokratik O'zbekistonning muno-sib o'g'il-qizlari etib tarbiyalash masalasi ma'naviyat sohasidagi ishlarimizning asosiy yo'nalishini tashkil etmog'i kerak. Shunga ko'ra Vatan tarixi va madaniyati, jug'rofiyasi va iqtisodiyotini, qadimiy urf-odatlarimizni har tomonlama o'rganish dolzarb ahamiyatga ega. Bog'chalardan tortib oliy o'quv yurtlarigacha bo'lgan ta'lim-tarbiya tizimlarida mazkur fan va bilimlarni o'qitishga muhim siyo-siy vazifa sifatida qaralmog'i lozim^1.
1 Каримов И. BaTaH саждагох каби мукaддaсдир. 3-жилд. Т.: Узбекистан, 1996. 38-бет.
Biroq mustaqilligimizning dastlabki paytlarida bu muhim ta'lim-tarbiyaviy vazifani keng ko'lamda s amarali hal qilish uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarimiz birmuncha cheklangan edi. Nafaqat O'zbekistonning boy tarixini yangicha idrok etish, balki yangi milliy istiqlol g'oyasining shakllanishi va uni fuqarolarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongida qaror toptirish ishiga xizmat qilishga dav'at etilgan Vatan tariximizning o'zi jiddiy yangilanishi lo-zim edi. Mustaqil O'zbekistonning ilmiy-nazariy jihatdan puxta asoslangan yangi tarixiga talab ortib bordi va bu talab paysal-ga solinmay qondirilishi zarur edi. Yana bir yetilgan ehtiyojning tez orada hal etilishi taqozo etildi. Tarix fanimiz yangilanishi va rivojining mustahkam tayanchi sifatida uning yagona konsep-siyasi yaratilishi kerak edi. Bu dolzarb muammoning yechilishi zarurligi Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning 1998-yilning iyunida bir guruh tarixchi olimlar, ijodiy xodimlar va jurnalistlar bilan bo'lgan suhbatida uqtirilgan edi. Suhbatda yurtboshimiz bu masalaga e'tiborni jalb etib bunday degan edi: «Nazarimda o'zbek xalqining tarixiy o'tmishini, o'zligini, ma'naviyati haqi-da gapirayotganda, bizda chuqur ilmiy asosga tayangan tahlil, muayyan masalalarda aniq yondashuv yetishmayapti. Ilmiy tilda aytganda yaxlit konsepsiya yo'q. O'zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbot talab bo'lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko'tarilishi zarui».'
Mazkur suhbatda yurtboshimiz boy, betakror tariximizning uzoq va yaqin davrlari, bosqichlari, dolzarb muammolari haqi-da muhim metodologik ahamiyatga molik g'oyalarni ilgari surdi va ta'riflab berdiki, ularning barchasi Prezidentimizning «Tari-xiy xotirasiz kelajak yo'q» degan risolasida o'z ifodasini topdi. Bu asarda tarixshunosligimizning ahvoli tahlil etilgan, uning rivojlanish istiqbollari belgilab berilgan, yoshlarni Vatan tarixini chuqur bilish bilan qurollantirishning dolzarb vazifalari, yangi-cha yondashuv va metodologik tamoyillar munosib o'rin olgan. Hozirgi kunda Prezidentimizning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q» nomli asari tadqiqotchilar uchun ham, tarix fanidan ta'lim berayotganlar uchun metodologik asos sifatida samarali xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |