Arab Muhammadxon davri (1602-1621)da xonlikning markazi Urganchdan Xivaga ko'chirildi. Buning asosiy sababi Amudaryoning qurib borishi natijasi edi. Ana shu davrdan boshlab xonlik Xiva xonligi nomi bilan yuritiladigan bo'ladi. Bu davrda xonlikdagi umumiy aholi soni 800 ming kishiga borardi. Shundan 67 % o'troq o'zbeklar, 26% turkmanlar va qolganlari qozoqlar va qoraqalpoqlar bo'lgan. Aholisining asosiy ko'pchiligini tashkil etgan o'zbeklar qabila-qabila, urug'-urug' bo'lib vohaning shimo-liy qismida, asosan, Amudaryo tarmoq yoygan yerlarda joylash-gan edilar. Bu o'zbek aholisi jami 20 ta qabiladan iborat bo'lib, ular orasida mang'itlar, nayman, qipchoq, qiyotlar, qo'ng'irotlar kuchli va ustun mavqeyiga ega bo'lganlar.
Hozirgi xorazmliklarning rivojlanishi va shakllanishida tarixan ildizi va tomiri bir bo'lgan hamda voha hududida va uning chekkalarida ilgaridan yashab kelgan qardosh turkmanlarning ta'siri va o'rni katta bo'lgan. Qadimgi o'g'uzlarning avlodlari bo'lgan turkmanlar mahalliy xalqlar va Dashti qipchoqdan ko'chib kelgan turkiy xalqlar bilan qorishib, qo'shilib ketganlar. Xorazm shevasining turkman tiliga yaqinligi ham albatta ana shundadir.
1 Мулло Олим Махмуд Хржи. TapMxM Туркистон. Царши, «Насаф», 1992. 125-6eT.
Bir vaqtlar Xorazmshohlar hukmronligi davrida saltanat darajasiga ko'tarilgan va «... O'tuz darvozasi bor...» bo'lgan1 Xorazm XVII asrga kelib o'zaro qirg'inbarot urushlar oqibatida taraqqiyotda orqada qoladi. XVII asr boshlarida Amudaryo o'zanining o'zgarganligi ham voha taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Urganch shahrini xonlikning janubiyroq hududiga ko'chirishga to'g'ri keladi. Biroq yangi Urganch ham Ko'hna Urganchning nafaqat nomini, balki ayni zamonda tarixiy an'analarini va savdo markazi sifatidagi o'rnini ham o'zida saqlab qoladi. Amudaryo o'zanining siljishi Xorazmdagi boshqa qadimiy va tarixiy: Xazorasp, Kot, Xonqa, Shohobod kabi shaharlarning ham siljishiga sabab bo'ladi, ammo ularning barchasining eski nomlari saqlanib qoladi.
Hoji Muhammadxon vafotidan so'ng 19 yil taxtda o'tirgan Arab Muhammadxon davrida xonlikdagi toju taxt uchun o'zaro urushlar ayniqsa keskin tus oladi. 1616-yilda Arab Muhammad-xonning o'g'illari Habash Sulton bilan Elbars Sulton, nayman va uyg'ur qabilalarining boshliqlariga tayanib (onalari Nayman urug'iga mansub edi), o'z otasiga qarshi isyon ko'taradi. Arab Mu-hammadxonning yetti o'g'li bo'lgan: ular Asfandiyorxon Sulton, Habash Sulton, Elbars Sulton, Abulg'ozixon, Sharif Muhammad Sulton, Xorazmshoh Sulton, Avg'on sultonlardir. Arab Muham-madxon andisha yuzasidan yon bosib, isyonkor o'g'illariga Vazir shahrini (Ustyurtda, Ko'hna Urganchdan 60 chaqirim yiroqda; XV asr o'rtalarida o'zbek xonlaridan Mustafoxon qurdirgan) ham qo'shib berdi. O'rtada besh yil o'tar-o'tmas oralari buzilib, ota-bolalar o'rtasida urush boshlanib ketdi. 1621-yilda Toshli yormish qudug'i yonida ikki orada bir tarafda Arab Muhammad-xon, to'ng'ich o'g'li Asfanddiyor Sulton va Abulg'oziy sulton, ik-kinchi tomonda esa Habash Sulton bilan Elbars Sulton orasida qattiq jang bo'ladi. Oqibatda ota tomon yengiladi. Nobakor farzandlar buyrug'i bilan asir olingan xonning ko'zlariga mil tortiladi va Xivaga olib keltirilib qamab qo'yiladi. Ko'p o'tmay Arab Muhammadxon shu yerda qatl etiladi. Oqpadar farzandlar otaga qo'shib Xorazmshoh inisi va akasi Asfandiyorxonning ikki o'g'lini ham o'ldiradilar.
