Zahiriddin Muhammad Bobur Nasiriddin Humoyun
1483—1530 1508—1556
F arg'ona. 1494—1504 Hindiston. 1530-1556
Kobul ulusi. 1504—1526
Hindiston. 1526-1530
s evardi, hayotdan huzur qilishni yaxshi ko'rardi».1
Boburning Hindistonni qo'l-ga kiritishi tufayli Hindistonda buyuk o'zgarishlar sodir bo'ladi, san'at hayotida, me'morchilik va madaniyatning boshqa soha-larida ulkan o'zgarishlar yuz beradi.
Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan saltanatni uning avlodlari Hindistonni inglizlar bosib olgunga qadar, 1858-yilgacha, jami bo'lib 332 yil boshqardilar.
1 НeруД. Orapbrnre Индии. М., Пoлитиздaт, 1989, стр. 272-273.
Hindiston boburiylardan bo'lgan Humoyun, Akbarshoh, Ja-hongirshoh, Shoh Jahon davr larida ayniqsa gullab-yashnagan, hudud lari kengayib rivojlangan. Xususan, Akbarshoh va uning nabirasi Shoh Jahon hind xalqining qalbidan juda katta joy olgan edilar.
Akbarshoh o'zining betakror, xalqsevar davlat arbobi sifatida hind xalqini ayniqsa Rajpudlar qavmini hurmatlab ularning diniy va milliy e'tiqodlarini, urf-odatlarini avaylab-asrab, e'zozlab sal-tanatni mohirona boshqarganligi uchun bu saltanat sohibi Jalo-liddin chuqur ehtirom bilan unga ulug', ya'ni Akbar taxallusini berganlar. Shundan Boburning nabirasi Jaloliddin Akbarshoh nomi bilan jahon tarixidan munosib o'rin olgan.
Javoharlal Neru Akbarshohni yuksak baholaydi: «Uning (Boburning) nabirasi Akbar yana ham dilbarroq va xo'p yaxshi fazilatlarga ega bo'lgan. Mard, jasur, iste'dodli lashkarbo-shi, rahmdil, shafqatli, idealist va xayolparast, shu bilan birga harakatchan, o'z ishini davom ettiruvchilarning sadoqatiga sazovor bo'lish uchun intilgan odam bo'lgan. Sarkarda sifatida butun Hindistonning keng hududini o'ziga bo'ysundirgan. Le-kin, u yutuqlaridan ham mustahkamroq g'alabani qo'lga kiri-tishni, ya'ni odamlarning fikri va qalbini zabt etishni o'ylar edi. Akbar saroyida bo'lgan portugaliyalik iyezuitlarning aytishlariga qaraganda uning qarashlari jozibali bo'lib, «ko'zlari quyosh nuriga to'la dengizday chaqnab turar edi».1 Hindistonda Akbarshohga atab 70 seriyali film tayyorlangan.
Shoh Jahonni hindlar hurmatlab «Hazrati Shohjahon», «Bahodir Shohjahon», «Shohjahonobod» nomlari bilan atagan-lar. Hindistonlik olimlar boburiy shahzodalarni Amir Temur sulolasidan bo'lgan «Barlos turklari», «Chig'atoy gurgonilari» yoki «Mo'g'ul xoqonlari» deb ataydilar.
1 Неру Д. OTKpbirae Индии. Стр. 272-273.
2 Шамсутдинов Р., Абдуллаев Ф., Абдуллаев М. Буюк Бo6ypийлap сaлтa-гати. Aндижoн, «Mepoc», 1995, 9-6e^
Xullas, temuriylar sulolasining buyuk vakillari hisoblanmish boburiylar tarixi hind xalqlari tarixida o'zining munosib o'rniga ega. G'arbdagi boburshunos olimlardan biri ingliz olimi Valdemar Xansen o'zining 1986-yilda Dehlida ingliz tilida chop etilgan «To-vus toj yoki mo'g'ullar saltanati qismati» kitobida boburiylar sulolasining Hindistondagi 332 yillik faoliyatiga yuksak baho beradi: «Hindiston va uning 8 ming yillik tarixi bamisoli bir tovus bo'lsa, o'sha ko'p ming yillik tarixdagi boburiylar sulolasining 332 yillik hukmronlik davri ana shu tovusning gultojisidir».2
Do'stlaringiz bilan baham: |