Abulg'ozixon qochib avval Kotga, Qo'ng'irotga, so'ngra Buxoroga, Imomqulixon (1611-1642) huzuriga boradi. Xonning boshqa o'g'illari: Asfandiyorxon Sulton va Sharif Muhammadxon Sulton Xazoraspga boradilar va u yerda yashirindilar. Shaharni qirq kun qamal qilgan Habash va Elbars og'asi Asfandiyorxon Sulton va inisi Sharif Muhammad Sulton bilan yarashadilar, hamda Asfandiyorxon Sultonni Makka ziyoratiga ketishga ijozat beradilar, Sharif Muhammad Sultonga Katni in'om qiladilar.
Biroq Asfandiyorxon Sulton Makkaga bormaydi. U to'g'ri Shoh Abbos I (1587-1629) huzuriga yo'l oladi va uning yordami bilan 1623-yilda Xiva taxtini egallaydi. Bu voqeadan xabar topgan Abulg'ozixon Xorazmga qaytadi. Og'asi Asfandiyorxon Sulton unga Urganchni beradi. Lekin oradan to'rt yil o'tib akasi bilan oralari buzilib 1627-yilda Ablug'ozixon Turkistonga Eshimxon (1629-yilda vafot etgan) qarorgohiga qochib boradi. Ko'p o'tmay
Toshkent hokimi Tursunxon uni o'z huzuriga olib ketadi. Tursun-xon vafotidan so'ng 1690-yilda Abulg'ozixon Buxoroga Imomqu-lixon huzuriga borishdan boshqa chora topa olmaydi. Buxoroda uzoq qolishning iloji bo'lmaydi. Chunki xondan norozi bo'lgan turkmanlarning chaqirig'i bilan yana Xorazmga qaytib boradi. Asfandiyorxon (u o'sha paytda Xazoraspda turardi) unga Xivani topshirishga majbur bo'ladi. Ammo olti oydan so'ng payt poylab Asfandiyorxon Abulg'ozini Eron tasarrufiga tushib qolgan Niso bilan Dorunga (Ashxobod bilan Qizil Arvot o'rtasida joylashgan manzilgoh) hujum qilganlikda ayblab hibsga oladi va Eronga shoh Safi' I (1629-1642) huzuriga omonat tarzida jo'natib yuboradi.
Abulg'ozi bu yerda qariyb 10 yil (1630-1639) maxsus nazoratchilar qo'li ostida Isfaxonga yaqin joylashgan Taborak qal'asida tutqunlikda tirikchilik o'tkazadi. 1639-yilda bu yerdan qochib, ikki yil deganda - 1642-yilda Orol o'zbeklari huzuriga keladi. Orollik o'zbeklar 1643-yilda uni xonlikka ko'taradilar. Oradan bir yil o'tgach, u ko'pchilik raqiblarini yengib Xiva taxtini egallaydi. U jami bo'lib yigirma yil xonlikni boshqaradi (1643-1664). Ammo u xon sifatida boshqalar singari huzur-ha-lovat ko'rgan emas. Ko'proq umri jang-u jadallar va urushlarda o'tdi. U 1646-1653-yillarda Tajan, Bomibaurma (Qizil Arvotning sharqiy-Janubiy tarafidagi manzilgohlar), Atrok va Jurjon turk-manlari bilan urushlar olib boradi. 1655-1662-yillari o'lkaga vaq-ti-vaqti bilan hujum qilib turgan yoyiqlik (Ural) rus kazak lari, qalmoqlar va qozoq ko'chmanchilari bilan kurashadi. 1663-1664-yillarda bir necha marta Buxoro ustiga yurishlar uyushtiradi.
1664-yilda Abulg'ozi Bahodirxon og'ir dardga chalinib kasal bo'lib qolgach, toju taxtni o'g'li Anushaxon (1664-1687) ga topshiradi. Oradan ko'p vaqt o'tmay Xorazmning bu ma'rifatparvar hukmdori 1664-yil aprel oyida vafot etadi. Xiva bilan Buxoro o'rtasida urush mojarolari Anushaxon davrida ham davom etadi. Xiva qo'shinlari Buxorogacha yetib boradilar, hatto Jo'yborni talon-taroj qiladilar. Xivaliklarning Buxoroga eng katta hujumlari 1685-yilda bo'ladi. Ular Samarqandni egalladilar. Samarqandliklar Anushaxonni o'z xonlari deb e'lon qiladilar. Ammo Buxoro qo'shinlari G'ijduvon yonida xivaliklarni tor-mor keltirishga muvaffaq bo'ladilar. Bu g'alabadan so'ng
Anushaxonda Samarqandni tashlab chiqishdan boshqa iloji qolmaydi.
Xivaliklarning Buxoroga to'xtovsiz qilib turgan yurishlari Buxoro xoni va uning hukumatini Xiva xonligiga nisbatan makr va hiylalar yo'lini ishlatib kurashishga majbur etadi. Buxoro xoni Subxonqulixon Xivada maxsus guruh tashkil qiladi va guruh orqali Anushaxonning o'g'li Irnoqni qo'lga oladi. Irnoq o'z otasining (1687) ko'zini ko'r qiladi, lekin o'zi ham uzoq yashamadi. Chunki xivaliklarning Buxoroga uyushtirgan navbatdagi hujumlaridan keyin zaharlab o'ldiriladi. Bu dalil Buxoro manbalarida beriladi. Lekin tarixchi Munisning ma'lumotlariga ko'ra bu soxta Ir-noq bo'lgan, haqiqiy Irnoq esa ancha ilgari Orolda to'plangan ko'chmanchi o'zbeklar bilan bo'lgan jangda o'ldirilgan. Xivada tashkil etilgan Subxonqulixon guruhi shu darajada puxta ish olib bordiki, 1688-yilda Xivadan Buxoroga maxsus vakil yubo-rilib Subxonqulixondan Xivani Buxoro fuqaroligiga olish iltimos qilinadi. Subxonqulixon Xiva taxtini boshqarishni Shohniyozga topshiradi va uni «eshik og'a» unvoni bilan taqdirladi. U keyin-chalik Xiva xoni unvoniga ega bo'ladi.
Xonlikni boshqarish va idora qilishni uddasidan chi-qish ga ko'zi yetmagan va o'z ojizligini sezgan Shohniyoz Subxonqulixonga xiyonat qiladi va shimoldagi rus podshosining soyasida o'z hokimiyatini saqlab qolmoqchi bo'ladi. U 1700-yilda Subxonqulixondan yashirincha Pyotr I ga elchi yuborib Xivani Rossiya fuqaroligiga qabul qilishni so'raydi. Bu hol aslida tur-kiy millatlarning milliy manfaatlariga dastlabki va hech kechirib bo'lmaydigan xiyonat bo'lib, rus mustamlakachilarining o'lkamiz hududlarini bosib olishi va asoratga solishi uchun yo'l ochib berishdan iborat edi.
Xullas bu davrda Xiva xonligi ziddiyat, qarama-qarshiliklar va g'ulg'ulalarning Markaziy tuguniga aylangan edi. Shimolda Rossiya, Janubda Eron va Janubiy Sharqda Xivaga yon qo'shni bo'lgan Buxoro chigal tugunni o'z foydasiga hal qilishga intilar edi. Bu hol ayniqsa Sherg'ozixon davrida (1714-1728) g'oyatda kuchayadi. Birinchi bo'lib Xivaga o'zining bosqinchilik hamlasini Rus podshosi Pyotr Iboshlab beradi. U 1714-1717-yillarda Knyaz Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida Xiva xonligiga 6655 kishi-lik qo'shin jo'natadi. Sherg'ozixon Shohniyozxonga qaraganda
millatparvarlik, vatanparvarlik his-tuyg'usi o'lmagan xon bo'-lib chiqadi va u ayyorlik ishlatib bosqinchi rus askarlarini bo'lib-bo'lib batamom qirib tashlay-di. Sherg'ozixon Shohniyoz-xon tufayli Xiva bilan Buxoro o'rtasidagi keskinlashgan va-ziyatni yumshatish maqsadida bosqinchi rus zobiti knyaz Bekovish-Cherkasskiyning bo-shini shamshir bilan olib Bu-xoro xonligiga yuboradi. Ammo bundan hech qanday foyda chiqmaydi. Bu voqeadan so'ng Rossiyaning Xiva xonligiga qar shi urush boshlash xavfi kuchayadi. Ana shunday og'ir va murak kab bir sharoitda Xiva va Buxoro xonliklari o'zaro til topib xorijiy mamlakatlarning xavfli hujumiga qarshi yagona jabha tashkil qilish o'rniga bir-birlariga qarshi raqobatni avjiga mindiradilar. Jumladan, Buxo-ro xoni Abulfayzxon Sherg'ozixonga qarshi orolliklarni qayradi. Orolliklar Buxoroda yashovchi shahzoda Temur Sultonni o'zlariga xon qilib ko'taradilar. Xivada o'zaro urush-janjallar va nizolar avjiga minadi. Bu hol Sherg'ozixon vafotiga qadar ham tinmaydi. Temur Sulton esa butun xonlikni o'ziga bo'ysundira olmaydi. Sherg'ozixondan so'ng xonlikka qozoq-chingiziylar avlodidan Elbarsxonni (1728-1739) taklif qiladilar. Ana shu davrdan boshlab qozoq-chingiziy xonlarni dashtdan muayyan muddatga olib ke-lib qo'yish, keyin zarurat qolmagach, uni bo'shatib, boshqasini olib kelish odat tusiga kirib qoladi. Bu tarixga «xonlar o'yini» nomi bilan kiradi. Lekin ahvol ijobiylikka tomon o'zgarmadi. Elbarsxon vaziyatni yanada chigallashtiradi. Nodir shohning Eronda yo'qligidan foydalanib (Nodirshoh Afg'oniston va Hindistonga qo'shin tortib ketgan edi) Elbarsxonning Buxoro tomonida turib Nodirshoh qo'shinlariga qarshi urushga kiris-hi, Eronga qaramlikdan bosh tortishi Xivani og'ir ahvolga solib qo'ydi. Nodirshoh Buxoroni tobe etgach 1740-yilda Xiva xonligini ham batamom o'ziga tobe etdi. U Xivada «Xonlar o'yini»ni bartaraf qilishga har qancha urinmasin, bu ishning uddasidan chiqa olmadi. Xonlikda vaziyat shunday bebosh bir tus olgan edi-ki, go'yo amalda Xiva yo'q qilingandek bir manzara kasb etgandi. Bu manzara 1770-yilgacha hokimiyat tepasiga qo'ng'irotlar urug'ining yo'lboshchisi Amin kelgunga qadar davom etdi. U xonlikda turkmanlarning qarshiligini yengib, qattiqqo'l siyosat orqali mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni o'rnatdi.
Qo'ng'irotlilar sulolasi rasmiy ravishda 1804-yildan e'tiboran boshlangan. Shu yili Muhammad Aminning nabirasi inoq Eltuzar xon unvonini qabul qiladi. Yangi xon 1806-yilda Buxoroga qarshi olib borilgan urushda halok bo'ladi. Uning o'rniga ukasi va vorisi Muhammad Rahim (1806-1825) xonlikning unvoniga egalik qiladi. Muhammad Rahimxon 1811-yilda orolliklarni o'ziga taslim qiladi. 1822-yilda esa Marv va undagi turkmanlar ustidan hukm-ronlik o'rnatadi. Xiva xonligi ayniqsa Muhammad Rahimning o'g'li Olloqulixon (1825-1846) davrida o'z hududlarini ancha kengaytiradi. Xonlikning hududlari Sirdaryoning Orol dengiziga quyiladigan joyidan Turkmaniston hududidagi Kushkagacha cho'zilib ketgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |